Respublikasi), yoki neftni eksport qilish natijasida moliya va ishbilarmonlik faoliyatlarining yirik markazlariga aylangan (Liviya, Jazoir, Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Katar), yoxud vositachilik faoliyatini olib borishga va turizmga ixtisoslashgan (Bagam, Kanar orollari, Monako, Andorra, San-Marino) mamlakatlar kiradi. 1
Rivojlangan mamlakatlarda noishlab chiqarish sohasiga transport va aloqa tarmog’i
kiritiladi. Undan tashqari, g’arb terminologiyasida odatta birlamchi (qishloq va rmon xo jaligi,
baliqchilik), ikkilamchi (sanoat, qurilish) va uchlamchi sohalarga, ya’ni noishlab chiqarish
sohasiga taalluqli tarmoqlar ajratiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sanoatning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, uning rivojlanishi va joylashishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog’i hisoblanadi. Yer shari iqtisodiy faol aholisining 20 foizidan kamrog'i sanoatda, 60 foizi qishloq xjaligida ishtirok etadi. Sanoatning rivojlanishi ko’p jihatdan xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishini aniqlab beradi. Masalan, qishloq xjaligining rivojlanishi kp jihatdan qishloq xjalik mashinalari, mineral 0 ’g’itlar, kimyoviy moddalar, yoqilg’i, qurilish materiallari bilan ta’minlanishi bilan bog liqdir Chunki, sanoat: a) xalq xjaligining barcha tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini, shu jumladan mehnat qurollarini ishlab chiqaradi. b) sanoat iste’mol mollarini ishlab chiqaradi. Shuning uchun har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sanoat darajasiga qarab aniqlanadi. Hozirgi vaqtda sodir blayotgan fan-texnika inqilobi ham birinchi navbatda sanoat ishlab chiqarishiga bog’liqdir. Fan-texnika inqilobi ham sanoatning tarkibi