Qishloq xo’jaligi.Ziroatchilik-qishloq xo’jaligining muhim tarmog’idir. Mamlakatda haydaladigan erlar 23 mln gektarni, yaylovzorlar esa 74 mln gektarni egallaydi. 6 mln gektar ekin maydonlarida sun’iy sug’orish olib boriladi. Meksikada don va dukkakli ekinlardan makkajo’xori, jo’xori, fasol, bug’doy va sholi etishtiriladi. Paxta ekini mamlakatning shimolida ekiladi. Shuningdek shakarqamish, murch, pamidor, kofe, tropik sitrus mevalar, mango, papayya, ananas, avakado, bananlar etishtiriladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligining o’ziga xos ekin turi xeneken (o’zun to’g’ri poyali och yashil kaktuslar) hisoblanadi. Undan qoplar, kanat iplari, arqon ishlab chiqarishda ishlatiladigan tola ishlab chiqariladi.
Chorvachilik-nisbatan kam rivojlangan (ekstensiv yaylov chorvachiligi). Mamlakatda baliqchilik va dengiz mahsulotlarini eksport qilish muhim ahamiyatga ega. Mamlakat Lotin Amerikasida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ilmiy- tadqiqot uchun sarflanadigan harajatlar bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Meksika rivojlanayotgan mamlakatlar dunyosida «yashil inqilob»ning vatani hamdir.
Transporti. Mamlakatda avtomobil yo’llari o’zunligi 210 ming km bo’lib 46% qattiq qoplamali yo’llardir. Avtomobil yo’llarning asosiy qismi mamlakatning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. Meksika temir yo’llarning umumiy o’zunligi bo’yicha Lotin Amerikasida 3-o’rinni egallaydi. Temir yo’llarning umumiy o’zunligi 26 ming kmni tashkil etadi.
Mamlakat suv transporti umumiy yuk tonnasi bo’yicha Lotin Amerikasida 3-o’rinni egallaydi. Dengiz portlari soni 30 ga yaqin bo’lib, ular Atlantika va Tinch okean qirg’oqlarida joylashgan. Meksikada birinchi havo yo’li 1921 yilda ochilgan. Mamlakat havo yo’li Markaziy Amerika, Karib havzasi va Janubiy Amerika mamlakatlarini AQSh bilan bog’lovchi havo yo’llari o’tgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Mamlakat tashqi savdosida AQSh bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. Ayniqsa Meksikaning AQSh va Kanada bilan erkin savdo zonasi to’g’risidagi bitimi (NAFTA)ning imzolanishi natijasida mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. Shuningdek so’nggi yillarda Meksikaning Evropa Hamkorligi (YEH) va Yaponiya bilan iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda.
Masalan, Braziliya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi quyidagicha. Braziliya - Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.). Davlat tu- zumi - Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana 3 ta federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli va qora metallaming boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko‘p. Ammo u yoqilg‘i resurslarining bironta xiliga boy emas.
Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2G’3 qismi nam ekvatorial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir. Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quwatlarini yashirib yotadi.
Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan foydali yer maydoni ko‘rsatkichiga ko‘ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bulaming hammasi Braziliyaning o‘ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2 % ga o‘syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida kelib chiqishi bo‘yicha yevropaliklar salmog‘i, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami aholining 2G’3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o‘rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko‘proq tarqalgan.
Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o‘rtacha zichligi har 1 km2 maydonga salkam 24 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, uning 90% i jami hududining 2G’5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi jami hududining 7% ini tashkil qiladigan torgina okeanbo‘yi hududlarida yashaydi.
Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko‘proq maydonini tashkil qiladigan g‘arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5 % igina yashaydi.
Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi - aholisining 86,9 % shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo‘lib, San-Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o‘rin oladi.