Don xo’jaligi
Don xo’jaigi ko’pchilik davlatlarning asosiy tarmog’i bo’lib qolyapti. Don mahsulotlari foydalanish maqsadiga qarab 2 turga bo’linadi:
Oziq-ovqat mahsuloti (bug’doy, guruch, javdar)
Yem-xashak mahsuloti (makkajo’xori, arpa, suli, tariq)
Umumiy olganda yetishtiriladigan donli o’simliklarning 2/5 qismi chorva mollariga yem sifatida ishlatiladi va ta’kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda buning ulushi oshib bormoqda (AQShda 1/2 gacha).
.
1- jadval. 1969/71 va 1998/2000 yillarda dunyo bo’yicha hosildorlikning oshishi1
Soha
|
Ekilgan maydon, mln ga
|
Yig’im, mln tonna
|
Hosildorlik, sentner/ga
|
|
1969/71
|
1998/2000
|
1969/71
|
1998/2000
|
1969/71
|
1998/2000
|
Makkajo’xori
|
115
|
139
|
283
|
604
|
25
|
43
|
Bug’doy
|
213
|
215
|
328
|
585
|
15
|
27
|
Guruch
|
133
|
154
|
310
|
595
|
23
|
39
|
Donchilik dunyo ekin maydonlarining yarmini egallaydi. Donning umumiy yig’imi oxirgi 20 yil ichida 2 barobarga ortdi. Bu esa so’nggi yillarda hosildorlikning oshishi natijasida ro’y berdi (31 sentner/ga o’rtacha). Don yig’im-terimi bo’yicha 1- o’ringa Xitoy chiqdi. 2- o’rin AQSh, 3- o’rinda Xitoy singari “Yashil revolyutsiya” natijasida mahsuldorligini oshirgan Hindiston turadi. Don mahsulotlari eksportida yetakchi davlatlar ro’yxati o’zgarmay turibdi: AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya va Fransiya. Yevropaning rivojlangan davlatlari yem-xashak uchun don mahsulotlarini (asosan, makkajo’xori) import qilayotgan bo’lsalar, rivojlanayotgan davlatlar bu mahsulotlarni oziq-ovqat tovarlari sifatida qabul qilmoqdalar. Hozirda jahon xo’jaligida Osiyo davlatlari - don mahsulotlari bo’yicha guruch va bug’doyga, Yevropa davlatlari - bug’doy, javdari bug’doy, arpa, suli va makkajo’xoriga, Amerika – makkajo’xori va bug’doyga, Avstraliya – bug’doyga, Afrika davlatlari esa – makkajo’xori va tariqqa ixtisoslashganligini ko’rishimiz mumkin.
Yog’ sohasiga tegishli bo’lgan sanoatning ahamiyati oshib bormoqda va oziq-ovqat va yem sifatida foydalanilmoqda. Soya dukkaklari yig’im-terimi (asosan, AQSh va Braziliyada) va rapsa yetishtirish (asosan, Hindiston va Kanadada) rivojlanmoqda. Iste’molda asosan ildizmevali o’zimliklardan foydalanish davom etmoqda: mo’tadil hududlarda - kartoshka, issiq hududlarda – kassava, yams va taro kabi o’simliklardan foydalaniladi. Issiq hududlarning rivojlanayotgan davlatlarida kofe, kakao dukkaklari va choy yetishtirish sohalarining muhimligi saqlanib qolyapti.
Sintetik va sun’iy mahsulotlar borasidagi raqobat Tayland, Malayziya, Indoneziya davlatlarida kauchukli o’simliklar yetishtirishni rag’batlantirib kelmoqda. Paxtachilik borasida esa Xitoy, AQSh, Hindiston, Pokiston va O’zbekiston yetakchi o’rinlarni egallab kelishmoqda.
Shuningdek plantatsiya xo’jaligida ham tropik va subtropik mintaqa davlatlari eksportga yo’naltirilgan sohani rivojlantirishmoqda. Bu turdagi xo’jalik boshqalardan mahsulotning katta hajmi, yuqori mahsuldorlik va yollanma ishchilarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Bu yerda sitrus mevalar, uzum, banan, ananas, shakarqamish, kauchuk, kanop kabi o’simliklar yetishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |