Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


O’quv materiallari mazmuni



Yüklə 197,5 Kb.
səhifə2/13
tarix03.06.2023
ölçüsü197,5 Kb.
#124232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
portal.guldu.uz-ishchi o`quv dasturi

2.O’quv materiallari mazmuni
2.1.Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni


Kirish
Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan stragegiyamiz va Inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanokdi davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi, albatga. Ushbu o’quv dasturi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashda, tashqi iqtisodiy muhitni chuqur taxdil qilishda, iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganishda, shuningdek ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos jihatlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - tapabalarga jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga oid nazariy va amaliy bilimlarni berish, o’z yo’napishiga mos tasavvur va ko’nikmalarni rivojpantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariy asoslari va tamoyillarini rivojlantirishning o’ziga xos jihatlarini tushunishiga yordam berish; jahon mamlakatlari iqtisodiyotini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan foydalanishni o’rgatish; jahon mamlakatlari iqtisodiyotini belgilab beruvchi asosiy makroiqgisodiy parametrlar taxdilini amalga oshirishni o’rgatish; jahon iqtisodiyotida xalqaro savdoning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish; jahon iqtisodiyotida xalqaro tashkilotlar faoliyatining maqsad va vazifaparini tushuntirish; jahon mamlakatlari bilan samarali hamkorlik qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rgatishdan iboratdir.


Fan bo’yicha talabalarning bilnm, ko’nikma va malakalariga ko’yiladigan talablar
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masapalar doirasida bakalavr:
jahon iqtisodiyoti tizimi, tarmoq tuzilishini;
jahon xo’jaligi tizimi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, tendentsiyalari va zamonaviy xususiyatlarini;
jahon mamlakatlarining guruxdarga tasniflanishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini;
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosiy shakllari va zamonaviy xususiyatlarini;
jahon xo’japigining globap muammolarini; jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning o’rnini bilishn kerak;
jahon xo’jaligida ma’lumotlar yig’ishni tashkillashtirish va ularning sifatini baholash;
kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlarni tizimlash va qayta ishlash;
ma’lumotlarni qayta ishlash natijalarini umumlashtirish va taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
jahon iqtisodiy o’sishi va rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash va taxdil qilish;
jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash; xorijiy mamlakatlarning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini taxdil qilish asosida ularning rivojlanish darajasini aniqlash;
jahon iqtisodiyotida xalqaro hamkorlikning eng oqilona uslub va ko’rinishlarini aniqlash malakalariga ega bo’lishi kerak.



Yüklə 197,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin