Jahon iqtisodiyoti rivojida birjalarning tutgan o‘rni Rivojlangan mamlakatlarning birja tizimi va ularning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 67 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü67 Kb.
#159393
  1   2
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida birja savdosining o\'rni


Mavzu: Zamonaviy jahon iqtisodiyotida birja savdosining roli


Reja:


1. Jahon iqtisodiyoti rivojida birjalarning tutgan o‘rni
2 Rivojlangan mamlakatlarning birja tizimi va ularning rivojlanish istiqbollari
1. Jahon iqtisodiyoti rivojida birjalarning tutgan o‘rni
Fond birjasining klassik ko‘rinishi – bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning doi miy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori hisoblanib, u savdo- sotiqning hamda qimmatli qog‘ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib, tamoyillariga egadir. Fond birjalari tarixan ma’lum ma’noda qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ziga xos harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ularning iqtisodiy muno sabatlar rivojlanishidagi roli ko‘p jihatdan fond bozorlarining ahamiyati bilan aynan bir xil. Shu bilan birga, fond birjalari o‘zining ko‘p funksionalliligi va iqtisodiyotda mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, endilikda u fond bozorlarining ularning o‘zlari orqali hosil qilingan tizimlarining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Klassik fond birjasining asosiy o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat:

  • birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarga ruxsat etiladi;

  • birja savdolariga fond birjasi a’zolarining maxsus muassasasiga aloqador bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi;

  • qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning muvaqqat tartibi va andozalashtirilgan savdo-sotiq tadbirlarining mavjudligi;

  • savdo-sotiqni muayyan joyda markazlashtirish;

  • birjaning o‘zini o‘zi tartibga solishi, ya’ni birjani boshqarishni birja savdolari ishtirokchilarining o‘zlari amalga oshiradi.

Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlarning alohida tarzda uyushgan bozoridir. U uzoq rivojlanish tarixiga ega. To‘rt yuzdan ortiq yil mobaynida qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdosini tashkil etish shakli ham, birjaning jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotidagi roli ham o‘zgardi.
Birjalarning o‘tmishdoshlari ko‘igazma savdolari, yarmarkalar edi, ular o‘zining rivojlanishi jarayonida doimiy ravishda savdo mexanizmlarini takomillashtirib bordi. XV asrda Venetsiya, Genuya, Florensiyada ko‘rgazma savdolari katta nom chiqardi. Ular bilan birga tovar birjalari ham rivojlana boshladi. Feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida xo‘jalik munosabatlarini bir-biri bilan bog‘lovchi hamda qarz mablag‘larining taklifi va ularga bo‘lgan talabni tartibga sola oladigan maxsus vositaga nisbatan qat’iy talab tug‘ildi. Bunday vosita birja shaklida XVI asrda Ispaniya va Gollandiya o‘rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi bilan shakllandi. Birja bevosita bozorga olib chiqilmaydigan, hujjatlar bilan tasdiqlanadigan aniq sifat va miqdoriy xususiyatlarga hamda talab va taklif asosida rasman belgilanadigan narxlarga ega bo‘lgan muayyan tovarlar bilan savdo qilish bo‘yicha muntazam ravishda amal qiluvchi bozor sifatida yuzaga keldi. Birjada oddiy tovarlar bilan emas, balki faqat alohida talablarga javob beradigan tovarlar bilan savdo-sotiqlar amalga oshirilardi, chunonchi, tovarlar sifat jihatdan bir xil bo‘lishi, miqdoriga ko‘ra soni, hajmi yoki og‘irligi bilan belgilangan bo‘lishi, ushbu turkumdan istalgan boshqa tovar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lishi lozim edi. 1531-yilda Antverpen, 1566-yilda London va 1608-yilda Amsterdam tovar birjalari tashkil etildi. Tovar birjalarining o‘sishi ularning safidan alohida birjalarning ajralib chiqishiga olib keldi. Ularda faqat o‘ziga xos xususiyatli tovar – qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilindi. Dastlab bunday birjalar tovar birjalarining yordamchi bo‘limlari shaklida faoliyat ko‘rsatdi. Biroq valyuta ayirboshlash operasiyalarining kengayishi, muomalada tijorat veksellarining paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilishga ixtisoslashtirilgan muassasa – fond birjalarining tashkil etilishiga zamin yaratdi. Birinchi fond birjasining paydo bo‘lishini tarixchi olimlar 1592-yildan, ya’ni Antverpenda birjaga taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar narxlarining ro‘yxati e’lon qilingan vaqtdan hisoblashadi. XVI–XVII asrlarning oxirida birjalarda yangi tovar – davlat qimmatli qog‘ozlari, Angliyada Ost-Ind va Gollandiyada Vest-Ind kompaniyalarining vujudga kelishi bilan esa dastlabki aksiyalar paydo bo‘ldi.
1792-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida jahondagi barcha birjalarning eng yirigi – Nyu-York fond birjasi tashkil etildi. Uning ketidan Yevropaning qator boshqa birjalari barpo qilindi. Iqtisodchilarning hisoblashicha, fond birjalari rivojlanishining dastlabki bosqichi 200 yil davom etdi. O‘sha vaqtda birjalar eng rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida katta rol o‘ynadi. Birja operatsiyalari, o‘z navbatida, xalqaro savdo-sotiqning kengavishiga, kapitalning dastlabki jamg‘arilishini tezlashtirishga va bu bilan ishlab chiqarishning feodal usulidan rivojlangan bozor jamiyatiga o‘tishga ko‘maklashdi.
Biroq XIX asrning birinchi yarmida fond birjasi xo‘jalik yuritishning kapitalistik tizimida baribir ikkinchi darajali unsur hisoblandi. Qimmatli qog‘ozlarning asosiy qismini o‘sha davrda davlat obligatsiyalari tashkil etdi. Yevropa mamlakatlarida aksiyadorlik banklari rivoj topdi. Temir yo‘l qurilishi endigina boshlanib, mulkchilikning aksiyadorlik shakli dastlabki qadamlarini qo‘ya boshlagan edi. Sanoatda yakka va oilaviy korxonalar ustunlikka ega bo‘ldi. Yirik sanoatning o‘sishi, sanoat millionerlari sinfining paydo bo‘lishi, savdo­sotiq, transportning va birinchi galda temir yo‘lning jadal rivojlanishiga qarab vaziyat o‘zgardi. Alohida kapitalistning jamg‘armalari faqat uning shaxsiy korxonasini kengaytirishda to‘liq qo‘llanilmadi. Bu aksiyadorlik sarmoyasining o‘sishiga kuchli tuitki bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda, barpo etilgan kompaniyalarning aksiyalari borgan sayin real kapitalga qo‘yish uchun emas, balki tezda oshirilgan kurs bo‘yicha qayta sotish maq sadida xarid qilindi. Birja savdolari bir necha marta vahima va tangliklar tufayli uzilib qoldi. Bularning sabablari turlicha edi. Qimmatli qog‘ozlar, odatda, real kapital bilan bog‘liq bo‘lib, birja narxlari talab va taklifning ta’siri ostida shakllandi. Umumiy iqti sodiy vaziyat, siyosiy voqealar, shuningdek, matbuot va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarda ishtirok etuvchilarning ruhiy holatiga ta’sir etishning boshqa usullaridan keng foydalana boshlagan birjadagi olibsotarlarning raqobat kurashlari ularga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tarixda aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishlarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarning soxtalashtirilganligiga misollar juda ko‘p. Ularning oqibatida, asosan, kichik aksiyadorlar aziyat chekishdi. Birja operatsiyalari ahamiyatli tartibga solinmadi. Kichik sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish idorasi deyarli mavjud emas edi. Shuning uchun XIX asr fond birjasini ba’zan «yovvoyi» birja deb atashadi.

  1. asrning oxiri va XX asr boshida ishlab chiqarishning jadal o‘sishi hamda bozorning jonlanishi yuz berdi. Ayniqsa, birinchi jahon umshidan keyingi davrda sanoat hamda savdo-sotiq jadal rivojlana boshladi. Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ular bilan savdo-sotiq qilishning keskin oshishi ushbu jarayonlarni aks ettirdi. Birja savdosiga, shu jumladan, kreditdan foydalangan holda savdolar qilish uchun o‘nlab million o‘rta va kichik xususiy sarmoyadorlar jalb etildi. Birjalar aylanmalari dastlabki o‘ttiz yilda keskin o‘sdi, birinchi jahon urushi yillari bundan mustasno. Aynan o‘sha davrda fond birjalari bozor iqtisodiyotining muhim muassasalari bilan bir qatorda o‘z o‘rnini egalladi. 1929-yil oktyabrda Nyu-York fond birjasining inqirozga uchrashi 1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy tangliganing boshlanishiga sabab bo‘ldi. Qimmatli qog‘ozlarga o‘z pullarini sarflagan kishilarning ko‘pchiligi bankrotlarning. AQSH va jahonning qator boshqa badavlat mamlakatlarining iqtisodiyoti fojia yoqasiga kelib qoldi. 30-yillardan boshlab AQSHda, keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham qimmatli qog‘ozlar bozorini, xususan, fond birjasining faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Birja ishtirokchilarining faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatildi va birjada o‘z aksiyalarini sotgan emitentlarni tekshirishning qat’iy tadbiri ishlab chiqildi. Bunday harakatlardan maqsad birjani ommaviy olibsotarlikdan asrash, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.

