Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


shart. Biroq shunda  ham omad unga kulib boqadimi -



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

 
shart. Biroq shunda 
ham omad unga kulib boqadimi
-
yo‘qmi – bir narsa deyish 
qiyin. Chunki o‘z so‘ziga, o‘z qiyofasiga ega katta ijodkor 
bo‘lishning ikkinchi tomoni taqdiri azalda inson pesho-
nasiga bitilgan qismatga borib bog‘lanadi. «Xudo bergan 
iste’dod» deyishadi-ku... Shuning mohiyatida talantli ijod-
kor qismatining
 
chinakam san’atkornikiga monand bo‘lishi 
ham ko‘zda tutiladi. Soddaroq aytganda, shoirda yuqorida 
sanalganlarning hammasi bo‘lgani holda, u yana o‘z qis-
mati tomonidan shunaqangi iskanjaga olinmog‘i zarurki, 
natijada ushbu qafasdan qutulmoq uchun uning butun 
iste’dodi, bilimi, ehtirosi... hamma-hammasi to‘la ravishda 
ishga solingan bo‘lsin!.. Shundagina ijodkor qiyofasi tug‘i-
ladi. Biroq, inkor etolmaymizki, hech qaysi sog‘lom fikrlov-
chi odam o‘ziga hech qanaqa dard, hech qanday aziyatni 
tilab olmaydi... Mana, nima uchun har bir ijodkor o‘z qiyo-
fasiga ega bo‘lishni istaydi-yu, biroq kamdan kam shoir yo 
yozuvchi, qo‘shiqchi yo rassomning o‘z so‘zi, o‘z qiyofasi 
bo‘ladi. Siz yuqorida sanagan olimona, darveshsifat yoki 
jangovor-u sentimental qiyofalar ham qaysidir ma’noda 
umumqiyofadir. Yaxshi bilamizki, XX asr o‘zbek she’riyati 
«yukini ko‘tarib turgan» eng baquvvat shoirlarining o‘z qi-
yofalari mavjudki, bu bilan ular o‘z davrining ijodkorlariga 
«yopishtirilgan» yorliq – umumqiyofadan ajralib turadi. 
Yana shunday kuchli qiyofalar borki, ular davr qiyofasini 
belgilab berishadi. Natijada ko‘pchilik ularga ergashib, o‘z 
qiyofalarini ularning qiyofalarida «g‘arq qilishadi». Bular 
endi alohida suhbatlar mavzusi...


216
217
badiiy adabiyot haqidagi nazariy fikrlar asarlardan oldin-
roqda yurishi kerak emasmi?
Ulug‘bek HAMDAM:
Nazarimda, katta shoir (umu-
man, ijodkor)ning ichida yaxshigina adabiyotshunos ham 
yashaydi. Garchand u hech qachon adabiy
-
ilmiy maqo-
lalar yozmasa ham. Bas, shunday ekan, sho irning yoz-
ganlari o‘z botinidagi adabiyotshunos olim tomonidan 
nazorat qilib turiladi.
Bevosita savolingizga kelsak, to‘g‘ri, ba’zan adabiy-il-
miy fikr badiiy-estetik dunyoqarashdan o‘zib ketishi ham 
mumkin. Biroq buning uchun adabiyotshunos dunyoni 
badiiy-estetik qabul qilish bobida shoirdan oldinroq-
da yurishi shart deb o‘ylayman. Shundagina adabiyot, 
she’riyat adabiyotshunoslikning ortidan yetib keladi. Bu-
larning ham masi aylanib borib shoirning ham, adabiyo-
tshunosning ham o‘ziga, uning shaxslik, ma’rifatga daxl-
dorlik, iste’dod darajasiga bog‘lanadi.
Sanjar NAZAR:
She’riyatda «aqlli» va «iste’dodli» de-
gan sifatlar doim ham mos kelishi shartmi? Umuman, 
sizningcha, san’atning ushbu turida daholikning asosiy 
ko‘rsatkichlari nimalar?

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin