Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari Reja


Evropa modeli: О‘qituvchilar malakasini oshirish



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə4/6
tarix03.03.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#86410
1   2   3   4   5   6
Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari

Evropa modeli: О‘qituvchilar malakasini oshirish
Evropa davlatlarida buni tashkil qilishning aniq kо‘rinishini tasvirlash bir necha sabablarga kо‘ra qiyin kechadi:
— Ta’lim darajasidagi farqlar.
— Muqarrar va qо‘shimcha ta’lim.
— Mashg‘ulot turi — davomiylik va predmetlar bо‘yicha.
Malaka oshirish asosan rivojlanishning ikki bosqichida kechadi (Avstriya, Belgiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shvetsiya). Dastavval u norasmiy va kо‘ngilli ravishda, shundan sо‘ng ikkinchi bosqichda aniq tizimli, muqarrar ravishda bо‘ladi. Odatda ta’lim barcha darajadagi maktablarda bir vaqtda olib boriladi (Avstriya, Germaniya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya). Bungacha dastlabki shu sin- gari amaliyot boshlang‘ich maktablarga yuklatilgan edi (Fransiya va Lyuksemburgda), Irlandiyada esa istisno tariqasida norasmiy mashg‘ulot dastavval о‘rta maktabga kiritilgan.
О‘qituvchilar tayyorlanishi agentligi Angliya va Uelsda malaka oshirishning doimiy standartlarini ishlab chiqdi. Standartlarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
— о‘qituvchilarga kasbiy faoliyatning har xil kо‘rinishlarida yordam berish: takomillashuvning samarali rejasini tuzish va tekshirib borish, о‘z-о‘zini takomillashtirishga tayyorgarlik, faoliyat va bu yо‘lda aniq maqsadni qо‘ya olish;
— о‘z-о‘zini takomillashtirishda о‘quvchilarning ma’lum yutuqlarga erishishi uchun maqsadni yо‘naltira bilishni doimiy ta’minlash va ta’lim sifati;
— о‘qituvchi mehnatining asosini professional jihatdan anglashni ta’minlash;
— uzluksiz kasbiy kamolotni rejalashtirish va о‘qituvchilarning bо‘sh vaqtlarini samarali о‘tkazish hamda ularning о‘quvchilariga eng yuqori foyda keltiruvchi yuksak malakaviy mashqlarni taqdim qilishga kо‘maklashish.
Shotlandiyada о‘qituvchilar malaka oshirishga bо‘lgan о‘z ehtiyojlari bilan baholanadilar. Shundan sо‘ng ular bu ehtiyojlarni tajribali xodimlar bilan muhokama qiladilar. О‘rta maktabda katta о‘qituvchining vazifasiga kadrlar tayyorlash masalalari bilan ishlash kiradi. Muhokama milliy ta’limni boshqarishda, maktabda va individual rivojlanishda eng muhim ehtiyojlar doirasida о‘tadi. Xodim ehtiyoji, xoh, о‘qituvchilik, xoh, undan tashqari ishda bо‘lsin, maktabni rivojlantirish rejasining eng muhim va ajralmas qismi bо‘lib qoladi, Bu ehtiyojlarning bir qanchasi mahalliy darajada, boshqasi ta’limni boshqarish darajasida, о‘qituvchilar malakasini oshirish instituti yoki ekspertlar yordamida qondirilishi mumkin.
Gretsiyada о‘qituvchilar joylarda har 5-6 yilda uch oylik о‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini о‘tashlari kerak. Bundan maqsad о‘qituvchilarni turli tartibdagi ta’lim sohasining eng sо‘nggi yangilik va yutuqlari, о‘quv dasturlari, о‘qitish usullari bilan tanishtirib borishdir.
Tadqiqotlar maktab faoliyatining samaradorligi, ta’lim muassasasining rahbarlik qobiliyatiga shubxasiz bog‘liq ekanligini kо‘rsatadi. Yaqindan beri Shotlandiyada "Direktorlarni menejment bо‘yicha tayyorlash" kurslari faoliyat yuritmoqda. Ular joylarda mashqlar orqali va turli masalalar yuzasidan materiallar e’lon qilish vositasida ta’limning yuksak standartlarini ushlab turishga imkon beradi.
Shotlandiya ofisi Shotlandiya direktorlari standartini tayyorladi. U ushbu lavozim sohibiga xos bо‘luvchi chuqur bilimlilikning asosiy о‘lchamlarini belgilab beradi.
О‘qituvchilar bilan davomli hamkorlik va о‘zaro maslahatlashuvlar jarayonida ishlab chiqilgan standart Shotlandiya rahbarlari malakasi (SHRM) ning asosi hisoblanadi. SHRMni egallashga olib boruvchi о‘qituvchilar malakasini oshirishning bu yangi kо‘rinishi ayni damda qayta ishlanish bosqichida.

Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin