III. Ta'lim berish natijalari Mintaqaviy iqtisodiyot kursini o‘zlashtirish natijasida talaba quyidagi ta'lim natijalarini namoyish etadi:
- Dunyo mintaqalaridagi mamlakatlarning geografik joylashuvi va xalqaro savdoda faol ishtirokchi sifatida dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatlari;
- Mamlakatlarning rivojlanish tarixi;
- Mamlakatlarni rivojlanishiga ko‘ra tavsiflash;
- Mamlakatlar iqtisodiy sektorlari haqida batafsil ma'lumot olish;
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish va tahlil qilish;
- Mamlakatlarning soliq tizimi va bojxona bojlarini;
- Tashqi savdo munosabatlari;
- Energetika tizimi;
- Mamlakatlarning Jahon banki bilan aloqalari;
- Doing Business yuritish imkoniyatlari;
- Turizm imkoniyatlari;
- Mamlakatlarning O‘zbekiston bilan ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlari;
- Mamlakatlarning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni;
- Mamlakatlarning yirik kompaniyalari tavsifi;
- Mamlakatlarning xalqaro tashkilotlar bilan keng aloqalari;
- Turli ijtimoiy-iqtsodiy indekslar;
- Mamlakatlarning mintaqalarda ixtisoslashuvi va resurslarning turlicha joyashganligini o‘rganish;
- Mamlakatlarning o‘ziga xos rivojlanish modellari;
- Mamlakatlarning ilm-fan yutuqlari;
- Mamlakatlarning hozirgi kun ijtimoiy-iqtisodiy muamolari tavsifi va ularni yechimlariga oid ilmiy takliflar;
- Xorijiy investisiyalar va innovasiyalar;
- Aynan mamlakatimiz uchun tadbiq qilish mumkin bo‘lgan tarmoq va sohalarni aniqlash va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
IV. Ta'lim berish usullari
Kurs o‘quv jarayonida mintaqa mamlakatlar iqtisodiyoti sohasidagi bilimlarni olishda quyidagi turli xil o‘qitish usullari va texnologiyalaridan foydalanishni oldindan belgilab beradi:
• ma'ruza va seminar mashg‘ulotlari;
• munozaralar;
• konseptual asoslarni izohlash va har bir mamlakat rivojlanish modelini faol muhokama qilish;
• muammoli-yo‘naltirilgan guruh ishi;
• natijalarni taqdim etish va muhokama qilish bilan loyihaviy guruh topshiriqlari;
• xalqaro ilmiy platformalardan maqolalarni izlab mavzuga mos tarzda izohlash;
• alohida og‘zaki savol-javob tarzda vazifalarni bajarish;
• jahon xaritasi orqali mamlakatlarni batafsil yortib berish;
• mustaqil topshiriqlarni bajarish;
• Goole formsda ijtimoiy so‘rovnomalar shakllantirib kichik doirada tadqiqot olib borish;
• natijalarni Excelda tahlil qilish.