eksportdan keladigan asosiy daromad ham aynan paxtachilikdan keladi. Nil daryosi bo’yida guruch, sitrus mevalari yetishtirish aanaga aylangan. Misrda chorvachilik kam rivojlangan. Transport. Temir yo’llar uzunligi Misrda 5063 km bo’lib, avtomobil yo’llari 92370 km uzunlikka ega, lchki suv yo’llari esa 3500 ming kmni tashkil etadi. Neft quvurlari Suvaysh kanali konlarini Qohira, Aleksandriya kabi neftni qayta ishlash va iste’mol qilish markazlari bilan bog’laydi. Mamlakatdagi asosiy portlar Aleksandriya, Port-Sayd va Suvayshdir. Mamlakat transport tizimida Suvaysh kanalining o’rni katta blib, u orqali xalqaro yuk tashish hajmining 10-15 foizi amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Misr eksporti 2006 yilda 20,55 mlrd. doll ni tashkil etib, uning tarkibida neft va neft mahsulotlari, paxta, tekstil mahsulotlari, metall www.ziyouz.com kutubxonasi
va kimyo mahsulotlari asosiy 0 ’rinni egallaydi. Import mahsulotlari tarkibida esa mashina va uskunalar, oziq-ovqat, kimyo va yog’och mahsulotlari, yonilg’i asosiy o’rin egallab, 2006 yilda uning miqdori 33,1 mlrd.doll.ga tenglashdi. Misrning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Italiya, Germaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya va Xitoydir. JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI (JAR) Janubiy Afrika Respublikasi o’z nomi bilan Afrika qifasining eng janubida joylashgan mamlakatdir. Maydoni - 1220 ming km2. Aholisi 44 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 4862 kmni tashkil etib, Botsvana, Lesoto, Mozambik, Namibiya, Svazilend, Zimbabve mamlakatlari bilan chegaradoshdir. Janubiy sarhadlar Janubiy Atlantika okeani va Hind okeani bilan