Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
Tabiiy resurslar ikki asosiy turkumga blinadi: 1) odamlarning yashashi, turmush kechirishini bevosita belgilab beruvchi resurslar; 2) mehnat vositalari manbai bo’lib xizmat qiluvchi resurslar. Tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarishning asosiy sohalarida foydalanish xususiyatlariga ko’ra ham ikki turga ajratiladi: I Moddiy ishlab chiqarish resurslari - a) sanoat; b) Qishloq xo’jaligi va boshka tarmoqlar. II Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi resurslari - a) bevosita iste’mol qilinuvchi; b) bilvosita foydalanuvchi resurslar. Moddiy ishlab chiqarish resurslari guruhiga qazib olish sanoatining jami tarmoqlari (ko’mir, neft, tabiiy gaz), shuningdek, gidroelektroenergetika, rmon sanoati, baliq ovlash va boshqalar kiradi. Birturdagi tabiiy resurslardan iqtisodiy va texnik nuqtai nazardan ko’p maqsadni kzlagan holda mazmunli foydalanish mumkinligini ta kidlab tish zarur. Ana shunday resurslar qatoriga yer, suv, o’rmon va boshqalar kiradi. Masalan, suv resurslaridan ichimlik suvi, texnik suvi, irrigatsiya manbai hamda elektroenergiyani ishlab chiqarish, baliqchilikni rivojlantirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Tabiiy sharoitlar bilan ishlab chiqarish rtasidagi munosabatlar ma’lum darajada iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini belgilab beradi. Tabiiy sharoit qulay blsa, iqtisodiy rivojlanish sur^atlari yuqori bo’lishi mumkin, va aksincha, noqulay bo’lsa, iqtisodiyotning rivojlanishi susayishi yoki umuman to’xtab qolishi muqarrardir. Tabiiy sharoit iqtisodiyotga taraqqiyot omillari orqali bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Tabiiy sharoitning iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri har xil bladi. Binobarin,