xjaligi mashinasozligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kimyo sanoati tog’-kon sanoatining mantiqiy davomi hisoblanib, ko’mirni qayta ishlash bobida dunyodagi eng katta tajribaga ega mamlakatlardan biridir. JAR yengil sanoat tarmog’i mamlakat ehtiyojlarini qoplay olmasa-da, tqimachilik sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xjaligi. Tabiiy sharoitning noqulayligiga qaramay, JAR agrar tarmog’i mamlakat ehtiyojlarini qoplay oladi. 0 ’simlikchilikning asosiy ynalishlari bug'doy (2-2,5 mln. t) va jxori (8 mln. t) yetishtirish hisoblanadi. Ayni damda araxis (100 ming. t), kungaboqar (600 ming. t), shakarqamish (20 mln. t), shuningdek, paxta va tamaki ham katta miqdorda yetishtiriladi. Chorvachilikda esa qo’y-qo’zichilik ynalishlari taraqqiy etgan bo’lib, qylar soni byicha JAR Afrika qifasida birinchi, dunyo bo’ylab esa 8-rinni egallaydi. Echkilarning 75 foizi angor zotiga mansub blib, angor echkisi yungi jahon hajmining 40-45 foizi aynan shu lkada tayyorlanadi. Transport JAR transport kommunikatsiyalari bilan yaxshi ta’minlagan Afrika qifasidagi yagona mamlakatdir. Temir yllarning umumiy uzunligi -20,9 ming km, avtomobil yo’llariniki - 362,1 ming km, neft va gaz quvurlari uzunligi esa tegishli ravishda 1062 va 966 kmdir. JARning eng yirik port va terminallari quyidagilardan iborat: Keyptaun, Durban, Ist-London, Port Elizabet, Richards Bey, Saldanxa Bey. Tashqi iqtisodiy aloqalari. JAR jahon bozorida mineral va qishloq xo’jaligi xom ashyolari eksportyori sifatida tanilgan. Eksport hajmi 2006 yilda 64 mlrd. dolLni tashkil etdi. Mamlakatdan asosan oltin, olmos, platinum, metall va minerallar, mashina va uskunalar eksport qilinadi. Import hajmi 2006-yilda 70