«jahon sivilizatsiyalari tarixi»


Arab musulmon madaniyati taraqqiyoti



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə43/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Arab musulmon madaniyati taraqqiyoti
Arab xalifaligi madaniyati antik madaniyat bilan o’rta asr G’arb madaniyatini bog’lovchi xalqa vazifasini bajardi. Ushbu madaniyatning o’ziga xosligi shundaki, uning taraqqiyotiga asos bo’lgan islom nafaqat jahon dini, balki huquq va davlat, falsafa va san’at, din va fanni o’z ichiga olgan yaxlit, betakror madaniyatdir.
Arab xalifaligida arab tili davlat va hukmron sinf vakillari tili edi. Arablar bosib olgan mamlakatlarda arab tili majburan joriy etildi. Qadimgi yunon va sharq xalqlarining asarlari arab tiliga tarjima qilina boshladi. Arab tilida faqat arab olimlari emas, xalifalikka qaram bo’lgan mamlakatlar olimlari, yozuvchilari va shoirlari ham o’z asarlarini yozdilar.
Arab xalifaligi qo’l ostidagi mamlakatlarda ilm-fan sohasida juda katta o’zgarishlar yuz berdi. Fanning turli sohalarida arab tilida jahon ahamiyatiga ega bo’lgan buyuk asarlar yaratildi, qadimgi yunon fanining durdonalari arab tiliga tarjima qilindi.
Arab fani taraqqiyotidagi birinchi bosqich VII-VIII asrga to’g’ri keladi, markazi Iroqdagi Basra va Kufa shaharlari bo’lgan. Islom tarqalgan turli mamlakatlardan juda ko’p istedodli olimlar shu shaharlarga kelib, fanning turli sohalaridan ta’lim olganlar. Arab tili davlat va hukmron din tili, muqaddas (ya’ni Qur’on tushgan) til sifatida ham nazariy ham amaliy jihatdan o’rganilgan. Mashhur arab-fors tilshunosi Sibavayh (796 yil atrofida o’lgan) birinchi bo’lib arab tili grammatikasini tuzdi.
Arab fani taraqqiyotida ikkinchi davr VIII asrdan, xalifalik markazi Bag’dodga ko’chirilgandan so’ng boshlanadi. Bu davrda qadimgi yunon va Sharq xalqlari yaratgan asarlarni yig’ish va ularni arab tiliga tarjima qilishga kirishildi. IX-X asrlarda Bag’dod va boshqa fan markazlarida arab xalifaligi tarixi va umumiy tarixga oid ko’plab asarlar yaratildi. Bu asarlarning ko’pchiligi forsiy tilida yozilgan manbalar asosida arab bo’lmagan tarixnavislar tomonidan yozildi. Abu Ja’far Muhammad Tabariyning (923 yil vafot etgan) “Tarixi umam va muluk” nomli tarixiy asari va Qur’on tafsiriga bag’ishlangan “Jome’ al-bayon fi ta’vil al-Qur’on” kitobi, Ali ibn Husayn Mas’udiyning (vafoti 956) “Muruj az-zahab va maodin al-javhar” asarida arab xalifaligi sulolasi tarixi bilan bir qatorda boshqa Sharq xalqlari hayoti haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu davrda geografiya sohasida ham ko’plab asarlar yaratildi. Ularning eng mashhur xalifalikda aloqa ishlari boshlig’i Ibn Xo’rdadbah va Ibn Havqalning “al-Masolik va al-mamolik” asari, Mas’udiy va Maqdisiylarning jug’rofiy asarlaridir.
Tibbiyot fanlari sohasida bu davr yangi ixtirolar davri xisoblanadi. Matematik va astronom al-Battoniy (858-929) trigonometrik funksiyalar (sinus, tangens va kotangens) ni ishlata boshlaydi. Kimyo sohasida bir qancha ixtirolar arab alximigi Jobir ibn Hayyonga (VIII asr) taalluqlidir. Bu davrda qurilgan rasadxonalarda arablar bilan bir qatorda Markaziy Osiyolik iste’dodli olim va astronomlar ham fan bilan shug’ullandilar.
Arab ilm-fani taraqqiyotining uchinchi davri XI-XV asrlarni qamrab oladi. Bag’dod bilan bir qatorda arab madaniyatining yangi markazlari Qurdoba (Kordova), so’ng Sevilya va Damashq kabi ilm-fan markazlari paydo bo’ldi. Tarixshunoslik, tabiiy fanlar, tabobat, astronomiya va boshqa qator fanlar taraqqiy etdi.
Arab yozma adabiyotining birinchi yirik obidasi Qur’ondir. Quron musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi, yirik diniy-falsafiy va huquqiy asar, arab-musulmon va jahon madaniyatining o’ziga xos nodir va muhim yodgorligidir. Jahon xalqlari ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko’rsatgan ta’sirining ko’lami nuqtai nazaridan Qur’on butun insoniyatning madaniy merosi bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin