golland, fransuz, nemis ko’chmanchi!arining avlodlari bolmish afrikanerburlar taxminan 57,5 foizi), 1 mln. ga yaqin hindistonlik, 3,4 mln. qora tanlilar ham istiqomat qiladi. Aholining 60 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Yoxannesburg, Keyptaun, Durban. Rasmiy tili - afrikan va ingliz tillari. www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat tuzumi. Ma’muriy jihatdan 9 viloyatga blinadi. Mamlakat konstitutsiyasi 1997-yil 4-apreldan boshlab amalda. JAR-Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik mamlakatlari tarkibidagi federativ davlat. Davlat boshlig’i - prezident. U besh yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organ parlament bolib, u Milliy Assambleya va Viloyatlar Milliy Kengashidan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyat vakolatlari prezident zimmasida. Sanoati. Tog’-kon sanoati -JAR sanoat tarmoqlarining eng asosiysi. Yirik sohalar - oltin va platina qazib olish. 1950-yildan beri uran qazib olish sohasi rivojlanayotir. Yillik qazib olish hajmiga ko’ra mamlakat Avstraliya, Botsvana, Rossiya va Kongodan keyingi pog’onani egallab, zargarlik maqsadlarida ishlatiladigan olmos miqdori uran qazilmalarining 1/3 qismini tashkil etadi. Olmosning asosiy konlari Kimberli, Postmasburg, Pretoriya atroflarida joylashgan. Yillik qazib olish hajmi 9-10 mln. karatdir. Ko’mir sanoati mamlakatdagi energetikaning asosini tashkil etadi. Bir yilda o’rtacha 210-230 mln. t kmir qazib olinadi. Temir rudasi qazib olish hajmi esa 25 mln. t, marganetsniki 4,5 mln. t. ni tashkil etadi. JARda har yili 8 mln. t cho’yan, 9 mln. t po’lat eritiladi. Mashinasozlik sanoati asosan tog’-kon dastgohlari, transport va qishloq