  2. asrning so‘nggi 50-yilida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ushbu davrda fond birjasining operatsiyalar obyekti va turi, texnik­tashkiliy daraja, faoliyat jug‘rofiyasi kabi ko‘pgina asosiy tarkibiy ko‘rsatkichlari o‘zgardi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida birja savdolarining qator yangi yirik markazlari paydo bo‘ldi. Turli mamlakatlar birja tizimlarining baynalmilallashuvi kuchaydi, jahonning turli fond birjalari o‘rtasidagi kuchlar nisbatida siljishlar yuz berdi.

Fond birjalari real kapitalning rivojlanishini aks ettirgan holda ularning o‘sishiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Birjalar faoliyati qimmatli qog‘ozlarni sarmoyadorlarning keng qatlarni ichida tarqatilishini rag‘batlantiradi, bu esa jamiyatning katta qismining moddiy ahvoli yaxshilanishiga ko‘maklashadi. Birjalar sarmoya bo‘ldi bir tarmoqdan boshqasiga oqib kirishini, ularning eng istiqbolli sohalarga to‘planishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ular turli korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari va sohalarini bozor nuqtayi nazaridan qiyoslashga yordam beradi.
Fond birjalari bozor o‘zgarishlari yo‘liga qadam qo‘ygan yosh mustaqil davlatlarda alohida ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlarda birjalar iqtisodiyotni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Aynan birja maydonchalarida xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan kompaniyalar aksiyalarining birlamchi sotilishi amalga oshiriladi. Birja brokerlari korxonani butun xususiylashtirish jarayoni davomid a kuzatgan holda aksiyalashtirish bo‘yicha operatorlar vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu mamlakatlardagi aksiyalarning birja bozori, odatda, birlamchi bozor bo‘lib, u xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining narxlarini belgilab beradi. Ta’kidlash lozimki, o‘zlarining fond birjalarini barpo etishni boshlayotgan mamlakatlarda, odatda, dastlabki vaqtlarda aksiyalar katta qismining sotilishi tasodifiy xususiyatga ega, ya’ni, masalan, bir hafta yoki bir oy mobaynida bir aksiyaning o‘zi bo‘yicha bitimlarning barqaror qayd etilgan miqdori kuzatilmaydi. Bu axborotga ega bo‘lmaslik, bir tranzaksiyaning yuqori qiymati, qimmatli qog‘ozlarning yuqori likvidliligi, sarmoyadorlarning iqtisodiy salohiyatining zaifligi kabi qator omillar bilan bog‘liq. Aynan sobiq Ittifoq hududi mamlakatlarining fond birjalarida mulkni qayta taqsimlash uchun asosiy kurash bordi. Birjalar bozor munosabatlarining timsoli, qimmatli qog‘ozlar bozori muassasalarining yo‘lboshchisiga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, o‘tish davrida fond birjalari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organlarga qaraganda ilgariroq paydo bo‘ldi. Aynan fond birjalarining paydo bo‘lishi moliya vazirliklarining qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi me’yoriy asoslarni yaratish bo‘yicha jadal ishlarni olib borishga undadi.
Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar bozorining markaziy bo‘g‘inini, uning yordamida bozor iqtisodiyotida sarmoyaga bo‘lgan tal ab va taklif bir yerga to‘planadigan asosiy mexanizmlardan birini o‘zida namoyon qiladi.
Fond birjasi sarmoya yetkazib beruvchilarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar qilish va uni qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi orqali investitsiya qilishning eng muhim iqtisodiy vositalaridan biri hisoblanadi. Har qanday taraqqiy etgan mamlakatda u nafaqat qimmatli qog‘ozlar bozorida bajarilgan bitimlarning ro‘yxatga olinishini, narxlarning qayd etilishini, sarmoyaning bir tarmoqdan boshqasiga qo‘yilishini ta’minlovchi muassasa bo‘lib, balki butun iqtisodiyot ahvolining barometri bo‘lib xizmat qiladi. Fond birjasi – bu qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi va xaridori vositachilar orqali bir-birini topadigan joy. Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy unsuri hisoblanadi, uni, ko‘pincha, «fond bozori» deb ham atashadi.
