Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
ehtiyojlarining asosiy qismi import evaziga qoplanadi. Yaponiyada oltingugurt, ohaktosh, toshko’mir, qo’rg’oshin va rux rudalari, neft qazib olinadi, biroq mazkur qazilmalar zaxirasi yetarli blmay, qazib olish sharoitlari ham mushkuldir. Aholisi. Yaponiya aholisining 98,5 foizi yaponlardan iborat blib, mamlakatda koreyslar (0,5 foizi), xitoylar (0,4 foizi) va boshqa millatlar ham yashaydi. Aholining 84 foizi sintoizm va buddizmga e’tiqod qiladi. Shaharlarda yashovchi aholi ulushi 79 foiz dir (2005 yil). Yirik shaharlari: Osaka, Yokogama, Nagoya, Kioto, Kobe, Kitakyusyu, Sapporo. Rasmiy tili-yapon tili. Davlattuzumi. Ma’muriyjihatdan Yaponiya 47 prefektura (Tokio bilan birga), ikki shahar prefekturasi (Kioto va Osaka) va Xokkaydo maxsus ma^muriy viloyatidan tashkil topgan. Yaponiya konstitutsion monarxiya krinishidagi davlat tuzumiga ega. Davlat boshlig’i imperator boMishiga qaramay, uning hukmronligi nominal ma’noga ega. Qonun chiqaruvchi oliy organ - parlament. Ijro etuvchi hokimiyat vazirlar mahkamasiga tegishli. Sanoati. Yaponiya sanoati yuksak darajada taraqqiy etgan dunyoning eng oldi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi (ham umuman, www.ziyouz.com kutubxonasi
ham aholi jon boshiga hisoblaganda), ishlab chiqarishning texnologik darajasi, mehnat samaradorligi, oltin-valyuta zaxiralari kabi omillar bo'yicha kplab mamlakatlardan oldin turadi. Ilmiy sig’imi yuqori blgan mahsulot ishlab chiqarishda AQShdan keyin, ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlariga sarflanadigan mablag’ (2,5-3 foiz) byicha esa undan awal turadi. Qora metallurgiya sanoati so’nggi yillarda xalqaro raqobat tufayli tushkunlik