Boshqa oziq-ovqat ekinlari.
Aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun donli ekinlardan tashqari,moyli,ildizmevali,qandli,kishiga quvvat beruvchi,sabzavot mevali o`simliklardan ham keng foydalaniladi.
Moyli ekinlar dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari orasida donli ekinlardan keyin 2-o`rinda turadi.Iste`mol qilinadigan jami moyning 2/3 qismi o`simliklardan olinadi.Moy olinadigan asosiy o`simliklar: soya,eryong`oq,zaytun,kokos palmasi yoki moyli palьma,kungaboqar,moyli zig`ir doni,maxsar.
Soya (2006 yil 165 mln tonna) asosan AQSH,Xitoyda ekiladi va yog`i ishlab chiqariladi.Dunyo bo`yicha ishlab chiqarilayotgan soya moyining 67%i AQSHga,24%i Xitoyga to`g`ri keladi.Soya (dukkakdoshlar oilasi)ning asosiy eksportchisi AQSH.Importchilari: G`arbiy Yevropa va Yaponiya.
Yeryong`oq dukkakdoshlar oilasiga mansub madaniy o`simlik bo`lib,asosan Horijiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida ekiladi.Yeryong`oq (araxis) moyi ishlab chiqarishda 1-o`rinda:
1.Hindiston (dunyo bo`yicha 36%)
2.Xitoy (14%)
3.Senegal (6%)
Asosiy eksportchilar: Afrika mamlakatlari.
Importchilar: Horijiy Yevropa.
Kungaboqar (murakkabguldoshlar oilasi) asosan shimoliy mo``tadil kengliklarda o`stiriladi.Kungaboqar moyi ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari (dunyo bo`yicha 62%), Rossiya,Ukraina,Moldaviya yetakchi.
Zig`ir (len) (boshoqdoshlar oilasi) asosan Xitoy, Fransiya, Belorus, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda ekiladi.
Zaytun daraxti O`rta Yer dengizi bo`yi mamlakatlarida o`stiriladi.Zaytun moyi ishlab chiqaruvchi asosiy mamlkatlar: Italiya,Ispaniya,Gresiya.Zaytun moyi ko`proq konditer sanoatida ishlatilinadi.Parfyumeriya,farmasevtikada ham foydalaniladi.
Kokos palmasi (moyli palma) asosan Afrika mamlakatlarida va Malayya arxipelagida o`stiriladi.
Maxsar asosan Evrosiyoda (Xitoy,Hindiston,Bangladesh) va Horijiy Evropada o`stiriladi.
Ildizmevali o`simliklarga kartoshka, qandlavlagi, sholg`om, turp, sabzi, rediska, piyoz kabilar kiradi.
Kartoshka (tomatdoshlar oilasi) vatani And tog`lari markazi (Peru). Lekin hozirgi kunda shimoliy mo``tadil mintaqaning asosiy ekini bo`lib qolgan.2-non hisoblanadi,chunki kraxmalga boy.
Kartoshka yalpi hosili bo`yicha etakchi davlatlar (2007 y):
1. Xitoy (55 mln tonna)
2.Rossiya (31 mln tonna)
3.Hindiston
4. AQSH
5.Polsha
Dunyoda yiliga 320 mln.t. kartoshka yetishtiriladi (2006y).
Qand lavlagi (sax. svekla) mo``tadil mintaqa ekini.Qand lavlagi yiliga 300mln.t. (2007 yil 274 mln tonna) yetishtiriladi. Qand lavlagi yetishtirishda yetakchi davlatlar: Ukraina,Rossiya,AQSH,Fransiya,Germaniya,Polsha.
Jahonda yiliga 100 mln.t. qand-shakar ishlab chiqariladi,shuni 40%i qand lavlagiga,60%ga yaqini shakarqamishga to`g`ri keladi.Shakarqamish asosan tropik va subtropik mintaqa ekini.Vatani Hindiston.Dunyo bo`yicha yiliga 850 mln.t.(2007 y) shakarqamish etishtiriladi.Shakarqamish shakari ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlar: Braziliya,Hindiston,Kuba,Xitoy,Meksika.
Asosiy eksportchilar: Braziliya,Kuba,Avstraliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa,Yaponiya.
Quvvat beruvchi o`simliklarga choy,kofe,kakao va ziravorlar kiradi.Bularning hammasi tropik va subtropik mintaqalar ekinidir.
Choy vatani Xitoy.Yevropaga XVII asrda kirib kelgan.Jahonda ishlab chiqariladigan choyning asosiy qismini Hindiston (31%), Hitoy (21%), Shri-Lanka (13%) beradi.
Asosiy eksportchilar ham shular,importchilar: Horijiy Yevropa.
Kofe (qahva) vatani Habashiston.Biroq kofe yalpi hosilining 2/3 qismini Lotin Amerikasi mamlakatlari: (Braziliya (jahon yalpi hosilining 30%ini), Kolumbiya (12%), meksika (6%)) va Gvineya ko`rfazi bo`yi mamlakatlari,ayniqsa,Fil Suyagi qirg`og`i(4%) beradi.Kofening asosiy eksportchilari ham mazkur mamlakatlar bo`lib,asosiy importchilari: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakao vatani Amerika hisoblansa-da,asosan Gvineya qo`ltig`i bo`yi mamlakatlarida etigtiriladi.Kakao yalpi hosilining 37%ini Gana,17%ini Braziliya, Nigeriya 14%,Kamerun 8%,Fil Suyagi qirg`og`i beradi.
Asosiy eksportchilar: Gvineya qo`ltig`i bo`yi mamlakatlari,Braziliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakaodan shokolad tayyorlanadi.
Ziravorlar(zira,dolchin,alqor,kashnich,sedana,murch,rayxon,zirk,qalampir,arpabodiyon,gorchisa asosan Hindistonda ekiladi.
Tamaki Shimoliy Amerika va Evrosiyoda ko`p etishtiriladi.Tamaki ishlab chiqarishda AQSH (25%), Xitoy,Hindiston,Braziliya,Yaponiya, MDH yetakchi o`rinda. Tamakini dastlab XVI – asrda YAngi Dunyodagi Tabago orolidan fransuz botanigi Nikot ismli shaxs Yevropaga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |