laroq, ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydilar. Ushbu rinda, tabiiy resurslar bilan ishlab chiqarishga bevosita jalb qilinmaydigan tabiat elementlari o’rtasidagi farq shartli ekanligini ta’kidlab tish zarur. U yoki bu tabiat elementlarini «tabiiy resurslar» qatoriga kiritishning asosiy mezoni ulardan jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarining mavjudligidadir. Ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda jamiyat hali foydalanmayotgan, biroq keyinchalik foydalanishi mumkin bo’lgan resurslar salohiyatli resurslar deb ataladi. Resurslar kelib chiqishi va jamiyattaraqqiyotida tutgan o’miga ko’ra moddiy- texnik, mehnat va moliyaviy resurslarga bo’linadi. Moddiy-texnika resurslar bilan jamiyatning ta’minlanganlik darajasi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab beradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Resurs tushunchasining iqtisodiy mohiyatini aniqlash muhim ro’l o’ynaydi. Iqtisodiy taraqqiyot omillari qatorida ishlab chiqarish resurslari alohida oYinni egallaydi. Ishlab chiqarish resurslari o’z mazmuniga ko’ra ishlab chiqarish kuchlariga nisbatan keng qamrovli tushunchadir. Chunki «ishlab chiqarish resurslariga» jami aholi, jami tabiat resurslari (foydalaniladigan va foydalanilmaydigan), ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari hamda ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinmagan, lekin ma’lum vaqtdan keyin jalb etilishi mumkin bo’lgan salohiyatli mehnat resurslari, tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Moddiy resurslar negizini tabiiy resurslar tashkil etadi.