Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə46/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning ko’p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. AQSh da tashqi savdo mamlakat barcha xo’jaligining ichki bozor bilan birgalikda taksimlovchi tarmog’i bo’lib, uni tartibga solishni bitta mahkama-savdo vazirligi amalga oshiradi. AQSh savdo vazirligi bayonotiga ko’ra, «AQShning bosh savdo siyosati Amerika eksporti yo’lida turgan xorijiy to’siqlarni bartaraf etish, ayniqsa amerikaliklar xalqaro darajada raqobatbardoshlikka ega sohalarda».
AQSh savdo vazirligi reja-strategiyasi jahon iqtisodiyotida AQSh tovarlarini raqobatbardoshligini ta’minlovchi tashqi savdo siyosati vazifalarini hal etishga, mamlakat iqtisodiy infratuzilmasini mustahkamlash (zavodlar, fermer xo’jaliklari, xususiy firmalar va h.k.) va milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatchilardan himoya qilishga qaratilgan.
AQSh tashqi savdo siyosati strategiyasi yo’nalishlari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
-eksportni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, xorijiy kontraktlar uchun kurashda milliy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilish;
-kompensatsion poshlinalar va antidemping qonunlarni faol qo’llash;
-tashqi bozorda AQSh kompaniyalari manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
-eksport nazorati rejimi samaradorligini oshirish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda AQSh iqtisodiyotida eksport roli o’sayapti. Uning yillik hajmi 1 trln. dollarga yaqinlashayapti. Bu mamlakat iqtisodiy o’sishini 30 % ga ko’payishini ta’minlaydi. Korxonalarda yuqori ish haqi bilan 12 mln. ishchi o’rni yaratadi. Eksportni 15 % (mamlakatda o’rtachadan yuqori) ga oshiradi.
AQShda eksportga hamkorlik qiluvchi 100 dan ortiq markaz tuzilgan. Bu markazlar tarmog’i jahonning 70 mamlakatida 130 tijorat xizmat vakolatxonalari bilan bog’langan. Ularga Amerika eksportining 95 % dan ziyotrog’i to’g’ri keladi.
Eksport AQSh ichki milliy mahsulotiga nisbatan taxminan 6,7-7,2 % ni, import-7% dan ko’proqni tashkil etadi. AQSh tashqi savdo xususiyatlari shuki, 1998 yildan tovar eksport hajmi qiymatlarda pasaya boshladi. Buning asosiy sabablari shuki, AQSh iqtisodi ko’tarildi. Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida moliyaviy beqarorlikda neft mojoralari tufayli talab kamaydi.
AQSh da qishloq xo’jaligi eksportining kamayishi kuzatilayapti. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar ikkita muammo bilan to’qnash keldilar: ichki bozorda qayta ishlab chiqarish va jahon bozorida talabning qisqarishi. AQSh agrosanoat majuasi sezilarli darajada tashqi bozorga qaratilgan: u etishtirilgan har 3 tonna g’allaning 2 tonnasini eksport qiladi. Bularning bari AQSh savdo balansida to’qchilikning o’sishiga olib keldi.
Keyingi vaqtda import masalasida ham muammo o’tkirlashayapti. Ya’ni u ichki bozorda tobora ko’proq yangi-yangi o’rinlarni egallab olayapti. AQSh bozorlarida sotilayotgan poyafzallarning 68 %, kiyim kechakning 53 %, po’latning 23 %, neft va neft mahsulotlarining 50 % xorijlik etkazib beruvchilar hisasiga to’g’ri kelayapti.
Savdo balansidagi passiv saldoni mamlakatning xalqaro raqobatdagi o’rni pasayapti, deb tushunmaslik kerak. AQSh haqli ravishda jahon iqtisodiyotining lokomotivi rolini bajarayapti.
AQSh ga jahon zayom mablag’larining yarmiga yaqini to’g’ri keladi. Xorijda to’g’ridan-to’g’ri Amerika investitsiyalari jamg’armalari jahonning 1G’4 qismini hosil qiladi.
AQSh ga keltirilayotgan kapital hajmi yiliga 193 mlrd. dollardan oshadi. Bu iqtisodiyotni yuksak darajada baynalminallashgan va mamlakatni iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotganligining muhim omillari ekanligidan guvohlik beradi.
AQSh uchun integratsion jarayonlarda faol ishtirok etish xarakterli. Boshqa davlatlar bilan AQSh iqtisodiy aloqalari juda keng va xilma-xil. Amerika-Evropa aloqallarini mustahkamlashda EI mamlakatlari muhim rol o’ynaydi. Bu birgalikdagi xo’jalik harakatlari juda faol bo’lsada, EI mamlakatlari Amerika bozori Kanada yoki Yaponiyaga nisbatan amalda kam darajada bog’liq. EI tovar bozori AQSh iqtisodiyoti uchun aksincha Yaponiya va Kanada bozoriga qaraganda muhim rol o’ynaydi. Importi umumiy hajmining 26 % dan oshmaydi.
Hozirgi vaqtda jahonda tez rivojlanayotgan mintaqa Osiyo-Tinch okeanidir. Mintaqa mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga faol jalb etilgan. Ular ulushiga Amerika eksporti 22 % ga to’g’ri keladi. Mintaqa mamlakatlari kapital qo’yish ob’ekti va ortiqcha mollarni bozorga chiqarish ulkan imkoniyati, AQSh xo’jalik jarayonlarini baynallashtirishga qaratilgan roli o’sishi jihatdan ham muhimdir. Bu erda AQSh ning bosh okean orti hamkori Yaponiya joylashgan. U AQSh ning butunjahon xo’jaligi strategik etakchilik o’rniga «da’vo» qilmokda.
1989 yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) konferentsiyasi tuzildi. Unga AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zellandiya, ASEAN mamlakatlari, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar kiradi. ATES faoliyat sohasiga tinch okeani tabiiy resurslarini muhofaza qilish va iqtisodiy munosabatlardan tortib madaniy aloqallargacha bo’lgan keng masalalar kiradi. ATES savdo va investitsiyalarni kengaytirishda ishtirok etadi. Butunjahon savdo tashkiloti kuchi bilan xalqaro savdoni liberalizatsiya qilishda hamkorlik ko’rsatadi.
AQSh tashqi savdosida Kanada va Meksika kabi qo’shni mamlakatlarning ahamiyati katta bo’lsa,shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasining 40 foizi bosh savdo sheriklari bo’lgan «Uchlik» mamlakatlar Kanada Meksika va Yaponiyaga to’g’ri keladi. Shuningdek mamlakat Evropa mamlakatlari va janubiy-sharqiy Osiyoning yangi sanoatlashgan (Janubiy Koreya, Singapur, Gang Kong, Tayvan) mamlakatlari va Xitoy bilan faol tashqi savdo olib boradi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin