2.2.11. Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. (2 soat)
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining shakllanish omillari. Markaziy Osiyoda davlatchilikning vujudga kelishi va uning taraqqiyoti. Qadimgi Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati. Islomning kirib kelishi va uning Markaziy osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi ahamiyati. Markaziy Osiyoning uyg’onish davri. Temur va Temuriylar davri sivilizatsiyasi.
[A1, A3, A4, A7, A12, Q2, Q4, Q7, Q14, Q18].
2.2.12. Qadimgi Yunoniston sivilizatsiyasi. (2 soat)
Yunon sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlari. Yunon polislarining vujudga kelishi va xususiyatlari. Polisning iqtisodiy hayoti. Polislarning ijtimoiy munosabatlari va siyosiy tuzumi. Yunon din va mifologiyasi. Antik madaniyat va uning ahamiyati. Yunon falsafa maktablari va ularning vakillari.
[A1, A3, A5, A9, A11, A12, Q7, Q10, Q12].
2.2.13. Rim sivilizatsiyasi manbalari. (2 soat)
Appenin yarim orolida sivilizatsiya rivojining omillari. Rim fuqarolik jamiyatining o’ziga xos xususiyatlari. Rim saltanatining gullab yashnashi, zaiflashuvi va qulashi. Sotsial va iqtisodiy taraqqiyot. Rim huquqi. Rim dini va mifologiyasi. Rim madaniyati.
[A1, A2, A3, A4, A5, A8, A10, A11, A12, Q4, Q7, Q11].
2.2.14. G’arb sivilizatsiyasi. (2 soat)
O’rta asrlar Yevropa sivilizatsiyasining rivojlanishi omillari. Ijtimoiy tuzilma va davlatchilik. O’rta asr shaharlari. O’rta asrlarda inson va uning ma’naviy dunyosi. Salib yurishlari. Italiya Uyg’onishi: dunyo va insonning yangi obrazi. Yevropa yangi sivilizatsiya yo’lida: geografik kashfiyotlar, reformatsiya, absolyutizm, parlamentarizm, ma’rifatparvarlik. Industrial sivilizatsiyaning o’ziga xos xususiyatlari. Industrial sivilizatsiya davrida inson va uning ma’naviy madaniyati. Jahon urushlari XX asr sivilizatsiyasining inqirozi sifatida. Postindustrial sivilizatsiya davrida insonlarning ma’naviy dunyosi va ma’naviy izlanishlari.
[A1, A2, A4, A5, A12,Q6, Q7, Q16, Q17].
Dostları ilə paylaş: |