Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Sanjar NAZAR:
Nafaqat she’rning, balki shoirning 
qiyofasi (yanayam aniqrog‘i, yuz ifodasi) ham o‘zgarib 
turadimi deyman-da. Sho‘ro davri shoirlarida asosan zi-
yolinamo, arboblarga xos qiyofa ustuvordek. Biroq 60 
– 70-yillarda ular safiga darveshsifatlar qo‘shilgan, 70 
– 80-yillarning shoirlari suratda jangchiga xos qiyofa, 
isyonkor nazar bilan namoyon bo‘lishga intilganlar. Bu-
gungi kun shoirlari tabiat fonida, imkon qadar sentimen-
tal qiyofada ko‘rinishni xohlaydilar. (Ayniqsa, bugun tele-
videniyeda she’r o‘qigan odam borki, biron-bir bog‘dagi 
butalar ora sida qo‘lida bargmi, novdami aylantirib, olis-
larga tikilgancha sayr qiladi.) Bu zamonning shoir bo‘lish 
uchun qo‘ygan talablari natijasimi yoki shoirlarning bosh-
qalarda qoldirishni xohlayotgan tasavvurlari ifodasimi?
Ulug‘bek HAMDAM: 
Men har bir davrning xuddi 
odamlarga o‘xshab o‘z qiyofasi bo‘lishi haqida yozgan-
dim. Savo lingizga javob shu yerda ekan, uni yana takror-
lashdan o‘zga chora yo‘q. Tasavvur qilingki, jamiyat – 
yaxlit bir orga nizm. U asrlar davomida yashab kelyapti. 
Bu davomiylik mobaynida u hech qachon bir xil kayfi-
yatda bo‘la olmaydi. Bu na amaliy va na nazariy jihatdan 
mumkin. Inson esa, xoh ishchi, xoh ijodkor bo‘lsin, o‘sha 
jamiyatning bir parchasidir. Bas, shunday ekan, odatda, 
o‘zi mansub bo‘lgan davr ruhidan uzoqqa ketolmaydi. XX 
asr o‘zbek shoirining turli davrlarda turlicha qiyofaga ki-
rishining tub ildizlarini shu yerdan qidirishimiz kerak. Siz 
shoir qiyofalarining tasnifini sho‘ro davridan boshlayap-
siz. To‘g‘ri, undan avvalgilarni – Cho‘lponlar avlodini hatto 
televizorda ham ko‘rmagansiz. Men ham shunday. Ajab 
emaski, ularning qiyofalarida ham o‘z davrining ziddiyat-
li, aziyatli ruhi shundoq aks etgan bo‘lsa. Sho‘ro davrida 
esa ziyolinamo qiyofa urf bo‘lgan deyapsiz. Buning ham 
o‘z sabablari bor. Chunonchi, sobiq sho‘ro davri adabi-
yotga o‘z mafkurasini zo‘rlab o‘tkazib kelgan bir davr 
bo‘lgan, ijod kor ham to‘la ma’noda ana shu mafkuraning 
targ‘ibotchisi hisoblanardi. Bunday targ‘ibotchi esa yozil-
magan qonun-qoidaga binoan rasmiy qiyofada bo‘lishi 
kerak edi. Qolaversa, tarixiy taraqqiyotda sho‘roviy Ru-
siyadan, dunyoning ilg‘or mamlakatlaridan orqaroqda 
kelayotgan Turkiston ijodkorlari tabiiy ravishda ilg‘or o‘l-
kalarda rusm hisoblangan qiyofalarga g‘ayrishuuriy ra-
vishda taqlid ham qilganlar. 60-yillar avlodi davriga kelib 
jamiyatda mo‘tadil iqlim shabodalari (Stalin o‘limidan, 
1953-yildan keyingi «Ottepel» davri) esa boshladi. Chet 
el adabiyotidan xabardorlik kuchaydi. Natijada shoirlar 
orasida «haqiqiy san’atkorda devonalikdan bir chim-
dim bo‘lishi kerak» degan aqida tarqaldi va ayrimlarga 
bu yoqib tushdi. (Shuni alohida ta’kidlab aytish kerakki, 
devonalik, darveshlik xislati har qanday davrda ham chi-
nakam ijodkorlarning bir qismi, botiniy qiyofasi bo‘lib ya-
shayveradi. Agar shuni tashqariga chiqarishga sharoit tu-
tilsa, u namoyon qilinadi, yo‘qsa, yashirin holda kechadi.)
Shoirlarimizning 80-yillardagi jangovar qiyofalari ham 
o‘z izohiga ega. Ma’lumki, she’riyatimizda 70-yillar avlodi 
degan baquvvat avlod bor. Ularning o‘ziga xos jihati ham 
aynan ijtimoiy jangovarlik bilan belgila nadi. Bu shoirlar 


214
215
jamiyatda adolat o‘rnatilishini talab qilib chiqdilar, har 
qanday yolg‘onga, firibga, ko‘zbo‘yamachilikka qarshi 
kurashdilar. Bularning hammasi ular qiyofalarida aks et-
masligi mumkin emasdi. Demak, «jangovar qiyofa» ular 
olib borgan kurash aksidir.
«Bugungi kun shoirlari tabiat fonida, sentimental qiyo-
fada ko‘rinishni xohlaydi» degan gapingizda ham jon bor. 
Avvalo, yurtimizning siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lgani 
bugungi ijodkor ongida muayyan erkinlikni vujudga kel-
tirdi. Kecha yurish-turishini, qiyofasini qandaydir g‘oyalar 
yo‘nalishiga muvofiqlashtirishga ehtiyoj sezgan shoir endi 
o‘z ko‘ngil mayllariga ham quloq tutib, o‘zini birmuncha 
bo‘sh qo‘yib yubordi, chamasi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
xalqimiz tabiatidagi (Sharq xalqlarining aksari xos) senti-
mentallik ana o‘sha erkinlik tufayli o‘z-o‘zidan zamondosh 
shoir qiyofasiga qalqib chiqmoqda.
Bular umumiy qiyofalardir. Umumqiyofalar qafasini 
parchalab, o‘zining individual ovozi, demakki, xos qiyo-
fasiga ega bo‘lish uchun shoir katta Ijodkor, katta Odam, 
katta Shaxs bo‘lishi shart! Buning boshqa chorasi ham, 
yo‘li ham yo‘q! Yana bir gap: qiyofalar ichida eng dah-
shatlisi – qiyofasizlik. Siz aytgan sentimentallik ham ko‘p 
jihatdan mana shunga yaqin keladi. Chunki shoir o‘z 
qiyofasini topa olmay, o‘zini umumiy ruhga, kayfiyatga 
topshirib qo‘yadi. Natijada davr qiyofasi paydo bo‘la-
di-yu, shoirning o‘z qiyofasi shakllanmaydi. Qiyofasizlik 
shu. Ehtimol, sizning bugungi she’riyatdan ko‘nglingiz 
to‘lmayotgani sabablaridan biri ham shundadir. Ehtimol, 
siz suyansa bo‘ladigan, sevsa arziydigan qiyofa izlayot-
gandirsiz. Ko‘rinadiki, butun shoir, umuman, ijodkor ang-
lamog‘i
 
kerakki, har kim o‘z yo‘lini, o‘z qiyofasini qidirib 
topmaguncha uzoqqa borolmaydi. Buning uchun faqat 
she’r o‘qish va she’r yozish bilangina chegaralanmay, ay-
niqsa, falsafa, psixologiya, tarix kabi ko‘plab ijtimoiy fan-
larni, qolaversa, insoniyat madaniyati asoslarini chuqur 
o‘rganmog‘i, tinimsiz mutolaa qilmog‘i

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin