Nazorat savollari: Islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterli belgilari va o’ziga xos xususiyatiga baho bering.
Islom sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil qiling.
Islom jamiyati va ijtimoiy-diniy harakatlar haqida ma’lumot bering.
Arab-musulmon san’atining asosiy xarakterli belgilariga baho bering.
Hozirgi davrda islom va uning mohiyatini tahlil qiling.
14-mavzu: Qadimgi Yunoniston sivilizatsiyasi Reja: 1. Yunon sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2. Qadimgi yunon madaniyati
Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: Krit-miken mаdаniyati, аxeylаr, doriylаr, Buyuk yunon mustаmlаkаchiligi, klаssik dаvr, ellinizm, polis, polislardagi jamiyat, Аfinа, Spаrtа, polis inqirozi, din va miflаr, fаlsаfа.
Yunon sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlari Yevropada ilk bor yuzaga kelgan Yunon sivilizatsiyasi tarixi uch bosqichga bo’linadi: birinchisi - bu m.a. II ming yillikda Krit va Mikenada ilk sinfiy jamiyatlar va davlat birlashmalarining paydo bo’lishi va halokati.
Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken sivilizatsiyasining halokatidan keyin antik Yunonistonning m.a. XI asrdan m.a. IV asrning so’ngi choragigacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Qadimgi Yunon jamiyati taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davlat tuzilmasi bo’lgan yunon polislarining tug’ilishi, yuksalishi va tushkunligi bosqichi bo’ldi. Bu bosqich o’z ichiga uch davrni oladi:
1. M.a. XI-IX asrlar - Gomer yoki polis arafasi (“Qorong’i asrlar”). Bu bosqichda Bolqon Yunonistoni hududida urug’-qabila munosabatlari hukmron bo’ladi.
2. Arxaika davri (m.a. VIII-VI asrlar) - polis-davlatlarning shakllanishi, buyuk Yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon tiraniyalari davri.
3. Klassik Yunoniston (m.a. V-IV asrlar.) - qadimgi yunon polislari, ularning iqtisodiyoti va yunon madaniyatining gullab-yashnagan davri.
M.a. IV asrning so’ngi choragida yunon-makedonlar tomonidan Ahamoniylar Eroni davlatining bosib olinishidan yunon tarixining uchinchi so’nggi bosqichi boshlanadi. Bu bosqich qariyb uch yuz yilni o’z ichiga olib (m.a. IV asrning so’ngi choragi – m.a. 30-yillar), sharq va g’arb madaniyati unsurlarini o’z ichiga olgan ellin davlatlarining tashkil topishi, ellin madaniyatining rivojlanishi davridir. M.a. 30-yilda so’ngi ellin davlatlaridan biri Ptolomeylar Misri mustaqilligini yo’qotib Rimga tobe bo’ladi. Shu bilan antik Yunoniston sivilizatsiyasi tarixi tugallanadi.