Jahon xo’jaligining umumiy qonuni bo’lib birin-ketin izchillikda qishloq xo’jaligining muhim rolidan qazib olish sanoatiga, qayta ishlash sanoatidan texnik jihatdan osonroq bo’lgan ishlab chiqarishga(yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati), kapital va material talab qiluvchi tarmoqqa(metallurgiya, kimyo sanoati) va nihoyat mahsulot ishlab chiqarishda yuqori texnologiyadan foydalaniladigan ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarga o’tib borishi hisoblanadi. Qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy rivojlanish jarayonida “birinchi tarmoq” hisoblanuvchi qishloq xo’jaligi o’z o’rnini “ikkinchi” tarmoq – qayra ishlovchi sanoat va qurilishga, bo’shatadi va bu ham o’z navbatida “uchinchi tarmoq” – xizmat ko’rsatish sohasi rivojlanishi uchun yo’l beradi. Dunyo sanoatining tarkibiy tuzulishida borgan sari qazib chiqarish tarmog’ining kamayib borishi kuzatilayapti va bu o’z navbatida qayta ishlash sohasining, asosan, mashinasozlik va kimyo sanoatining ulushi oshib borayotganligi bilan to’ldirilib borilyapti. Sanoati rivojlangan davlatlar strukturasida og’irlik markazi kapital va material talab qiluvchi tarmoqdan ko’proq ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalarga o’tishi davom etmoqda. Lekin, Yaqin Sharq davlatlari va bir qator davlatlarda iqtisodiyotning neft va gazga bog’liqligi saqlanib qolmoqda. Dunyo energetika resurslarining asosiy qismi bu mintaqalarda joylashganligi davlatlarning ertani o’ylamay neftni qazib olib, eksportga yo’naltirayotganliklari bilan nihoya topmoqda. Hozirda neft narxining oshib borayotganligi bu davlatlarning moliyaviy ahvolini ancha o’nglab olishlariga asosiy sabab bo’layapti. Hozirgi jahon energiya istemoliga nazar tashlasak, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodida neft va gaz istemolini tejab ishlatish holati kuzatilayapti. Bu esa iqtisodni iqtisodiy qonunlardan kelib chiqqan holda olib borilayotganligidan dalolat beradi. Buni Fransiya misolida oladigan bo’lsak, atom energiyasidan foydalanishda dunyoning boshqa rivojlangan davlatlariga o’rnak bo’ladigan darajaga erishganligi sifatida ko’rishimiz mumkin. Ko’mir, yog’och kabi issiqlik manbalarining chiqib ketayotganligi yangi texnologiyalarning amaliyotda qo’llanilayotganligi bilan uzviy bog’liqdir.