Jahon iqtisodiyotida ixtisoslashuv jarayonining chuqurlashuvi



Yüklə 434,5 Kb.
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü434,5 Kb.
#43610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
#100. Full

Chorvachilik

Chorvachilik jahon xo’jaligining rivojida insonlarning kundalik hayotida juda ham muhim rol o’ynaydigan sohadir. Hozirda yunyo bo’yicha yirik shoxli hayvonlarning umumiy soni 1.5 mlrd. donadan ko’pdir. Rasmiy ravishda eng ko’p hayvon soni Hindistondadir (220 mln. donadan ko’p). Shunday bo’lsa ham Hindistonda mahsuldorlik juda ham pastdir chunki, diniy ishonchlar go’sht ishlab chiqarish va iste’molini cheklaydi. Braziliya (170 mln. bosh), Xitoy (105 mln. bosh), AQSh (98 mln. bosh), Argentina (55 mln. bosh) va Rossiya (28 mln. bosh) davlatlari yirik shohli hayvonlar yetishtirishda dunyoda yetakchi o’rinda turadilar.

Rivojlangan davlatlarning ko’pchiligi uchun (Buyuk Britaniya, Daniya, AQShning sharqi,) chorvani dalalarda va yaylovlarda boqishda intensiv usullardan foydalanib tovar ishlab chiqarish xususiyati xos. Avstraliya, Kanadaning g’arbi va JAR uchun esa chorvachilikda ekstensiv usul yetakchilik qiladi va bu esa chorva boqish uchun dala va yaylovlarning ko’pligi bilan tushuniladi. Shu ham ahamiyatga molikki, rivojlangan davlatlarda chorvaning mahsuldorligi (mol boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha og’irlik, sigirlarning sersutligi, tovuq boshiga to’g’ri keladigan tuxum) rivojlanayotgan davlatlardagiga nisbatan 5 – 6 barobar ortiq. Go’sht xo’jaligi asosan, mo’tadil va issiq mintaqalarda rivojlangan. Sutga ixtisoslashgan tarmoq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan davlatlarida keng tarqalgan. Bir yilda dunyoda ishlab chiqariladigan o’rtacha sut miqdori 480 mln. tonnadan oshiqdir. Yirik sut ishlab chiqaruvchilar sirasiga AQSh, Rossiya, Hindiston, Germaniya va Fransiya davlatlari kiradi. Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan davlatlarida sut ishlab chiqarishdagi mahsuldorlik juda ham yuqoridir (masalan, AQShda sigir boshiga yiliga 8 ming kg). Cho’chqachilik Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning bir necha davlatlari (Xitoy)ga xosdir. Bu soha asosan cho’chqa go’shti iste’moli diniy tomondan cheklanmagan davlatlarda keng rivojlangan. Cho’chqachilik bo’yicha Xitoy 1- o’rinda turadi (dunyo bo’yicha 910 mln. dona, Xitoy hissasiga 440 mln. donasi to’g’ri keladi).

Qo’ychilik asosan quruq yerli va mahsuldorligi past yerli hududlarda keng tarqalgan. Ammo Buyuk Britaniya yerlarida ham qo’ychilikning yaxshi rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin. Dunyoda Xitoy va Avstraliya mos ravishda 140 mln. va 120 mln. bosh qo’y soni bilan yetakchilik qiladi. Dunyo bo’yicha qo’ylar soni hozirda 1.1 mlrd. dan ortiqdir. Junchilikning rivojlanishi ham o’z navbatida qo’ychilikning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Dunyo bo’yicha yiliga 2.3 mln. tonnadan ko’p jun qirqib olinadi. Jun ishlab chiqarishda dunyo bo’yicha Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Rossiya va Qozoqiston davlatlari yetakchilik qilishadi.



Yüklə 434,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin