an’anaviy istiqomat qilish joyidan siljitish, zga madaniyat, til va dinini majburlab qabul qildira olmagan. Xitoy imperiyalari esa ichki mintaqaviy bosqinchiliklami tashkil qilish uddasidan chiqa olmadi: ulaming qshinlari Kors va Sinsyazndan tashqariga chiqmagan. Xitoy xalqlari ongiga Buyuk Xitoy devori kuchli ta’sir ko’rsatgan: 5 ming km ga yaqin qalin qal’a devorlarini bunyod qilgan xalq www.ziyouz.com kutubxonasi
Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon va Amir Temur shon-shuhratini orzu qilmasligi tayin edi. Buyuk Xitoy tekisligida qaror topgan turmush tarzi odamni hosildor yerga mustahkam bog’lab qydi. Yer oz, aholi zichligi esa o'sha paytlardayoq yuqori edi; jamoalar, keyinchalik dehqon oilalari ulardan imkon qadar foydalanar edi. Barcha makrohududlardan faqat shu yerda tomorqa turidagi jadal dehqonchilik rivojlandi - u butun oila a’zolarining yil bo’yi mashaqqatli mehnat qilishini taqozo etar edi. Balki shu sababli xitoyliklarning qo’shinlari bosqinchi xalqlarning qo’shinlariga qaraganda kuchsizroq blgan, holbuki mustamlakachilar madaniy rivojalanishga kra ulardan orqada qolgan edi. Xitoyda Xan sulolasi qulchilik imperiyasi (eramizdan awalgi 202 - eramizning 220 yillari) tarqalganidan so’ng kuzatilgan feodal tarqoqlik VI asrga kelib yakunlandi. Suy sulolasining 30 yillik hukmronligi (589-618) chuqur iz qoldirdi: u xitoylik blmagan podshohliklami yo’q qildi, ko’chmanchilarni haydadi va butun Xitoyni yana birlashtirdi, bundan tashqari, barcha tekisliklarni tutashtiruvchi kema qatnaydigan va sugrish magistralli Buyuk kanalni qurdirdi (1500 km). Bu kanal hanuzgacha amal qiladi. Navbatdagi Tan sulolasining uch asrlik hukmronligi