Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Sanjar NAZAR:
Bugun ko‘plab she’rlarni ko‘zdan ke-
chira turib (ularni faqat ko‘zdan kechirish mumkin, ular 
o‘qish uchun judayam soddalik qiladi) muallifning holati-
ni yaqqol tasavvur qila olaman. Bu – krossvord yechayot-
gan odamning holati. Hayrat ham, mehnat ham, hissiyot 
va ilhom ham aynan shu darajada. Nimaga shunaqa? Ni-
maga adabiyot, ayniqsa, she’riyat san’atning boshqa tur-
lari, ilm-fan yoki sportdagidek uzluksiz taraqqiy etmaydi, 
balki o‘rni kelganda o‘zining kechagi darajasiga havas 
bilan boqadi?
Ulug‘bek
HAMDAM:
Ko‘pchilik she’rlarda aks etgan 
kechinma haminqadar, ularni o‘qisa ham, o‘qimasa ham 
bo‘ladi demoqchisiz-da!.. Qo‘shilaman. Bunday
 
she’rlar-
ning urchib ketganligi, avvalo, xalqimiz tabiatidagi sen-
timentallik bilan, ana shunday mashqlarni qoralayotgan-
larning adabiyotga, she’riyatga oddiy bir narsa sifatida 
qarayotganlari bilan, qolaversa, chuqur adabiy-estetik 
tarbiyaning yetishmasligi, ya’ni diddagi qusur bilan bel-
gilanadi. Tabiiy, buning yana ko‘p chuqur sabablari bor. 
Shulardan bittasi shaxsning o‘zi bilan, uning qismati bi-
lan bog‘liq bo‘lib, aytish mumkinki, inson har qan cha 
iste’dodli bo‘lib tug‘ilmasin, agar uning ko‘rgan kuni, 
peshonasiga bitilgan qismati san’atkornikiga monand 
bo‘lmasa, ya’ni hayot chig‘iriqlarida yetarli darajada 
«pish masa», undan katta adabiyot kutib bo‘lmaydi. Bun-
day ijodkor yozgan narsalar shuning uchun ham sizning 
ma’naviy, ruhiy, este tik chanqog‘ingizni qondirmaydi. Bi-
nobarin, siz adabiyotning kechagi darajasiga havas bilan 
boqa boshlaysiz.
Yana bir sabab shuki, odamlar o‘z bag‘ridan tuyg‘u-
ni, hisni, kechinmani tobora siqib chiqarmoqda. Zamon-
dosh inson go‘yo his-hayajonsiz, faqat aql-idrok bilan 
yashamoqqa ahd qilganga o‘xshaydi. («O‘ldim-kuydim» 
tarzidagi «shig‘ir»larning esa katta tuyg‘ularga aloqasi 
yo‘q. Ularning darajasi juda sayoz. Sayoz suvning shovqi-
ni kuch li bo‘ladi deyishadi.) Chunki shun day qilinganda 
hayot yengilroq bo‘ladi deb ishonadi zamondosh. Bino-
barin, u boshni aylantiradigan ishq-muhabbatga mubta-
lo bo‘lishni, uning olovida kuyib azoblanishni emas, bal-
ki sovuq mulohazakorlik bilan farovon hayotga eltuvchi 
yo‘llarni tanlaydi, shularni afzal biladi... Bu – asrimizning, 
biz yashayotgan davrning umumiy kayfiyati. Bugungi 
shoir ham shu zamonning farzandi bo‘lganidan keyin o‘z 
muhitiga xos kayfiyatdan uzoqqa ketolmaydi. Biroq, ba-
ribir, istisnolar mavjud. Katta adabiyot ana shu istisnolar 
evaziga yaratilishi mumkin. Lekin «istisno»lar har kuni 
tug‘ilavermaydi-da...
«Adabiyot, she’riyat nima uchun ilm-fan yo sportdek uz-
luksiz taraqqiy etmaydi?» degan savolingizga kelsak, shuni 
aytish joizki, inson bolasi tug‘ilibdiki, hamma narsani nol-
dan – boshidan boshlaydi. Agar salaflar yetib kelgan joydan 


212
213
boshlaganida edi, hozir, siz aytgandek, uzluksiz taraqqiyot 
haqida gaplashayotgan bo‘lardik. Biroq bunday emas, bu-
gungi shoir o‘z faoliyatini Navoiy yetib borgan yuksaklikdan 
emas, bal ki Navoiy boshlagan quyilikdan – ibtidodan bosh-
laydi. Shuning uchun u ham turtinadi, surtinadi, alaloqibat 
o‘z kuch-qudratiga, Xudoyim yurak-bag‘riga jo qilgan im-
koniga yarasha «yo‘l bosadi». Shunga ko‘ra, bosilgan yo‘l-
larning uzun-qisqaligi har xil bo‘ladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin