Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə83/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   183
KLASSITSIZM ADABIYOTI
REJA:

  1. XVII asr Yevropa madaniy hayotidagi muhim davr.

  2. Fransuz adabiyoti:

a) Kornel ijodi:
b) Molyer ijodi.
Tayanch iboralar: Mutloq hokimiyat, klassitsizm, Uch birlik qonuni; Barokko; Pyer Kornel; «Sid» tragediyasi; Molyer – komediyanavis; «Tartyuf».
XVII asr Yevropa tarixidagi murakkab, ziddiyatli va shu bilan birga muhim davr hisoblanadi. Bu davr “o‘tish davri” deb ham ataladi. Feodalizmdan kapitalizmga o‘tish amalga oshirilganligi bois yangi burjuaziya munosabatlari shakllandi. Bular o‘z davri uchun progressiv ahamiyatga ega edi. Lekin burjuaziya munosabatlari ekspluatatsiyaning yangi shakllarini olib keldi.
Gollandiya va Angliya Yevropa davlatlari orasida iqtisodiy rivojlanish borasida oldinga chiqib oldi. Bu davlatlarda kapitalizm tez sur'atlar bilan rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ispaniya va Portugaliyaning avvalgi iqtisodiy qudratiga putur yetdi.
Davlatlardagi progressiv tarixiy rivojlanish hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi. Feodal-katolik tartibi g‘arbiy Yevropa xalqlari hayotiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Bu davrda cherkov tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik konturreformatsiya deb ataladi.
XVII asrda Yevropa ilm-fani katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Odamlar ongida katta ta'sir ko‘rsatgan fan yutuqlaridan – Galiley, Kampanella va Kaplerlar tomonidan Olam tuzilishining galeotsentrik tizimini ishlab chiqarilishini ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda falsafa fanida yanada oldinga siljish ko‘zga tashlanadi. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr qilyapman, demak mavjudman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu davrga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga cherkovning ta'siri hali kuchli edi. Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni bo‘ldilar. 1619 yil faylasuf Vaninini o‘tda yondirdilar. 1662 yili fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33 yilini qamoqda o‘tkazdi. Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi bu davr adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. XVII asrda Yevropada renessans realizmi, barokko klassitsizm va singari uch asosiy adabiy yo‘nalish baravariga rivojlandi.
Bu davrda Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlar yangi, yuksak darajada davom ettirildi (Lope de Vega ijodi.) Barokko o‘rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi ta'sirini aks ettirgan adabiy yo‘nalishidir. Borokkochilar realistlardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda yashaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz kuchlari oldida inson zaif va ayanchli jonzot, deb qaraladi. Barakochchilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini hayratga solish maqsadida g‘aroyib metafora, taqqoslashlarga keng o‘rin berilgan. Uning yorqin ifodachisi dramaturg Kalderondir.
Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mutaxassislar klassitsizmning paydo bo‘lishini 1515 yil – italyan yozuvchisi Trissinoning “Sofonisba” tragediyasi yaratilishidan boshlab belgilashadi. Trissino bu asarni antik tragediya namunalariga tayangan holda, syujet voqealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlaridan olib, Arastu “Poetika” sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan holda yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon deb bilish, undagi obrazlar va poetik shakllardan foydalanib va antik davrda ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda ijod qilish talabi klassitsizmning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.19

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin