Talabalarning ma’ruza, seminar mashg’ulotlariga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etaladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy nazoratda o’z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN, ON va YaN lar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil uchun fan bo’yicha jami 38 soat ajratilgan.
Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mustaqil ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash – 28 soat.
Amaliy mashg’ulotlarda nazariy bilimlar mavzuga oid savol va topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlanadi. Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanini chuqur o’zlashtirish uchun talaba fanning har bir bo’limini mustaqil o’rganishi va berilgan topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlashi zarur.
Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars materialini tayyorlab kelishi va o’qituvchining og’zaki suhbatidan o’tishi zarur. Qoldirilgan ON va YaN lar belgilangan tartib bo’yicha topshiriladi.
Mustaqil ta’limning mazmuni va hajmi (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ishlar )
Insoniyat sivilizatsiyasining tug’ilishi va uning ilk vatani
Neolit sivilizatsiyasi
Eneolit – sivilizatsiyaga o’tish davri
Miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Shumer sivilizatsiyasi