Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarshi siysati



Yüklə 483,75 Kb.
səhifə8/14
tarix20.05.2022
ölçüsü483,75 Kb.
#58811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-tema.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarsh

2007




2008




2009




2010







2011














































































































































































2.1.2-rasm.Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasi.

Avval moliyaviy sohada boshlanib, keyinchalik iqtisodiy sohaga o’tgan inqiroz, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, pirovardida ijtimoiy sohaga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi, xususan, ishsizlik darajasining keskin oshib ketishiga olib keldi (1.1.2-rasm).


Rasmdan ko’rinadiki, inqirozdan oldin aksariyat rivojlangan mamlakatlarda 4-5 foiz atrofida bo’lgan ishsizlik darajasi 2009-2010 yillarda keskin ravishda oshib, 10 foizga yetdi. Bu boradagi muhim chora-tadbirlar natijasida 2011 yilda ishsizlikni ma’lum darajada pasaytirishga erishilganiga qaramay, AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada bu ko’rsatkich hamon yuqori darajada qolmoqda.


Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, dunyodagi mehnatga layoqatli aholining har uchinchisi yo ishsiz, yoki qashshoqlikda hayot


kechirmoqda. Bu holatdan chiqish uchun 600 millionta. ish o’rni yaratishga qaratilgan global xatti-harakatlar yordam berishi mumkin.

“Hukumatlarning qattiq sa’y-harakatlariga qaramasdan ish o’rinlari bilan bog’liq inqiroz pasaymayapti. Dunyodagi har uchta ishlovchidan bittasi, bizning hisob-kitoblarimizga ko’ra bu 1,1 milliard. kishi – yo ishsiz, yoki qashshoqlikda yashamoqda, – deb ta’kidladi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Xuan Somaviya. – Real iqtisodiyotda ish o’rinlarini yaratish asosiy ustuvor yo’nalishga aylanishi lozim”.


“Agar o’tgan yil bilan taqqoslanadigan bo’lsa, prognoz yanada umidsiz tus oladi. Biz ishsizlikning ma’lum darajada pasayishini kutgan edik. Biroq, 2012 yilda bunday holat ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishning pasayishi sharoitida ishsizlikning yanada o’sishi kuzatiladi”, – deb izohlaydi XMT bayonoti mualliflaridan biri Ekkexard Ernst.


XMT prognozlariga ko’ra, 2012 yilda jahondagi ishsizlar soni 3 million kishiga ko’payadi. Agar jahon iqtisodiyotining o’sish sur’atlari 2 foizdan past bo’lsa, u holda mazkur raqam 4 million kishiga qadar yetishi mumkin. Aksincha, agar yevrohudud mamlakatlari qarz inqirozidan tezlik bilan chiqa olsa, bu raqam 1 million kishiga pasayishi mumkin.


O’ziga munosib ish topa olmagan yoshlar soni jahon bo’yicha 2011 yilda 74,8 million kishini tashkil etgan. Bu bir yil oldingi 77,6 million kishiga nisbatan oz, biroq, inqirozdan oldingi holatga nisbatan 4 million ko’pdir. Aholining mazkur yosh guruhi (15-24 yosh) orasidagi ishsizlik darajasi umumiy ishsizlik ko’rsatkichidan 3 barobar ortiq bo’lib, 12,7 foizni tashkil etmoqda.


XMTning ma’lumotlariga ko’ra, hozir dunyoda 200 million kishi ishsiz bo’lib, yaqin o’n yil davomida har yili 40 millionta qo’shimcha ishchi o’rni yaratish zarur bo’ladi4.


Prezidentimizning ma’ruzasida ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar





  1. Спелова П. Очередь безработных не сокращается. - http://www.vz.ru/economy.

saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi davlat byudjeti xarajatlarining daromadlarga nisbatan ortib ketishi, ya’ni byudjet taqchilligiga olib keladi. Byudjet taqchilligining vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo’ladi:





  • ishlab chiqarishning pasayib ketishi;




  • xarajatlarning haddan tashqari o’sib ketishi;




  • tovarlar bilan ta’minlanmagan pul emissiyasi;




  • harbiy sanoat majmuasini moliyalashtirish bo’yicha sarf-xarajatlarning

o’sishi;




  • pinhona iqtisodiyot, unumsiz xarajatlar, yo’qotishlar hajmining o’sib borishi

va boshqalar.


Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umummilliy ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investisiyalar hajmini saqlab qolishga majbur bo’ladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida byudjet taqchilligining kuchayish holati ayniqsa 2010 yilda Irlandiya (32 foiz), Gresiya (15,4 foiz), Buyuk Britaniya (11,1 foiz) singari mamlakatlarda keskin namoyon bo’lgan bo’lsa, bu kabi holatlar 2011 yil davomida ham kuzatildi (2.1.3-rasm).


Byudjet taqchilligining kuchayishi muqarrar ravishda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Ya’ni, byudjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanib, u ichki va tashqi qarzlardan iborat bo’ladi. Ichki qarz davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, byudjetdan tashqari turli fondlar (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi) olingan qarzlardan iborat bo’lsa, tashqi qarz xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz hisoblanadi.


Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar tashqi qarz bo’yicha to’lovlar mamlakatning tovar va xizmatlar eksportidan keladigan tushumning sezilarli qismi, masalan, 20-25 foizidan oshib ketsa, bu holat davlatning kredit bo’yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada chetdan yangi qarz mablag’larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko’ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradi.



Франция



















5,5























































АҚШ

























8,7














































Испания

























8,0














































Греция

























9,6





















































































0

2

4

6

8

10

12



2.1.3-rasm. Ayrim mamlakatlarda 2011 yil yakunida davlat byudjeti taqchilligi darajasi.
Bunday chora-tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to’lab borish; kreditorlarning qarz to’lov muddatlarini o’zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobidan to’lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.

Hozirgi vaqtda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida, aksariyat mamlakatlarning tashqi qarzi haddan tashqari oshib ketayotganligini kuzatish mumkin (2.1.1-jadval).


Jadvaldan ko’rinadiki, tashqi qarz darajasining Irlandiyada 1307,6 foiz, Buyuk Britaniyada 416 foiz, Fransiyada 188 foiz va boshqa ko’plab mamlakatlarda yillik YaIM hajmidan sezilarli darajada yuqori bo’lishi mazkur mamlakatlarning moliya sohasida jiddiy muammolar mavjudligini anglatadi.




















21.1-jadval





Yüklə 483,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin