Jahon mamlakatlari iqtisodiy


-MAVZU: SHIMOLIY YEVROPA DAVLATLARI



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə24/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

4-MAVZU: SHIMOLIY YEVROPA DAVLATLARI
Reja:
Shimoliy Yevropa mamlakatlari tarkibi. Iqtisodiy geografik o’rni siyosiy geografik xolati. Tabiiy resurslari, aholisi. Milliy tarkibi. Demografik xolati. Urbanizatsiya darajasi. Xo’jalik tarmoqlari. Sanoati. Qishloq xo’jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqlari. Eksport va importi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Shimoliy Evropa, Skandinaviya davlatlari, Boltiq davlatlari.


Shimoliy Yevropa davlatlari. Bu subregion tarkibiga qit’aning Shi­moliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geografik guruhga bo‘linadi: Skandinaviya davlatlari-Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari-Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o‘rtasida tarixan shakllangan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi.
3-jadval. Shimoliy Yevropa davlatlari



Davlatlar

Maydoni, ming km2

Boshqaruv shakli

Poytaxti

1

Shvetsiya

450

Monarxiya

Stokgolm

2

Norvegiya

387

Monarxiya

Oslo

3

Finlyandiya

338

Respublika

Xelsinki

4

Islandiya

103

Respublika

Reykyavik

5

Daniya

43,0

Monarxiya

Kopengagen

6

Estoniya

45,1

Respublika

Tallin

7

Litva

65,3

Respublika

Vilnyus

8

Latviya

64,6

Respublika

Riga

Tabiiy sharoitining umumiy jihatlari asosan iqlimining ko‘proq mo‘tadil va dengiz xarakterga egaligida o‘z aksini topadi. Faqat Islandiya hamda Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyaning Shimoliy hududlariga subarktika va arktika iqlim tiplari xos. Norvegiya va Islandiyaga tog‘li relyef xos bo‘lsa, qolgan davlatlar yer yuzasi, asosan, tekisliklardan iborat.


Subregion davlatlaridan faqat Islandiya tektonik jihatdan faol mintaqada joylashgan bo‘lib, vulqon va geyzerlari bilan butun gitaning geotermal resurslaridan keng va oqilona foydalanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Norvegiya va Daniya Shimoliy dengiz tubidan tabiiy gaz va neftni qazib oladilar, ayniqsa, bu jihatdan Yevropadagi eng yirik gaz eksportyorlaridan biri hisoblangan Norvegiyaning salohiyati yuqori.
Estoniya-energetikasi yonuvchi slanesga asoslangan dunyodagi yagona mamlakatdir, bu davlatda elektroenergiyaning 90 foizidan ortig‘i yoqilg‘ining bu turidan foydalanadigan IESlar ishlab chiqaradi. Subregionning ko‘p davlatlarida gidroenergetika sohasi yaxshi rivojlangan, va bu borada Norvegiya va Islandiya kabi tog‘li mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Shvetsiyada yuqori sifatli temir rudalari, Estoniyada esa fosforit zaxiralari katta. Shuningdek, subregion davlatlari o'rmon resurslariga ham boy.
Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi demografik vaziyatning umumiy jihatlari tug‘ilish va o‘limning past ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Biroq Skandinaviya va Boltiq mamlakatlarida demografik holat bir xil emas. Litva, Latviya va Estoniyada, uzoq muddat mobaynida Skandinaviya davlatlariga xos bo‘lmagan aholining tabiiy kamayishi va migratsiyaning manfiy balansi kuzatilmoqda, ya’ni bu uch davlatning aholisi vaqt o‘tgan sari kamayib bormoqda. Shimoliy Yevropa, ayniqsa, Skandinaviya davlatlari uchun aholi zichligining birmuncha past ko‘rsatkichlari xos. Urbanizatsiya barcha davlatlarda 70 foizdan yuqori darajada, Islandiya, Norvegiya, Daniya va Shvetsiyada esa bu ko‘rsatkich 90 foizdan ham o‘tib ketadi. Shimoliy Yevropadagi eng yirik aglomeratsiyalar poytaxti shaharlari negizida vujudga kelgan.
Skandinaviya davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan dun­yodagi eng rivojlangan davlatlar safidan joy olgan. Turmush darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bu mamlakatlar ko‘plab xalqaro reytinglarda eng yuqori qatorlarini egallaydi. Boltiq davlatlari esa sobiq sotsia­listik tuzumidagi mamlakatlar sifatida o‘tish iqtisodiyotidagi davlat­lar hisoblanadi. Lekin bu blokdagi davlatlar ichida Litva, Latviya va, ayniqsa, Estoniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha peshqadamlikka erishib, ko‘p jihatlari bilan rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan.
Xalqaro mehnat taqsimotida Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rmon va tsellyuloza-qog‘oz sanoati, elektr energiyani ko‘p talab qiladigan rangli metallurgiya sanoati, lco‘p tarmoqli mashinasozlik (kemasozlilc, avtomobilsozlik, elektronika va elektrotexnika va boshqalar), baliqchilik, sut-go‘sht chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, dengiz transporti hamda turizm xizmatlarini ko‘rsatish bilan faol ishtirok etadilar. Shuningdek, Shimoliy Yevropa davlatlarida tarixiy-madaniy va ekologik tu­rizm ham yaxshi rivojlangan. Finlyandiyaga, ayniqsa, Rojdestvo bayrami (25-dekabr) arafasida millionlab turistlar tashrif buyuradilar, chunki bu davlatda Santa-Klaus (ya’ni, Qorbobo) ning “rasmiy qarorgohi” joy­lashgan. Latviya esa dengiz turizmi (Riga, Yurmala shaharlari) rivojla­nishi bilan alohida ajralib turadi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin