Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Frantsiya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə23/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Frantsiya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi
Frantsiya-G’arbiy Evropadagi eng yirik davlatdir. U hududiy jihatdan Evropa Ittifoqida birinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatning umumiy maydoni 547 030 kvadrat km.ni tashkil etib, uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Bu erni iqlim o’zgarishlariga qarab uch xil mintaqaga bo’lish mumkin: ya’ni okean mintaqasi (g’arbdan), o’rta er dengiz mintaqasi (janubdan) va kontinental mintaqa (mamlakat markazi va sharqdan).
Mamlakatning 82 foizi hududini, aniqrog’i 45 mln. gektar maydonini qishloq xo’jaligi erlari va o’rmonzorlar egallaydi. Faqatgina o’rmonzorlar salmog’i jihatidan Frantsiya Evropa Ittifoqida Shvetsiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Chegaradosh hududlar-janubda Ispaniya, Andorra, janubi-sharqda-Monako, Shimoli-sharqda-Belgiya, Lyuksemburg, sharqda-Shveytsariya, Italiya, Germaniya davlatlari joylashgan. Hududni La-mansh bo’g’ozi, Atlantika okeani, Shimoliy dengiz, O’rta er dengizi suvlari yuvib turadi.
Hududining 2|3 qismi tekislik (Shimoliy va g’arbiy qismlar asosan tekislik), asosiy tog’lari markaziy massiv, alp, pireney, yura, vogezi, arden. Iqlimi mo’’tadil dengiz tipli, iyulning o’rtacha harorati +23, -25, yanvar +7, -8. Yog’in miqdori-600-1000 mm, dan, tog’larda 2000 mm gacha. Asosiy daryolari Rona, sena, luara, garonna. Asosiy tabiiy boyliklari-ko’mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog’och.
Mamlakat aholisi dengiz orti hudulari (Korsika oroli, dengiz orti departamentlari-Martinika, Gvadelupa, Reyunnion, frantsuz Gvianasi, dengiz orti hudulari-Frantsuz polineziyasi, Yangi kaledoniya, Sen-Per va mikelon, tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar) bilan birgalikda– 66 991 000 kishidan ortiq bo’lib (Davlatning o’zida 64 859 773 kishi) (2017 yil), bir kv. km ga 103 kishi to’g’ri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrog’i shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Frantsiya Evropada Germaniyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Mavjud aholining 93 foizini frantsuzlar tashkil etadi. Frantsiyada tug’ilish darajasi past taxminan 1000 kishi hisobiga 12 ta chaqaloq to’g’ri keladi. YaIM-2,4 trl dol, jon boshiga-43 000 dollardan to’g’ri keladi. Valyuta birligi-evro.
Frantsiya-dinga erkinlik bergan davlat. Bu erda qariyib barcha dinlarga mansub aholi istiqomat qiladi, ya’ni bu erda katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 foizni tashkil etadi.
Frantsiyaning salkam 25,6 mln. aholisi faol aholi toifasiga kiradi. Ulardan 19,5 millioni doimiy ishi bilan band bo’lganlar va 3,1 millioni yoki faol aholining 12,5 foizi ishsizdir. Mamlakatda erkaklar ayollarga qaraganda ko’proq, ya’ni barcha aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi. Aholining taxminan 90 % etnik frantsuzlar, boshqa millat vakillaridan elzaslar, lotaringlar, bretonlar, evreylar, flamandlar, katalonlar, basklar, yursikanlar.
Frantsiyaning davlat tuzilishi - respublika. Uni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Frantsiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka erlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy terretorial okrug), 4 ta dengizorti ma’muriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyuon), 4 ta dengizorti hudud (Frantsuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy erlar va Frantsiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon).
Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali parlamentdan tashkil topgan. Frantsiya Evropa Ittifoqi (EI), Evratom, G’arbiy Evropa ittifoqi va bir necha siyosiy hamda iqtisodiy tashkilotlar a’zosi. 1949 yildan esa NATOga a’zo bo’lgan.
Frantsiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko’pgina erosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu erdan temir rudasi, toshko’mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko’p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to’rtinchi (AQSh, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o’rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo’yicha ham to’rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo’yicha esa uchinchi (AQSh va Yaponiyadan keyingi) o’rinni band etgan. Shuningdek, Frantsiya Evropada qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport qilish borasida birinchi o’rinda turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya, energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol o’ynaydi. Mamlakat Ђarbiy Evropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi.
Frantsiya iqtisodiyoti uchun xarakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po’lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo’yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha qariyib 100 foizlik ulushni o’z qo’lida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir. E’tiborlisi, frantsuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim ko’rinishi katta-katta ishlab chiqarish ob’ektlarini butunlay hokimlik tarzida egallaganlikdadir. Bunday holatda mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, «Peja-Sitreon» va «Reno» monopolistlarida avtomobil sanoati, «Elf-Akiten» monopolistlarida neft sanoati va «Yunizor-Syansilor» da qora metallurgiya, shuningdek, «Kompaniya jeneral elektrosite» da yadro energetika, «Ron-Pulenka» monopolistlarida esa kimyo sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir o’ziga xosligi gigant, yirik korxonalar hamda kichik o’rta tadbirkorlik korxonalari kapitallari (mablag’lari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir.
Frantsiya iqtisodiyotida zamonaviylashgan sohalar tizimi quyidagicha holatni tashkil etadi: sanoatda – 26,7 foiz, qishloq xo’jaligida – 4,3 foiz, qurilishda – 5,6 foiz va xizmat ko’rsatish sohasida 5,8 foizdan iborat.
Oxirgi yillarda Frantsiya iqtisodiyoti tizimida keskin o’zgarishlar ko’zga tashlandi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi mohiyatili o’sdi. Jumladan, sanoatdagi ulush ichki mahsulotlar hisobidan 50 foizni, eksport hisobidan esa qariyib 90 foizni tashkil etmoqda. Ayniqsa sanoat taraqqiyoti avtomobilsozlik, aviasozlik, elektronika, atom energetikasi, neft kimyo va maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish sohasida yaqqol ko’zga tashlandi. Bugungi kunda frantsuz aviatsiya-raketa sanoati jahonda uchinchi o’rinni egallaydi. Shuningdek, kimyo sanoati, alyuminiy ishlab chiqarish, radioelektronika sanoatida rivojlanish salmog’i keskin oshmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatda harbiy-aerokosmik sanoati ham dinamik ravishda yuksaldi. Bu o’sish yillik 10 foizni tashkil etdi. Shu qatori yillik o’sishda farmatsevtika (7,4 foiz) va elektronika (6 foiz) sanoati ham doimiy taraqqiyot yo’liga chiqqan. Fakat yillar salmog’ini solishtirganda mashinasozlik, stanoksozlik va temiryo’l transporti mahsulotlari ishlab chiqarishdagina o’zgarish sezilayapti, xolos.
Informatika, aerokosmik sanoat, stanoksozlik sohasi uchun zarur texnologiya va uskunalar ishlab chiqarish uchun ikki tomonlama eksport-import operatsiyalari va po’latni qayta ishlash, to’qimachilik xomashyosi, organiq kimyo kabi yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish ham frantsuz sanoatida o’ziga xos xususiyat kasb etayotir.
Frantsiya sanoati keng ko’lamdagi va chukur o’tkazilgan qayta qurish jarayon yangi yuksalish yo’liga chiqib oldi. Bu o’z navbatida fan-texnika taraqqiyoti bilan o’zaro uzviy bog’liq holda olib borildi. Har yili davlat ilmiy–tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma (NIOKR) lari rivoji uchun ichki daromaddan 2,2 foiz miqdorida moliyaviy mablag’ ajratadi.
Katta bilim, salohiyat mushtarakligi samarasi o’laroq tez orada elektrotexnologiya, transport ehtiyot qismlari, aerokosmik va harbiy sanoat uchun zarur jihozlar ishlab chiqarilishida rivojlanish ko’zga tashlandi. So’nggi paytda jahon oksoqlanishi sezilayotgan avtomobil sanoatida ham muhim siljishlar bo’ldi. Dunyo ayniqsa iste’moli uchun o’ta ahamiyatli bo’lgan kemasozlik, charm poyabzal, oziq-ovqat, yog’ochni qayta ishlash, metallurgiya, neft xomashyosi, shuningdek issiqlik – energetika resurslari lokalizatsiyasi, atom elektrostantsiyasi kabi sohalarda yangi islohatlar jarayonini o’tash talab etilayotgan edi.
Hozirda kechayotgan bu jarayon Frantsiyani kelgusida mazkur tarmoqlar bo’yicha jahon bozorida yanada katta salohiyatga ega bo’lishida o’z samarasini ko’rsatadi. Birgina energetika zahirasi jihatidan mamlakat 77 foizlik ulushga ega. Frantsiya har yili 490 mlrd. kilovattG’soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Umuman olganda mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda AQSh, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Kanadadan keyingi 6-o’rinni band etgan.
Frantsiya qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtiruvchi va uni chetga eksport qiluvchi dunyodagi etakchi davlatlardan biri. Uning tabiiy iqlim sharoiti bu erda qishloq xo’jalik mahsulotlaridan mo’l hosil etishtirishning imkonini beradi. Chorvachilik Frantsiya qishloq xo’jaligining eng rivojlangan tarmog’i bo’lib, sohada qo’lga kiritilayotgan sarmoyaning uchdan ikki qismi aynan shu tarmoqqa to’g’ri keladi. Chorvachilikda esa naslchilik, bo’rdoqichilik va go’sht-sut yo’nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Frantsiya mol go’shti, yog’, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Evropa Ittifokida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi o’rinni egallaydi. Don mahsulotlaridan - bug’doy, arpa, sholi va makkajo’xori, shu bilan birga qand lavlagi, kartoshka va sabzovat ekinlari etishtirishda ham Frantsiyada katta tajriba to’plangan. Vino tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa birinchi o’rinni egallaydi.
Mamlakatda qishloq xo’jalik maydonlari ko’pgina er sohiblariga bo’lib berilgan. Xo’jalik yuritish ikki turda – oilaviy pudrat va sanoatlashgan usulda tashkil etilgan. Frantsuz qishloq xo’jaligi yangicha kechgan islohatlar tufayli soha juda tez sanotlashdi, hech qanday bank va savdo mablag’larisiz rivojlandi. Agar ilgari qishloq xo’jaligi mahsulotlari monopolist tashkilotlar kapitali vositasida qayta ishlangan bo’lsa, hozirda soha o’z kapitali, o’z korxonalariga ega. Frantsiya qishloq xo’jaligi mamlakatda yagona agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradi.
Bu erda 7 foiz aholi qishloq xo’jaligi sohasi bilan band. Kichik fermalar ko’p er egalarining o’rtacha er maydoni 23 gektarni tashkil etadi. Ammo, har yili xo’jaliklar soni kamaymoqda (yillik 2,5 foiz). Shu bois so’nggi yillarda kichik xo’jaliklar kooperativlarga birlashmoqda, natijada esa soha zamonaviy qishloq xo’jalik texnikalari bilan boyimokda.
Ayni paytda dehqonlarning 80 foizi ana shunday kooperativlarga birlashdi va ularning 600 tasi jami g’allaning 70 foizini, sut va sut mahsulotlarining teng yarmini etishtirib bermokda. Frantsuz qishloq xo’jaligi kooperatsiyasiga uyushgan barcha kooperativlar qariyib 4 mingtani tashkil etadi va mamlakatda etishtirilayotgan qand lavlagi, go’sht, uzum, tamaki xom ashyosining salmoqli qismini etkazib beradi.
Frantsiya tashqi iqtisodiyotida tashqi savdo asosiy o’rin egallaydi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida katta mazmun kasb etadi. Frantsiya-Xalqaro savdo faoliyatining faol a’zosi. Qariyib beshdan bir qismlik milliy mahsulot eksportga chiqariladi. Frantsiya eksport salohiyati bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Juda kam miqdorda energetik va xomashyo bazasiga ega. Shu bois yokilg’i va ko’pgina xomashyoni chetdan keltiradi. Masalan, mamlakat ichkarisiga 40 foiz yokilg’i, 100 foiz qalay, 10 foiz xromli ruda, paxta xomashyosi va 100 foiz asal import qilinadi. Mamlakat ko’mir, koks, neft, temir rudasi, boksit, rangli metall, torf, yokoch importi bo’yicha dunyoda etakchi hisoblanadi.
Tashqi savdoda mamlakat zamonaviy texnologiyalar sotish bo’yicha etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Shuningdek, Frantsiya dunyoda qishloq xo’jalik mahsulotlari, kimyoviy tovarlar, yarimfabrikat mollar, metall va ulardan ishlangan buyumlar etkazib beruvchi va xarid qiluvchi yirik davlat bo’lib qolmoqda.
Ayni davrda tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotining asosiy kuchiga aylangan. U nafakat iqtisodni yuksaltirishda rol o’ynaydi, balki Frantsiyaning siyosiy maydondagi obrusini xalqaro miqyosda va Evropa hamjamiyatida ko’tarishga xizmat qiladi.
Frantsiyaning eksport va import operatsiyalarida asosiy savdo sherigi Evropa Ittifoqi davlatlari bo’lib qolmoqda. Bu ittiofoqda Frantsiyaning tashqi iqtisodiy aylanmasi beshdan uch qismga teng. Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Ispaniya, Lyuksemburg kabi davlatlarnikini solishtirganda, ularning tashqi savdodagi ulushlari uchdan bir qismga ega ekani yaqqol ko’rinadi.
AQSh – frantsiyaning yirik iqtisodiy hamkori. U shuningdek, kapital eksport va import qiluvchi ko’zga ko’ringan davlat hamdir. Chetga kapital qo’yish bobida u AQSh, Yaponiya, Shvetsariya va Niderlandiyadan keyin turadi. Investitsiya berishdan maqsadi birinchi navbatda mamlakatni har tomonlama taraqqiyotini kafolatlash.
Bu manfaat yo’lida frantsuz firmalari boshqa kapitalist mamlakatlardan farqli o’laroq o’z mablag’laridan investitsiyalar kiritishadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (IT va HM) yo’nalishi bo’yicha chetga bergan investitsiya salmog’i 13 foizga o’sdi.
Frantsiya o’zi uchun xorij investitsiyalarini ham kiritishdan manfaatdor. Bu mablag’lar asosan mamlakatning bank, moliya, xizmat ko’rsatish, sug’urtalash faoliyatlariga yo’naltirilmoqda. Kechagi bu sarmoyalar frantsuz iqtisodiyotida muhim rol o’ynash bilan birga yangi texnologiyalar, tajriba va ko’nikmalar olib keladi. Bu esa frantsuz firmalarining yanada rivojlanishi uchun asqotadi va savdo balansini yangicha muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlaydi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin