Hoy, o‘rtoqjon, koyima,
Qilpillashingni qo‘yma!
Uning miyasiga birdan bu mojaroga yaxshi bir ish bilan
xotima berish fikri kelib qoldi.
— Menga qara, Raymond, senga sovg‘a qilaman shu to‘p-
ponchani! Olaver! Mening do‘stligimni bilib qo‘y! O‘zimga
boshqa topib olaman.
Olesya yalt etib u tomonga o‘girildi.
— Nima deyapsan, tag‘in bitta-yarimtasiga hamla qilmoq-
chimisan? Biz bilan yurma! Eshityapsanmi? Yurma biz bilan!
— Yo‘g‘-e! Muncha bugun kayfimga bolta uraverding?
Men chin yuragimdan, bu bo‘lsa... “Hech narsa qilmayman”, —
dedim-ku, tag‘in nima? Menga boshqa topadigan joy qurib ketib-
dimi? Sening nima ishing bor? Ma, Raymond, qinni ham ol, tani
sog‘lik uchun taqib yuraver... He-e, bu ayollar harbiy ishga tu-
shunarmidi!
— Ayollar masalasida og‘zingga qarabroq gapir!
Lekin Andriy uning so‘zini eshitmadi. Raymondni belidan
quchoqlab olib, uyalinqirab kulimsirar:
— O‘tgan ishga salavot, tushundingmi? Qo‘yaver, bironta
qulayroq joyni topib turib, bundan bitta-bitta otib olamiz. Bo‘pti-
mi? — deb pichirlardi.
Raymond javob o‘rnida qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi.
96
BESHINCHI BOB
Bu yakshanba subhida Mogelnitskiy qasridagilar juda erta
uyg‘ondilar.
Polyak legionerlaricha kiyingan qurolli odamlar otxona-
larda ot egarlashmoqda. Yon hujralarda turadigan xizmatkorlar
piyoda askarlarga safar signali berilishini kutmoqda edilar.
Shmultke bilan Zonnenburg endigina nonushta qilib bo‘l-
ganlarida xonaga Yuzef kirib, mayorga bir maktubcha berdi. Ma-
yor o‘qib chiqqandan so‘ng:
— Grafinya Stefaniya bizni g‘oyat shoshilinch va muhim
bir ish bilan o‘z xonasiga taklif etibdi, — dedi.
Ular bir-birlariga hayron qolgancha qarashib olgach,
darrov o‘rinlaridan turdilar-da, mundirlarini tuzatib, chol orqa-
sidan indamay chiqib ketdilar.
Ikkinchi qavatda Yuzef Stefaniya bo‘lmasining eshiklarini
lang ochdi-da, imo bilan nemislarni kirishga taklif etdi.
Lekin ularni grafinya emas, balki ularga noma’lum forma
kiygan bir qancha qurolli zobit kutib oldi. Ulardan bittasi nemis-
lar kirgandan so‘ng eshikni berkitdi-da, qo‘lida to‘pponcha bilan
kirganlar orqasida turdi.
Zonnenburg quruqqina qilib so‘radi:
— Xo‘sh, bu qanday gap?
Shmultke beixtiyor qo‘lini kamariga yugurtirdi. Lekin
to‘pponchasi mayor hujrasida qolgan edi.
Xonaning burchagida chuqur kreslolarda Barankevich bi-
lan qari graf o‘tirardi.
— O‘tiringlar, janoblar, — dedi zobitlardan biri bo‘zray-
gan yuzini tirjaytirib.
Nemislar boyagiday turaverdilar.
97
Barankevich kreslodan og‘ir turib, ularning oldiga keldi.
U tanish sifatida nemislarga qo‘lini cho‘zdi, lekin ikkala zobit
ham, aqalli, qimirlab qo‘ymadi. Barankevich qip-qizarib ketdi.
— He... um... Ha! — deb so‘z boshladi u. — Janoblar, ma-
sala bunday: sizlar bizning yurtimizni tashlab ketayotgan bo‘lga-
ningizdan hamda bizni qo‘riqlashga va tartib saqlashga ortiq
qurbingiz yetmaganligidan, bu ishni o‘zimiz qo‘lga olishga qaror
berdik.
Zonnenburg jahl bilan ko‘zini olaytirdi.
— “O‘zimiz” deganlaringiz kimlar?
Barankevich:
— O‘zimiz deganim — polyak legionining shtabi. Tanish-
tirish sharafiga muyassarman! — dedi-da, po‘rdoq gavdasini pol-
yak zobitlaridan biri tomonga o‘girdi. — Legion boshlig‘i pol-
kovnik graf Mogelnitskiy.
— Edvard Mogelnitskiymi? Fransuz qo‘shinining
polkovnigi-ya?
— Qariyb shunday, ober-leytenant janoblari. Aslini
surishtirsangiz, men rus gvardiyasining polkovnigiman, lekin bu-
tun urush davrini Fransiyada rus harbiy vakilligining a’zosi vazi-
fasida o‘tkazdim, Rossiyada inqilob o‘zgarishi bo‘lgandan keyin
fransuz armiyasining zobiti bo‘lib qoldim, — deb Edvard sovuq
bir nazokat bilan javob qildi.
— U holda biz sizni qamashga majburmiz.
— Biroz kech qoldingiz, ober-leytenant janoblari. Bunga
ilova, sizlarni bu yerga butunlay boshqa maqsad bilan chaqirgan
edik. Agar hozirgi ahvolni tinchgina muhokama qilsak, har ikki
tomon uchun ham yaxshi bo‘lar edi, — dedi Edvard so‘zini
davom ettirib. — Biz shaharni ishg‘ol qilyapmiz. Sizlardan beta-
raflik talab etamiz. Bizning ishlarimizga aralashmaslik sharti bi-
lan sizlarning bu yerdan jo‘nab ketishlaringizga xalaqit bermay-
miz. Butun qurol-aslaha va harbiy anjom omborlari, albatta,
98
bizga o‘tadi. — Shmultkening basharasi tirishdi. — O‘zlaringiz
ko‘rib turgandirsizlar, bu qora xalq ko‘tarayotgan isyon emas,
biroq sizlarning qismlaringiz chekinishi bilan ruslar yetib keli-
shadi. Nemis askarlari ketishi bilanoq ular darrov bizga hujum
qilishadi. Shuning uchun ham biz sizlarning ketishingizni kutib
o‘tirmasdanoq okrugda tartib o‘rnatish va kuchlarimizni safarbar
qilish ishi bilan shug‘ullana boshlashga majburmiz. Men sizlarga
murojaat qilyapman, mayor janoblari bilan ober-leytenant janob-
lari. Ikkovlaringiz ham dvoryan va zobitlarsiz. Durust, sizlar
bilan biz bir-biriga dushman lagerlarda edik. Lekin hozir siz bilan
bizning umumiy dushmanimiz bir, bu — inqilob. Agar biz bilan
kurash boshlasangiz, ruslarning nafiga ish qilgan bo‘lasiz. Men,
albatta, bunday qilasiz deb o‘ylamayman!
Jimlik bir necha soniya cho‘zildi. Shmultke Zonnenburgga
savol nazari bilan qaradi.
Zonnenburg sarosima ichida g‘udurlab:
— Tuzuk... Lekin bu masalaga garnizon boshlig‘i polkov-
nik janoblari qanday qararkinlar? — dedi.
— Yepiskop Benedikt hazratlari bu polkovnik janoblari
bilan allaqachon kelishganlar, — dedi kimdir uning orqasidan
sekingina.
Nemislar o‘girilib qarashdi. U yerda suhbat mahali sekin-
gina kirib olgan Iyeronim hazratlari turar edi. U Zonnenburgga
muhrlangan xatjild berdi-da, nemislar o‘qib chiqquncha, odob
bilan burchakka o‘tib, qari grafning yoniga kelib o‘tirdi.
