Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bogliqligi va uslubiy jihatdan uzviylngi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taaluqli bo’lib, talabalar uni VI-semestrda o’rganishadi.
Bu dasturni amapda bajarish uchun talabalar “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Statistika”, “Makroiqgisodiyot” fanlaridan etarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani “Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Logistika” va boshqa fanlarni o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni O’zbekiston Respublikasining ishlab chikargan korxonalarining maxsulotlarini tashki bozorlar chiqishi, chet el firma va kompaniyalarining mamlakatimizda shakllanayotgan tovar va xizmatlar bozoriga kirishi sezilarli darajada rivojlanib bormokda. Ma’lumki, ochiq turdagi iqgisodiyotni yaratmay turib mamlakatimizning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi bir muncha sekin kechadi. Shunday kelib chikib jahon iqtisodiyotini rivojlanish tamoyillarini chukur taxlil etish va o’rganish, jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish shu kunning talabiga aylanib bormokda.
Yurtimizda keng imkoniyatlar mavjudligini, ya’ni boy xomashyo resurslarga va shuningdek mapakapi ishchi kuchlariga egaligini, borligini inobatga olib raqobatbardosh, sifatli mahsulotlarni o’z yurtimizda chiqarib, shu yo’l bilan jahon hamjamiyatida va shuning dunyo bozorida o’zimizga munosib o’rin egallash mumkin. Mamlakatimiz rivojida xorijiy investitsiyalarni urni alohida ahamiyatga ega bo’lib, shuningdek mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning “Jahon iqtisodiyoti va xalkaro iqtisodiy munosabatlar” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilgor va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilgor pedagogik va axborot texnologiyalaridan hamda o’quv-uslubiy majmualardan foydalaniladi.