Nazorat savollari: Hind sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan hissasiga baho bering.
Hind madaniyatining rang-barangligi sabablarini izohlang.
Hind falsafiy maktablari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi hind adabiyoti haqida nimalar bilasiz?
12-mavzu: Yapon sivilizatsiyasi Reja: 1. Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi. 2. Yaponiya madaniyati va uning o’ziga xosligi.
Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: Protoаynlаr, protoyaponlаr, “Yayoy” dаvri, Yamаto dаvlаti, “qo’rg’onlаr dаvri”, аjdodlаrgа sig’inish, sintoizm, Buddа tа’limoti, Nаrа, Xeyyаn, “Tаyxoryo”, “Kodziki”, “Nixon syoki”, sаmurаylik, Yapon sivilizatsiyasining аjrаlgаn (yakkа)lik xususiyati, Meydzi dаvri vа zаmonаviylаshtirish muаmmosi.
Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Yapon orollari ( to’rtta asosiy – Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu va Sikoku) qit’adan katta suv maydoni bilan ajralib turadi. Tog’li vulqon orollarida joylashgan Yaponiya hududining 1/5 qismigina dehqonchilik uchun tog’ri keladi. Yaponlar bir xil millatli xalq bo’lib, bu xususiyat Yaponiya tarixining hamma davrlarida katta rol o’ynab kelgan. Chunki ko’p sonli kelgindilarni assimilatsiyalash yoki boshqa madaniyatlarga majburiy yon berish zaruriyati bo’lmagan1.
Yaponiya orollarida mezolit va neolit davrida (m.a. VIII-I ming yilliklar) Dzyomon madaniyati tarqalgan. Bu davrda Yaponiyada yashagan ilk xalqlar protoayn xalqlari, shuningdek kelib chiqishi bo’lgan malayya-polineziyalik qabilalar bo’lgan deb taxmin qilinadi. M.a. I ming yillikning o’rtalarida Koreyaning janubiy qismidan protoyapon qabilalarining kirib kelishi kuchaygan. Xitoy tilidagi yodgorliklarda protoyaponlar «Va odamlari» deb tilga olinadi. Ular Yaponiya janubidagi xalqlarni assimilyatsilashtirishga muvaffaq bo’lgan. Yaponlar dunyoqarashining yetakchi belgilardan biri bo’lgan boshqa xalqlar bilan aloqalar tufayli kirib kelgan ko’nikma va bilimlarni o’zlashtirish qobiliyati juda erta shakllangan. Buni aynan shu assimilyatsilashish jarayonidan so’ng, m.a. IV-III asrlar chegarasida sug’orma sholichilik va metallga ishlov berish yuzaga kelishida ham ko’rish mumkin.
M .a. III asrdan milodiy III asrgacha bo’lgan olti asrlik davr yapon tarixshunosligida “Yayoy” (ushbu madaniyatning birinchi yodgorligi topilgan Tokiodagi kvartal nomidan olingan ) davri deb ataladi. Yayoy madaniyati sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan barqaror jamoalarning yaratilishi bilan xarakterlanadi. Temir va bronza Yaponiyaga deyarli bir vaqtda kirib kelgan.
Davlatchilik Yaponiyada milodiy III-IV asrlarda yuzaga kelgan. Bu davrda Janubiy Kyusyu qabilalari ittifoqining markaziy Yaponiyaga bosqinchilik yurishlari sodir bo’ladi. Natijada markaziy Xonsyuda Yamato davlati shakllana boshlaydi.