Qishloq xo’jaligi
Qishoq xo’jaligining rivojlanishi mamlakatning hududiy jihatdan joylashgan joyi, iqlimi kabi omillarga bog’liq. Qishloq xo’jaligiga asoslangan davlatlarda yoki rivojlangan davlatlarda sohaning ulushi juda ham katta farq qiladi. Rivojlangan davlatlar iqtisodida bu tarmoq YaIMda 1-3%ulushga ega bo’lib, sohadagi iqtisodiy faol aholi ulushi 2-7%ni tashkil etadi. Rivojlanayotgan davlatlarda “Yashil revolyutsiya”ning avj olgani, masalan, Xitoy, Hindiston davlatlarida, iqtisodiy rivojlanishning ilk bosqichlarida qishloq xo’jaligining ekstensiv rivojlanishi mamlakat iqtisodida katta ulushni tashkil qilayotganligi bilan ko’zga tashlanyapti.
Shuningdek, qishloq xo’jaligi haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, fermalarning roliga to’xtalib o’tishimiz lozim. Davlatlarda fermalarning rivojlanishi va ularning hajmiga qarab turlarga bo’linishida davlatning rivojlanganligi va hududining kattaligi asosiy o’rinda turadi. Agar Avstraliyada o’rtacha kattalikdagi fermalar 2.8 ga (gektar) yer maydoniga ega bo’lsa, AQSh va Kanadada bu ko’rsatkich 200 ga ni, Fransiyada 17 ga ni, Yaponiyada esa bor yo’g’i 2 ga ni tashkil etadi. Agar qishloq xo’jaligi tarkibiga nazar tashlaydigan bo’lsak, rivojlangan davlatlarda asosiy o’rinda chorvachilik turadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa bu soha faqat Mongoliya va Urugvay davlatlaridagina o’z yetakchiligini saqlab kelmoqda. XX asrda kuzatilgan tendensiyaga asoslangan holda, hozirda ham o’simlikchilik oldingi o’rinda turib (asosan donchilik), sabzavotchilik va mevachilik ham rivojlanib bormoqda.
Shimoliy Amerika va Yevropaning rivojlangan davlatlari va Avstraliya dunyo bo’yicha qishloq xo’jaligi tovarlari eksport va importi qiymatining 2/3 qismini tashkil etib, bu sohada yetakchilik qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |