Suhbatni Ahmad Otaboyev yozib oldi
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining
2002-yil 23 – 24-sonidan olindi
PIRIMQUL QODIROV
Ma’navıyat,
modernızm va absurd
261
Gapni insonga xos ma’naviy izlanishlardan boshlay-
lik. Geologlar tog‘-u cho‘llarni kezib qadri past, arzimas
narsalarni emas, qadri baland, qimmatbaho narsalarni
izlashadi. Shunga o‘xshab, insondagi ma’naviy izlanish-
lar ham unga aziz tuyuladigan, ruhiy ehtiyojlarini qon-
diradigan ne’matlarga qaratiladi. Butun tabiat quyosh
nuri bilan tirik. Ammo inson quyosh nuridan bahra-
mand bo‘lish bilan cheklanolmaydi. Inson ruhi yaxshi
odamlarning so‘zidan, siymosidan, ijodidan taraladigan
ma’naviy ziyoga ham katta ehtiyoj sezadi. Chunki ham
tabiiy nur, ham ma’naviy ziyo bilan yo‘g‘rilgan inson
hayotigina barkamol bo‘ladi. Ma’naviyat – cheksiz bir
ummon. Shu ummonning bir qatrasi shaxsan menga
nasib qilgan bo‘lishi mumkin. Qatrada quyosh qanday
aks etganini men o‘z hayotiy va ijodiy tajribam misolida
qisqacha aytib o‘tmoqchiman.
Talabalik yillarimda men uchun eng aziz tuyulgan
muddaolar ilm-u ma’rifatni egallash, odamlarga nafi
tegadigan bir mutaxassis bo‘lib yetishish va mehr-u
oqibatga asoslangan oila qurish edi. Shukrki, bu ma’na-
viy qadriyatlarga ozmi-ko‘pmi erishish va shu haqda
«Uch ildiz»ni yozish nasib etdi. Navbatdagi ma’naviy
izlanishlar Moskvada aspiranturada o‘qigan va Mar-
kaziy yozuvchilar uyushmasida o‘zbek adabiyoti bo‘yi-
262
263
ladigan katta maqsadlarga intilib yashaydi. Ulug‘ g‘ayrat
ulug‘ maqsadlar yo‘lida tug‘iladi deganlari bejiz emas.
Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon vatan ozod-
ligi va mustaqilligini o‘z oldilariga ulug‘ maqsad qilib
qo‘ygan edilar. Ana shu maqsadga yarasha ulkan ijodiy
g‘ayrat va jasorat «O‘tkan kunlar», «Kecha va kunduz»
kabi o‘lmas asarlarni yuzaga keltirdi. Bu asarlarda mil-
latimizning hayotiga oid teran insoniy mazmun va ba-
diiy ma’nolar kashf etildi. Haqiqat va ozodlik kabi oliy
maqsadlarga yo‘naltirilgan bu romanlar oliy ma’naviy
qadriyatlarga aylandi. Abdulla Qodiriy boshlab bergan
o‘zbek milliy romanchilik maktabi Oybek, Odil Yoqubov,
O‘tkir Hoshimov, O‘lmas Umarbekov, Tog‘ay Murod va
boshqa yozuvchilarimizning ijodida davom etib, yangi
bir taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Cho‘lpon ijodi uzoq
vaqt taqiq ostida qolgan bo‘lsa ham, uning milliy dard
va vatan tuyg‘usi bilan sug‘orilgan olovli she’riyati ada-
biyot maydonida paydo bo‘lgan yangi she’riy iste’dod-
larga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘zbek adabiyo-
ti, mustabid tuzumning ta’qib-u tazyiqlariga qaramay,
yigirmanchi asrda A.Qodiriy, A.Cho‘lpon, A.Fitratlardan
boshlangan va Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor,
Zulfiya, Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov va ulardan
keyingi avlodlargacha davom etgan ulkan bir yangila-
nish va yuksalish jarayonlarini boshdan kechirdi. Afsus-
ki, bu jarayonlar hali adabiyotshunoslarimiz tomonidan
yetarlicha tahlil va talqin etilgan emas, munosib bahosi-
ni ham olgani yo‘q.
Qisman shuning uchundir, istiqloldan oldin yaratil-
gan asarlarni «davri o‘tgan» deb hisoblaydigan, ularni
cha maslahatchi bo‘lib ishlagan yillarimda boshqacha
shakl larda davom etdi.
Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan de-
ganlari rost ekan. Vatandan yiroqda uni sog‘inib ya-
shaganda boshqa joyda topilmaydigan yuz xil ne’mat-
larimizning qadri o‘tarkan. Moskvada menga quyoshli
kunlar, oppoq o‘rik gullari, shirin milliy kuylarimiz, ona
tilimizning go‘zalliklari yetishmas edi. O‘zga ellarda va-
tanni sog‘inib yashaydigan odamga barcha eldoshlar
bir butun millat bo‘lib ko‘rinadi. Vatanda yurganingizda
«farg‘onaliklar unday, toshkentliklar bunday, xorazm-
liklar boshqacha» degan gaplarni eshitamiz. Ammo
vatandan yiroqda mahalliy farqlarning ahamiyati qol-
maydi. Men, masalan, Moskvada do‘ppi kiygan odamni
ko‘rsam, ko‘nglim yorishib ketardi. Atlas kiygan ayol-
lar Moskva ko‘chalarida quyoshdan tushgan parilarga
o‘xshab ko‘rinardi.
Men bilan o‘n yil bir binoda mehnat qilgan rus, ukrain,
gruzin, armani, latish, eston, qozoq, tojik millatiga man-
sub hamkasblarim har biri o‘z xalqi va adabiyoti uchun
jon kuydirib ishlar edi. Ularda milliy g‘urur va madaniy
saviya balandligini sezganim sari o‘zim ham shulardan
qolishmaslikka intilardim. Mana shu his-tuyg‘ular yillar
davomida o‘sib, kuchayib, odamning vatanparvarlik va
millatparvarlik e’tiqodini shakllantirar ekan. Bu e’tiqod
inson ruhini tor xudbinlik qobig‘idan el-yurt kenglikla-
riga olib chiqadi. Bu kengliklarga o‘rgangan odam ru-
han faqat o‘z uyida emas, balki shu uy joylashgan katta
vatanda yashayotganini yurakdan his qiladi. Faqat o‘z
shaxsiy miqyosida emas, vatan, xalq miqyoslarida ham
fikr yuritishga odatlanadi, ana shu miqyoslarga mos ke-
264
265
nuqul «an’anaviy» degan yuzaki so‘z bilan baholaydi-
gan, faqat modern asarlarni yangilik sifatida tan oladi-
gan adabiyotchilar paydo bo‘ldi. Masalan, Z.Pardaye-
vaning bultur «Yoshlik» jurnalida chop etilgan maqo-
lasida O‘tkir Hoshimov va Tog‘ay Murodning istiqlol
davrida chop etilgan yangi romanlari ham «an’ana-
viy» degan siyqa so‘z bilan baholanadi. Ayni vaqtda,
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida taniqli
adabiyotshunoslar tomonidan bir qator jiddiy kam-
chiliklari ko‘rsatib o‘tilgan «Kapalaklar o‘yini» romani
modern uslubda yozilgani uchun «Adabiyotning yan-
gi romani» deb baholanadi, ushbu baho hatto maqo-
laning sarlavhasiga chiqariladi. To‘g‘ri, maqola jurnal
tomonidan munozara tarzida e’lon qilingan. Shuni
hisobga olib modernizm haqidagi bahslarga to‘xtalib
o‘tish joiz ko‘rinadi.
«Kapalaklar o‘yini» yosh yozuvchi To‘xtamurod Rus-
tamning birinchi yirik asari ekanini hisobga olib pro-
fessor S.Sodiq uni suyab va ayab tahlil qiladi. Romanda
hali ongi shakllanmagan yoshlarni yo‘ldan ozdiradigan
va hayotdan bezdiradigan illatlar fosh etilganini, mual-
lifning iste’dodida hajviy yo‘nalish kuchli ekanini domla
to‘g‘ri ko‘rsatadi. Biroq muallif goh Jeyms Joysning ong
oqimiga, goh M.Prustning ekspressiv uslubiga amal qi-
ladi, ammo ularga xos yuksak mahoratni egallay olma-
gani uchun taqliddan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Gyote:
«Uslub – bu odam», – degan edi. J.Joysning modernis-
tik uslubi ham uning tarjimayi holi va murakkab taqdiri
bilan bog‘liq bo‘lgan. 1882-yilda Irlandiyada tug‘ilgan
Joys o‘z vatanining Angliya mustamlakasiga aylangani-
dan, ona tilini unutib, ingliz tilida asar yozishga majbur
bo‘lganidan o‘ksinadi. U vatanida yurganida o‘zini ik-
kinchi darajali odamdek his qiladi, «kompleks nepol-
notsennosti» deb ataladigan qadrsizlik tuyg‘usi uchun
o‘z tug‘ilgan yurtini va uning xalqini aybdor deb biladi.