— Qani, zobit janoblari, nima javob qilasizlar? — deb
so‘radi Edvard.
Zonnenburg biroz xirillab javob berdi:
— Bizga faqat bo‘ysunishgina qoladi.
— Juda mamnun bo‘ldim! Siz, janoblar, albatta, ozodsiz.
Bundan buyon siz bizning uyimizda mehmonsiz. Iltimos, askar-
laringizga o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida ogohlan-
99
tiring. Leytenant Zaremba, revolveringizni yashiring. Podporu-
chik Mogelnitskiy, bo‘linmaga mening buyrug‘imni yetkazing,
tayyorgarlik ko‘rishsin. Janob zobitlar, o‘z o‘rningizni egallang.
Yarim soatdan keyin otliq va piyoda askarlardan iborat ki-
chik bo‘linma uchta pulemyot bilan shahar tomon harakatlana
boshladi.
* * *
Keng kamera ola-qorong‘i edi. Yo‘g‘on panjarali ikki na-
far kichkina deraza qariyb yorug‘ kirgizmasdi. Odam ko‘pligidan
qimirlashga ham joy yo‘q, o‘n besh kishi o‘rniga o‘ttiz bir kishi
tiqilgan edi. Taxta so‘ri odam gavdalari bilan to‘lgan, havo sas-
siq, hamma yoq iflos.
Yerda yotgan bahodir qomatli dehqon Pshigodskiyga
o‘girildi-da, savlatli soqolini panjasi bilan taroq singari tarab
turib:
— Nima deb vaqillayapsan? Lyaxlar azaldan tumshug‘i-
mizga tuyib kelishadi! Pan bizlarni hayvon o‘rnida ko‘rishga
o‘rganib qolgan, shuning uchun ham bizni “ho‘kiz” deb ataydi.
Polyaklar bilan xoxollar orasi qiyomatgacha tuzalmaydi, — dedi.
Pshigodskiy zarda qilib tufladi.
— Odam ham shunaqa to‘mtoq bo‘ladimi-a! Hamma yo-
g‘ing joyida-yu, lekin aqling oz... Axir, misol uchun men bilan
o‘zingni ol, ayiq! Sen bilan bizning nima yovlashadigan joyimiz
bor, qani, o‘zing ayt? Dvoryanlar senga ham, menga ham
bo‘yinturuq urib, ko‘k terga tushgunimizcha ishlatadi... Bundan
chiqdi, polyak bilan polyakning o‘rtasida farq bor ekan. He,
qo‘ysang-chi, polyaklarning hammasi ham dvoryan emas-ku!
Senga o‘xshash ishtonsizlari ham bor!
Dehqon ishonchsizlik bilan quloq solib o‘tirar edi.
— Dvoryan bo‘lsang, sen ham pan Zayonchkovskiydan
100
qolishmay qamchilarding. Mana hozir ham: ishtonsizsan, deb
ta’na qilyapsan, “ahmoq, qishloqi, ho‘kiz” deyapsan, o‘zing esa
aqlli emishsan. O‘zingning kerikligingni ko‘rsatyapsan-da...
Pshigodskiy yotgan yeridan turib, so‘riga o‘tirdi. Suhbat-
doshiga bir necha soniya tumshayib qarab turdi, keyin jilmaydi.
— G‘alati odam ekansan-da! Men senga yaxshilikcha
gapirsam, sen xafa bo‘lib o‘tiribsan.
— Yaxshi gaping haligi ahmog‘-u ayiqmi?
— Qo‘y endi, ota! Hadeb so‘zimga osilaverma-yu, tagida
nima ma’no borligiga qara!
So‘rining tagidan sochlari qirilgan bir kalla chiqdi-da,
tulki ko‘zlari bilan Pshigodskiyga qaradi.
— Xo‘p o‘jarsiz-da, pane Pshigodskiy! Bu buqani chopqir
ot qilmoqchi bo‘lasiz! Xi-xi-xi! — dedi va bu tulki ko‘zli kishi
so‘rining tagidan chiqdi.
Dehqon polyakcha aytilgan bu so‘zlarni tushundi-yu, unga
bosig‘i bilan javob qildi:
— Sen itning bu ishga nima daxling bor?
Pshigodskiy ham kir bosib qoraygan yozgi kiyimli va
g‘ijim galstukli bu pirildoq odamga g‘ashi kelib xo‘mraydi.
— Mening hamma ishga daxlim bor, chunki men...
— ...g‘irrom va ayyorman! — dedi uning o‘rniga kamera-
ning burchagidan qo‘ng‘iroqdek yosh ovoz.
Haligi kichkina odam:
— Hoy itvachcha, og‘zingga qarab gapir, bo‘lmasa... —
dedi-yu, qo‘lini o‘qtaldi.
Pshigodskiyning yonida yotgan qonsiz, ozg‘in yuzli keksa
ishchi bu mashmashaga aralashdi:
— Mushtingga hazir bo‘l, pan Dzebek Pshenichek to‘g‘ri
aytdi. Rost-da, kameradagi to‘porilarning bor-budini shilib ol-
ding.
Dzebek:
101
— Men-a? Shilib oldimmi? — dedi-da, qo‘lini cho‘nta-
giga soldi.
Kameradagilar allaqachon uyg‘ongan bo‘lishsa ham, ma-
na endi ularga jon kirdi. Bu jonlanishda Dzebek oshkor bir tahdid
borligini his etdi.
— Sen nima deysan, Patlay, har safar dumi qisilganda
nima uchun bu qo‘lini cho‘ntagiga tiqadi? Odamlarni qo‘rqit-
moqchi bo‘larmikin yo o‘zining shunaqa xunuk odati bormikin?
— deb Pshigodskiyning qo‘shnisi so‘radi.
Burchakda etiklarini kiyayotgan yigitcha gap qotdi:
— Men bilaman, cho‘ntagida piskasi bor.
So‘ngra u yigit o‘rnidan turdi-yu, yerda yotganlar orasidan
o‘tib, Dzebekning oldiga keldi. Bu — moviy ko‘zli, oqqa moyil
sochli norg‘ul yigit bo‘lib, egnida nonvoylar korjomasi boridi.
Politsiya uni o‘n yashar bir shogird bolani urayotgan xo‘jayiniga
pichoq olib yugurgani uchun ish qilib turgan joyida qamoqqa
olgan edi. Bu mojarodan xo‘jayin badani sal-palgina tilinib
qutulgan bo‘lsa, Pshenichekni sud kutar edi.
— Qani, ko‘rsat-chi, nimang bor cho‘ntagingda?! — deb
Pshenichek unga o‘shqirdi.
Kameraga suv quyilganday bo‘ldi. Shu asnoda qo‘riqchi-
lardan bittasi yo‘lakdan yugurib o‘tdi. Keyin og‘ir etiklar dupuri
eshitildi.
Kameraning eshigini ochdilar. Hech kimga ma’lum bo‘l-
magan formali bir zobit orqasida bir necha askari bilan ostonaga
kelib to‘xtadi. Kapalagi uchgan qamoq boshlig‘i mahbuslarning
guvohnomalari yozilgan qalin kitobni varaqlar edi. Pshigodskiy
irg‘ib o‘rnidan turdi. Askarlar ichidan o‘z akasi Adamni va
polyak legioniga kirishni taklif etgan zobitni tanib qoldi.
Qamoqxona boshlig‘i nemis tilida:
— Kapitan janoblari, bu yerdagilar qo‘zg‘olon ko‘targani
uchun qamalgan dehqonlar, — deb ming‘irladi.
102
— Zayonchkovskiyning pichanini bosib olganlar masa-
lasidami? — deb so‘radi Vrona.
— Ha, ha... Tag‘in qand zavodidan ham yettita ishchi
bor...
— Bilaman.
— Har xil ishlar bilan ayblanib qamalgan yana bir necha
kishi bor. Ana shularning ikkitasi polyak: biri — g‘irromlik va
tovlamachilikda ayblangan Dzebek va ikkinchisi — Pshi-
godskiy... Bu kishi komendaturaning maxsus nazorati ostida.
— Bilaman. — Vrona Pshigodskiyni allaqachon ko‘zi bi-
lan qidirib topgan edi.
— Xo‘sh, qolganlari esa mayda-chuyda ishlar bilan qa-
malgan. Bular ichida yetim Pshenichek ham bor.
Vrona ro‘yxatnomani oldi-da va Pshigodskiy, qand
zavodining ishchilari hamda dehqonlarning familiyalari ro‘para-
siga qizil qalam bilan belgi qo‘yib chiqdi.
— Qolganlari bo‘shatilsin. Tekinxo‘rlarni boqib o‘tirish-
ning keragi yo‘q! Qani, yuring, narigisiga kiraylik.
Narigi kamerani ochgunlaricha qamoq boshlig‘i bo‘shati-
ladiganlarning familiyalarini o‘qib chiqdi.
Yigirma daqiqadan keyin kamerada o‘n olti kishi qoldi.
Patlay: “Xotinimga aytib qo‘y”, — deb, Pshenichekka bir necha
og‘iz so‘z tayinladi. Pshigodskiy esa akasi bilan gaplashish
umidida edi.
* * *
— Pane kapitane, marhamatlarini o‘tinib iltimos qilaman,
to‘qqizinchi kamerada o‘tirgan ukam Mechislav Pshigodskiyni
ozod etsalar. Uni nemislarga qarshi targ‘ibot qilgani uchun qa-
mashgan edi...
Adamning tovushi titrar edi. U qo‘lini chest bergan holda
103
tutib turaverdi.
— Oddiy askar Pshigodskiy, nima qilishimni o‘zim bila-
man. Jo‘na darvoza oldiga!
Adam turgan joyida qotib qoldi.
— Nima dedim senga? Krugom marsh! Nega qo‘qqayib
turibsan, psya krev
1
?
Adam indamadi. Shu vaqt u yuziga tushgan mushtdan
taytanglab ketdi va miltig‘ini tushirib yuborishiga sal qoldi.
— Marsh, yo‘qsa itday otib tashlayman!
Adam turgan yeridan zo‘rg‘a jildi. Miltig‘ini yerda sudrab,
yo‘lakda sekin-sekin yurib ketdi. To‘qqizinchi kamera yonidan
o‘tayotib, ukasining ko‘ziga ko‘zi tushdi. Ukasi hamma gapni
eshitib turgan edi.
* * *
O‘zgarish hamda mahbuslarni ozod qilish to‘g‘risidagi xa-
bar bir zumda shaharga yoyildi. Birpasda qamoqxona oldiga
olomon to‘plandi. Legionerlar bo‘linmasi hech kimni darvozaga
yaqin yo‘latmas edi.
Raymond, Andriy va Olesya ham shu yerda edilar.
Ozod bo‘lganlarni odamlar o‘rtaga olib savollar yog‘dirar,
lekin hech kim durustroq bir xabar ololmas edi. Nonvoycha ki-
yingan yosh yigit darvozadan yugurib chiqishi bilanoq hamma
uni o‘rab oldi.
— Iye, sen ham qamalgan edingmi?
— Ha!
— Demak, hammani bo‘shatishar ekan-da? — deb so‘radi
Raymond.
— Ol-a, hammani! Faqat muttahamlarnigina... To‘g‘rilar
1
Dostları ilə paylaş: |