Jahon iqtisodiyotida ixtisoslashuv jarayonining chuqurlashuvi



Yüklə 434,5 Kb.
səhifə8/9
tarix02.01.2022
ölçüsü434,5 Kb.
#43610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
#100. Full

Gaz sanoati


Tabiiy gaz hozirda jahon energetikasi tarkibida o’ziga xos o’rin egallaydi: u energiya resurslari ichida eng ko’p ishlatiladigan va toza energiya manbai hisoblanadi. 90- yillardan boshlab gaz bozorlarining liberalizatsiyalashtirish natijasida uning iste’moli sezilarli darajada o’sa boshladi. Umuman dunyoda gaz iste’molining tinimsiz o’sishi kuzatilayotgan bir vaqtda, keyingi avlod uchun ham bu bebaho boylikni yetkazishga qator choralar ko’rilmoqda va buning natijasi o’laroq, quyosh energiyasi, atom elektr stansiyalari energiyasidan foydalanishga bo’lgan harakatlar olib borilmoqda. Masalan, Fransiyada hozirda energiya resurslarining 46%i atom elekt stansiyalari hissasiga to’g’ri keladi. 2002 yil 1 yanvardagi holatga binoan dunyo bo’yicha gaz zahiralari yaqin 63 yilga yetar ekan xolos (154.37 trln. m. kub).

Yer sharida gaz zahiralarining ko’plab tarqalganligiga qaramay, asosan 2 ta hududda, MDH davlatlari va Yaqin Sharq mintaqasida dunyo gaz zahirasining 72%i joylashgan. Shundan MDHda 37.4% gaz zahirasi to’g’ri keladi. Dunyoning qolgan regionlarida bu boylikning tarqalishi quyidagicha, OTM (Osiyo Tinch okeani Mintaqasi)da 6.9, AQSh va Kanada 4.3, G’arbiy Yevropa 3%. Xuddi gaz zahiralari singari, gaz qazib olishning asosiy qismi ham quyidagi mintaqalar hissasiga to’g’ri keladi: AQSh va Kanada, MDH, G’arbiy Yevropa, Yaqin Sharq va OTM.

G’arb davlatlari ehtiyoji asosan Rossiya, Jazoir va Liviya , va shuningdek, siqilgan tabiiy gaz bo’yicha Yaqin Sharq davlatlari, Nigeriya va Trinidad davlatlari tomonidan qondiriladi. Yaqin Sharqda eng ko’p gaz zahiralari joylashgan bo’lsada, gaz qazib olishda dunyo sanoatining 8.2%ini tashkil qiladi. Bu esa regionning asosiy gazga muhtoj bo’lgan davlatlardan uzoqda joylashganligi va hozircha asosan siqilgan gaz ko’rinishida eksport qilayotganligi bilan bog’liq.

Rossiya gaz sanoati haqida gapirganda shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, bu soha infrastrukturasi juda ham kuchli rivojlangan. Bu davlat Markaziy Osiyo davlatlari, O’zbekiston, Turkmaniston va Qozoqistondan gaz import qilib, so’ngra o’zining qo’shni davlatlariga eksport qiladi.

Quyida dunyo gaz zahiralari bo’yicha yetakchi davlatlar ro’yxati keltirilgan.

6- jadval. Dunyo davlatlarining tabiiy gaz zahirasi.




Yüklə 434,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin