Jahon adabiyoti tarixi


Angliyada Uyg‘onish adabiyoti



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə79/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183
Angliyada Uyg‘onish adabiyoti. Angliyada gumanistik madaniyat yaratish uchun kurash XV asrda boshlangan bo‘lsa-da, Oq va Qizil gul feodal urushlari uning taraqqiyotini deyarli bir asr orqaga surdi. Gumanistik g‘oyalarning markazi avval Oksford, keyin Kembrij universitetlarida edi. Tyudorlar sulolasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq hokimyat kuchaydi. Mamlakatni qirolicha yelizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyoti tez suratlar bilan rivojlangan. 1588 yili ispanlarning Buyuk Armadasini tor-mor qilgan Angliya uchun dengiz yo‘llarining barchasi osonlik bilan ochila boshladi.
Ilk ingliz Uyg‘onish davrining namoyandasi Tomas Mor (1478-1535) edi. Uning eng mashhur kitobi “Yangi Utopiya oroli haqida” (1516 y.) asaridir. “Utopiyada” yozuvchi o‘z davridagi jamiyat haqida tanqidiy fikrlar bildirgan.
T.Mordan keyin utopiya mavzusida bir qator asarlar yaratildi.T.Kamponellaning “Quyosh shahri”, F.Bekoning “Yangi Atlantida”, Garingtonning “Okean”, E.Kabening “Ikariyaga sayohat” asarlari shular jumlasidandir.
Genri Govard Sarri asosan sonet janrida ijod qildi. Petrarka sonetlaridagi Laura syujetlarining qahramoni Jeraldining o‘ziga xos proobrazi bo‘lib xizmat qildi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq she'rni olib kirdi, “Eneida”ni tiliga tarjim qildi. Keyinchalik K.Marlo va U.Shekspir ham o‘z tragediyalarida oq she'rdan foydalandilar. XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta shuhrat qozondi. Asr oxriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr mavjud edi. Bu davrda Kristofer Marlo tragediya janrida samarali ijod qildi.
Uyg‘onish davrida Angliyada dunyoviy mazmundagi realistik, milliy xarakterdagi boy adabiyot yaratiladi. Bu davrda antik avtorlarning turli asarlari bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan va nemis tillaridagi qator asarlar ingliz tiliga tarjima qilinadi.
Kristofer Marlo (1564—1593) kenterberilik etikdo‘zning o‘g‘l bo‘lib, Kembrij universitetida ta'lim olgan, latin, grek tillari, adabiyoti va turli fanlarni astoydil o‘rgangan tom ma'nodagi gumanist edi. U 1587 yili Londonga keladi va faoliyatini dramalar yaratish bilan boshlaydi. Shu yiliyoq, “Sohibqiron Temur” tragediyasini yaratadi, pyesaning muvaffaqiyati nihoyatda katta bo‘lganidan ikkinchi qismini ham yozadi. Birin-ketin dramaturg “Doktor Faustning fojiali tarixi», “Maltalik yahudiy”, “Eduard II”, “Parij qirg‘ini” va “Karfagen qirolichasi Didona” tragediyalarini yaratib, ingliz dramatik san'atida burilish yasaydi. Katta talant egasi bo‘lgan Marlo yelizaveta tuzumi uchun xavfli edi. 1593 yili u maxfiy politsiya agentlari tomonidan o‘ldiriladi. Ingliz Uyg‘onish davri tragediyasining asoschisi Marlo ijodi erksevarlik va demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan edi. Uning “Sohibqiron Temur” asari Amir Temur haqidagi birinchi badiiy asar hisoblanadi.
Umuman, ingliz dramasi, shu jumladan Shekspir ham Marlodan ko‘p narsani o‘rgandi. Lir, Makbet, Koriolan, afinalik Timon obrazlarining prototiplari Marlo qahramonlaridir. Undan tashqari, pyesa kompozitsiyasini tuzish, voqealarni taqsimlash, tragediyalarda oq she'rni qo‘llash kabi badiiy usullarni italyan adabiyotidan o‘rganib, ingliz dramasida birinchi qo‘llagan va shu yo‘l bilan dramatik poeziyaning ta'sirchanligi oshirgan Marlo Shekspirgacha bo‘lgan dramaturgiyaning yirik vakilidir.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin