bilan kirib kelgan chjurdjeney xalqi xitoyliklar madaniyatini zlashtirdi. Manjuriyaliklar esa xitoyliklarga singib ketdi va bugungi kunda ular alohida xalq sifatida mavjud emas. Janubi-Sharqiy Osiyodagi mintaqaviy shakllanish ham o’ziga xos xususiyatlarga www.ziyouz.com kutubxonasi
ega. Qulchilik davrida ham, feodalizm davrida ham bu yerda o’z ta’sirini mintaqaning barcha hududlariga tarqatishga qodir blgan yirik imperiyalar paydo blmadi. Ayni paytda shuni ham tan olish kerakki, dunyoning biron-bir burchagida bu yerdagi kabi feodalizm davriga oid mahobatli yodgorliklar mavjud emas. Misol tariqasida Yava orolidagi Shiva ibodatxonasi majmuasini (VII asr) eslash mumkin; bu yerda shuningdek betakror budda ibodatxonasi - Borbodur (VIII-IX asrda Budda hayotidan 1560 syujetli - uzunligi 5 kmdan kp figurali bareleflar - budparastlik ensiklopediyasi va ibodatxona bunyodkorlariga yodgorlik); Birmaning qadimgi poytaxti - Pagan shahristoni muqaddas maydoni - u XIII asrda Xitoydan bostirib kelgan mg'ullar tomonidan vayron etilgan. Kampuchiyadagi budparastlik ibodatxonalari va Angkor sayrolari majmuasi, bulardan faqat Angkor-Vat ibodatxonasi bir kvadrat kilometr maydonni egallaydi (shahar XV asrda tai qabilalari tomonidan vayron qilingan). Ammo, birinchidan, mintaqada paydo blgan sivizilatsiya choqlaridan birontasi ham mahalliy, knyazlik yoki qirollik darajasidan mintaqaviy, imperiya klamiga borib yetmagan; ikkinchidan va eng muhimi, bu o’choqlarning birontasi ham mahalliy avtoxon madaniyat rivojlanishi mahsuli boshlamagan. Hatto asriar davomida qaror topgan mintaqaning asosiy qismi - Hinduxitoy yarim orolining nomlanishi ham ikkita qo’shni sivilizatsiyalarga qaramlilikni anglatadi. Ilk