«Yosh san’atkorning portreti» deb atalgan birinchi ro-
manida Jeyms Joys o‘z prototipi asosida yaratilgan Sti-
venning tilidan vatani Irlandiya haqida shunday deydi:
«Bilasanmi, Irlandiya nima? Irlandiya bu – o‘z bolalarini
o‘zi yeydigan keksa cho‘chqa!» (Yosh san’atkorning port-
reti. – B.289) O‘z vatanini shunday haqoratomuz so‘zlar
bilan ta’riflagan J.Joys 22 yoshida Irlandiyani butunlay
tark etadi, Parijda va Syurixda yashay boshlaydi. Vatan-
dan yiroqda yurganida ham Irlandiyani «shol bo‘lgan
mamlakat» deb ataydi, Irlandiya poytaxti Dublinni «pa-
ralich markazi» deb masxara qiladi (O‘sha kitob. – B.9).
Joysning muxlislaridan bo‘lgan amerikalik yozuvchi
J. Ferrol yozadi: «Jeyms Joys dinidan, xalqidan, vata-
nidan voz kechadi, unga faqat so‘z san’ati muqaddas
tuyuladi, shu sababli butunicha san’at san’at uchun
degan g‘oyaga beriladi» (O‘sha kitob. – B.XXII). J.Joys
chindan ham ingliz tilining ulkan so‘z san’atkori bo‘lib
yetishadi, uning so‘z san’ati sohasida qilgan badiiy
kashfiyotlaridan E.Xeminguey kabi mashhur yozuvchi-
lar ham bahramand bo‘lganini tan oladilar. Biroq va-
tandan, xalqdan, dindan yuz o‘girish Joysni ma’naviy
tushkunlikka va yolg‘izlik azobiga mahkum etadi. O‘z
xalqini qadrlamagan, o‘z vatanini inkor etgan, dahriy-
likka berilgan odam butun tarixni, butun dunyoni va
odamzodni ham qoralashga tushib ketishi mumkin
ekan. «Uliss» romanida Joysning proobrazi bo‘lgan va
aynan uning fikrlarini aytadigan Stiven shunday deydi:
266
267
«Tarix bu – dahshatli tush, men undan uyg‘onib qutu-
lishni istayman. Tarix – bu dunyoning kriminal xronikasi
(jinoyatlar solnomasidir), chunki butun odamzod jino-
yatchilar to‘dasidir. Biz dunyo deb ataydigan bu sas-
siq go‘ng uyumida hamma narsa omonat...» (Жойс Ж.
Улисс // Интернациональная литература. 1935. №2.
– С.46). Butun odamzodni jinoyatchilar to‘dasi deb ayb-
lash va dunyoni sassiq go‘ng uyumi deb haqorat qilish
insoniy odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish
edi. Buning oqibatida J.Joys atrofida juda katta janjal
ko‘tariladi. «Uliss» romani Angliya, Fransiya va AQSh-
da taqiqlanadi. Mashhur fantast yozuvchi Gerbert Uells
Joysga yozgan maktubida shunday deydi: «Siz oddiy
odamlardan yuz o‘girdingiz va o‘zingizni juda katta ol-
yapsiz. Menimcha, bu boshi berk ko‘chadir». R.Olling-
ton degan adib «Uliss»ni «Odamzodga qarshi aytilgan
yalmog‘izlarcha tuhmatdir» deb ataydi. Amerikalik adib
Edvard Dalberg «Uliss» romanining voqealari bir ke-
cha-kunduzda bo‘lib o‘tishini nazarda tutib shunday
deydi: «Uliss» – bu axlatxonalar bo‘ylab bir kecha-kun-
duz davom etgan sayohatdir» (Урнов Д.М. Джеймс
Джойс и современный модернизм. – М., 1964. – С.5).
Bu endi J.Joysning butun dunyoni masxaralaganiga
qarshi javob masxara edi.
Bizningcha, har ikki tomonning ham masxaralari
yozuvchilik odobiga xilofdir. Shunga qaramay, J.Joys-
ning achchiq kinoya va masxaralarini yuksak san’at va
jasorat namunasi deb hisoblaydigan, bu borada un-
dan ibrat olishga intiladigan odamlar, ayniqsa, yosh
yozuvchilar hozir ham uchraydi. Yuqorida eslab o‘til-
gan «Kapalaklar o‘yini» romanida Joysni eslatadigan
kinoya va masxaralar, eng avvalo, oddiy odamlarga
takabburona munosabatda ko‘zga tashlanadi. Hech
kimga zarari tegmaydigan, eshak minib ro‘zg‘or tebra-
tadigan kamtar bir inson Eshim butun roman davomida
«Eshim eshak» deb kamsitiladi. Romanda oliftachi-
lik bilan ichib- chakib yuradigan, biron foydali ish qil-
maydigan bekorxo‘ja-takasaltanglar «Eshim deganimiz
bu – eshak demakdir» degan balandparvoz she’r ham
to‘qishadi. Muallif bu bilan ham qanoatlanmay, Eshim
nomidan quyidagicha umumlashma qiladi: «Eshak
ham xuddi odamga o‘xshaydi, faqat eshak odam-
dan esliroq bo‘ladi». Inson zotini eshakdan ham past
qo‘yib, bu qadar ayovsiz yerga urish modernizm ta’si-
riga berilib insonparvarlikdan yuz o‘girishga o‘xshaydi.
Bir vaqtlar Gerbert Uellsning Joysga qarata «Siz od-
diy odamlardan yuz o‘girdingiz» degan tanqidini «Ka-
palaklar o‘yini» muallifiga ham aytishga to‘g‘ri keladi.
Joysning olamdan o‘tganiga oltmish yildan oshdi.
Shundan beri jahonda va adabiyotda katta o‘zgarish-
lar yuz berdi. Nufuzli doiralarda «Yevropa vijdoni» deb
tan olingan Alber Kamyu G‘arb adabiyotining guma-
nizm yo‘liga yana qaytib kelishiga va ma’naviyatning
astoydil qadrlanishiga katta hissa qo‘shdi. Yangi tarixiy
sharoitda postmodernizm tarafdorlari ham gumanizm
va ma’naviyat tomonga burilish yasadilar. Shunga qa-
ramay, «Kapalaklar o‘yinida» hamon o‘sha Joysning
nigilizmiga, o‘rinsiz kinoya va masxaralariga taqlid
qilish hollari ko‘p uchraydi. Muallif Toshkent vaqtini
«Baqahovuz vaqti» deb o‘zgartiradi. Hatto kinoya tar-
zida «Baqahovuz haqiqati» degan gazeta borligi ham
takror-takror qayd etiladi...
268
269
Joys o‘zini nihoyatda yolg‘iz his qiladi, o‘z san’atini
hamma narsadan baland qo‘yadi. «Ulug‘lik» cho‘qqisi-
da turib o‘z xalqi va butun odamzod sha’niga yuqorida
keltirilgan nomunosib aybnomalarni aytadi. Moder-
nizmda Joysning an’anasiga amal qiluvchi ayrim ijod-
korlar ham insonlar, hatto millatlarga nisbatan juda ba-
landdan kelib, katta-katta ayblar qo‘yadilar. Buning bir
misolini iste’dodi ko‘pchilik tomonidan tan olingan ta-
niqli shoir Abduvali Qutbiddinning «Sharq yulduzi»da
chop etilgan «Izohsiz lug‘at» nomli dostonida ko‘rish
mumkin. Bu dostonda o‘tmishdagi mustamlaka zulmi
ostida yashagan insonning fojiaviy xatolari quyidagi-
cha izohlanadi:
Vataning bor edi, sotding.
Onang bor edi, otding.
Lazzatga, safoga, ishratga almashding bor-u budingni,
Cho‘chqaga xizmatga kirding,
To‘ng‘izning amrini bajarding,
Esizgina odam, qizil va sariq shoqol
Ko‘z uzmay kuzatib turibdi har bir harakatingni.
Ko‘zingdan, burningdan bitlar chiqmoqdalar
amal-taqal qilib.
Og‘zingdan semirib ketgan qurbaqa zo‘rg‘a
tushayotir –
kekirtagingni yorib yuborar.
...Esizgina odam, achinaman, afsuslanaman...
Kechikmadikmikin Odamni qutqarmoqqa?!.
Dostları ilə paylaş: |