Birja – bu uyushgan bozor. Shunday misolni keltirish mumkin. Insonga, masalan, sabzavot va mevalar zarur. Ularni uyining yonida xarid qilishi ham mumkin, lekin u, ko‘pincha, bozorga yo‘l oladi. Birinchidan, u yerda sotuvchilar ancha ko‘p, demak, tanlash imkoniyati kengroq. Ikkinchidan, bozorlarda tovar sifatini tekshiruvchi maxsus xizmatlar mavjud. Qimmatli qog‘ozlar bozorida ham xuddi shunday. Har qanday shaxs aksiyalarni birjadan tashqarida, «ko‘chada» sotib olish huquqiga ega. Lekin ularni fond birjasida xarid qilish ham foydali, ham xavfsiz. Eng asosiysi, birjada eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar sotiladi. Qimmatli qog‘ozning sifatini baholash uchun birjada ekspert komissiyasi faoliyat ko‘rsatadi, u muayyan uslubdan foydalangan holda mazkur qimmatli qog‘ozning savdolarga qo‘yilishi mumkinligini hal qiladi. Butun jahonda birjaga faqat barqaror moliyaviy ahvolga va rivojlanish istiqbollariga ega bo‘lgan tuzilmalarning qimmatli qog‘ozlariga erkin ruxsat etiladi. Aksiyalarni fond birjasiga sotuvga qo‘yish – bu kompaniyaning yuqori obro‘sidan dalolat beradi va uning uchun eng yaxshi reklama hisoblanadi.
Xullas, birja mamlakat iqtisodiyoti holatining barometri sifatida muhim rol o‘ynaydi. Bu yerda qimmatli qog‘oz bo‘ldi o‘rtacha narxidan ularning kurs narxi vujudga keladi. Xaridorlar va sotuvchilarning ayrim qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan munosabatlarini qayd etgan holda, birja alohida korxonalarning va butun iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan sog‘lomligini ko‘rsatadi. Birja axboroti asosida hukumat, korxonalar rahbarlari va aholi o‘zlarining xo‘jalik hamda moliyaviy strategiyasini ishlab chiqadi.
Fond birjasi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishi va rivojlanishida alohida tashkiliy rolni o‘ynamog‘i lozim. Yuzlab yillardan buyon bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarda fond birjasi qimmatli qog‘ozlarning tartibsiz bozoridan yuzaga chiqdi. Respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozori davlat tashabbusi bilan va uning qo‘llab-quvvatlashi oiqali barpo etilmoqda. Davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilib, ularning aksiyalari erkin sotuvga chiqarilishi lozim. Davlat tashabbusi bilan Respublika fond birjasi va qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasining boshqa muhim tarkibiy qismlari ta’sis etildi.
Bunday sharoitlarda fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etuvchi boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib qoladi. U qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan hali unchalik rivojlanmagan talab va taklifni bir joyga to‘playdi, bu esa, o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlar bilan samarali operatsiyalar qilish uchun sharoitlar yaratadi. Bir vaqtning o‘zida ushbu bosqichda fond birjasi birjaga taalluqli bo‘lma gan qator o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Bu yuridik shaxslar va fuqarolarga brokerlik idoralarini hamda boshqa investitsiya muassasalarini tashkil qilishda ko‘maklashish, maxsus ta’limni tashkil etish, litsenziyalarni olishda yordam berish, bozorni taig‘ib qilish, qimmatli qog‘ozlarni ommaviylashtirish va h.k.
Xulosa
Aksiyalarini birja ro‘yxatiga kiritish istagida bo‘lgan emitent-kompaniyalar uchun qoidalarni birjalarning o‘zi belgilaydi, shu sababli har bir birjada qimmatli qog‘ozlarni kotirovkaga qo‘yishning o‘z «texnologiya»si mavjud. Aksiyalarini muayyan birjada kotirovkalash istagida bo‘lgan kompaniyalarga talablar ham farqlanadi.
Demak, birja – bu aksiyalarning bozor qiymatini qo‘llab-quvvatlash tizimi. Kompaniyalar birlashtirish va qo‘shib yuborishda aktivlarni baholash aksiyalarning bozor qiymati kursiga tayanadi, kitob, balans kursiga emas. Qator mamlakatlarda listing kompaniyaning soliqqa tortishda jiddiy chegirmalar taqdim etish uchun asos hisoblanadi. Va nihoyat, bunday varaqlarda turgan kompaniyalarga, qoidaga ko‘ra, kredit va zaemga ehtiyoj sezilganda bank va moliyaviy institutlarning ishonchiga erishish, shuningdek, listing aksiyalariga konvertatsiyalanadigan yangi obligatsiyalar chiqarish osonroq bo‘ladi. Shu tariqa, listing – bu bozorni qo‘llab-quvvatlash tizimi, u uyushgan bozor uchun qulay sharoitlar yaratadi, eng ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni aniqlashga imkon beradi va ularning likvidligini oshirishga xizmat qiladi.
Jahondagi eng nufuzli birjalar Nyu-York birjasi (bu yerda AQSHdagi jami qimmatli qog‘ozlarning 85–90 % i sotiladi), London birjasi, Tokio birjasi va Parij birjasi hisoblanadi.

Yüklə 67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin