Jahon tarixi



Yüklə 108,6 Kb.
səhifə6/9
tarix18.05.2023
ölçüsü108,6 Kb.
#115864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar

2.2. Eldoradoni izlab

Eldorado, ispancha “oltin mamlakat”, ispan bosqinchilari XVI-XVII asrlarda Janubiy Amerikadan (asosan Orinoko va Amazonka daryolari havzasida) tinmay izlagan oltin va javohirlarga boy mamlakat. 1535-yilda ispan konkistadori Sebastyan Belalkasar inklarning shimoliy qabilalarini (Ekvador va Kolumbiya hududi) bosib olganidan so'ng unga yangi yo'lboshchi saylash bilan bog'liq udumlar haqidagi hikoyalarni so'zlab berishgan. Bo'lajak yo'lboshchiga loy surkab, ustidan oltin qum sochishgan. “Tilla” odam oltin va zumradlar yuklangan solga qarab yurgan, unga chiqib ko'l o'rtasiga qadar suzib borgan va suvga sakragan. Javohirlar ko'l tubiga tushib ketgan va yo'lboshchi suv yuzasiga chiqqan. Agar uning ustidagi oltin qum oxirigacha yuvilib ketgan bo'lsa demak u xudolarga ma’qul kelgan. Belalkasar shu zahoti bunday marosimlardan so'ng ko'l tubiga xazina qoladigan mamlkatni izlab yo'lga tushdi. Ekspeditsiya Andni bosib o'tgandan so'ng Fransisko de Orelyana boshchiligidagi tavakkalchilar guruhi ulardan ajralib chiqib, sharqqa qarab yo’1 olgan. Eldoradoni izlash yo'lida ochilgan eng buyuk kashfiyot aynan ularga nasib


etdi: ular ulkan, biroq sokin daryoni topishdi va unga Amazonka deb nom berishdi. Belelkasar va Orelyanadan so'ng ularning izidan boshqa konkistadorlar ham yo'lga otlanishdi. Ular orasidan eng o'jari Trinidada gubernatori Antonio de Berrio bo'lib
chiqdi. Ingliz admiral! Uolter Reyli Berrioni asirga olganda u barcha bilganlarini aytib berdi. Reyli kemalarni Angliyaga qaytarib olib ketdi, biroq uning Niyati ortga qaytish va Eldoradoni zabt etish edi. 1603-yilda Reylining homiysi - ingliz qirolichasi Yelizaveta I vafot etdi. Reylini esa davlatga xiyonatda ayblashdi. Biroq Yakov I o'lim jazosini ijro etishga oshiqmadi. Oradan 13 yil o'tib, pulga o'ta muhtoj bo'lib qolgan qirolning yodiga Eldorado tushadi. Admiral Reylini oltin topib kelishi uchun ekspeditsiyaga jo'natishadi, biroq u m uvaffaqiyatsiz tugaydi va Uolter Reyli 1618-yil Eski Vestm inster saroyida qatl etiladi. Shunday qilib afsonaviy boyliklar mamlakati topilm adi. Inklarning oltin buyumi Orelyana mahobatli daryo qirg'oqlarida mahalliy qabilani uchratadi, bu qabila ayollari kamondan bexato o‘q uzardilar. Ularni qadimiy yunon afsonalaridagi jangchi ayollarga o'xshatgan Orelyana bu daryoga Amazonka nomini berdi. Inglizlardan birinchi bo'lib dengizchi va korsar (dengiz qaroqchisi) ser Frensis Dreyk dunyo bo'ylab sayohat qildi (1577-1580). U Gravelin jangida (1588) Yengilmas armada - ispan flotini tor-mor qilgan ingliz flotiga qo'mondonlik qilgan. 1577-yil noyabrda ingliz qirolichasi Yelizaveta I Dreykni Amerikaning Tinch okeani havzasidagi qirg'oqlariga ekspeditsiyaga yubordi. Sayohatning rasmiy maqsadi yangi yerlar, xususan Avstraliyani ochish bo'lsada, aslida Dreyk Am erikaning Tinch okeani qirg'oqlaridagi Ispaniyaga tegishli qirg'oqlariga hujum qilib, iloji boricha ko'proq oltinni qo'lga kiritishi lozim edi. Dreyk to'rtta kemada Plimutdan yo'lga chiqdi. 1578-yil aprelda u La-Plata daryosining quyilish joyiga yetib bordi, janubga qarab yurgan Dreyk Patagoniya qirg'oqlarida qulay gavanni uchratdi. Uning hamrohlaridan biri patagonliklarni shunday ta’riflagandi: “Ular juda xushmuomala va rahmdil odamlar bo'lib chiqishdiki, biz hech qachon, xristianlar orasida ham bunaqasini uchratmagan edik...”
12 yoshida Dreyk savdo kemasiga уunga bo'lib ishga joylashdi. Kema egasi o'z shogirdidan juda minnatdor edi, и o'limi old id an Dreykka o'z kemasini vasiyat qilib qoldirdi. Shunday qilib 18 yoshida Dreyk to'la huquqli kapitanga aylandi.
Dreyk flotiliyasi Magellan bolg‘ozi orqali Tinch okeaniga chiqqanda dovul boshlanib qoladi. Kemalardan biri izsiz yo'qoladi, bo'ron orqaga uloqtirib tashlagan yana bir kema amallab Atlantika okeaniga chiqib oladi va Angliyaga qaytadi, uchinchisini esa ilgariroq yoqib yuborishga to'g'ri kelgandi. Faqatgina “Pelikan” kemasigina Tinch okeanidan suzib o’tishga muvaffaq bo'ldi va unga “Oltin bug‘u” deb qaytadan nom berildi. Ikki oy ichida bo'ron uni janub yo'nalishida uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Oktabr oxirlarida dengizchilar janub tom onidagi eng chekka orolni ko'rib qoladilar. Cheklanmagan suv havzasining ochilishi Dreykka Olovli Yer sirli janubiy materikning bo'rtib chiqib turgan joyi emas, balki bir-biriga yaqin orollardan iborat arxipelag ekanligi, uning ortida chegarasi yo'q dengiz cho'zilib ketganligini isbotlashiga imkon berdi. Antarktida ochilgandan keyin u bilan Olovli Yer o'rtasidagi keng dara Dreyk bo‘g‘ozi deb ataldi. Dreyk ispan portlariga hujum qilishda davom etgan holda Tinch okeani qirg'oqlari bo'ylab oldinga yurdi. Shundan keyin u Tinch okeanini kesib o'tib, Molukka orollariga chiqdi va Afrikani aylanib
o'tib, 1580-yil sentabrda Angliyaga qaytib keldi. U o'zi bilan Angliyaning bir yillik daromadidan ikki barobar ko'p qiymatga ega bo'lgan oltin-javohirlar olib keldi. Ushbu ekspeditsiyasi uchun Dreykka ritsarlik unvoni berildi13.

Antik davr geograflari ham Yerning sharsimon ekanligini bilishardi va Janubiy yarim shaming katta qismini quruqlik egallaydi deb taxmin qilishgan. Taxmin etilgan kontinentni Notanish Janubiy yer deb atala boshlandi. Vasko da Gama Afrikadan aylanib o'tib Hindistonga borish yo'lini ochgandan keyin portugaliyaliklar Molukka orollariga yetib bordilar. Ular ilk marotaba Avstraliyaning shimoliy-g'arbiy qirg'oqlariga tashrif buyurdilar. 1916-yilda g'arbiy Avstraliyada, Robak ko'rfazi qirg'oqlarida (180 j.k.) karonadalar - XVI asr boshlaridan oldin quyib tayyorlangan,


Portugaliya davlati ramzi tushirilgan uncha katta bo'lmagan bronza zambaraklar, shuningdek materik qirg'oqlari tushirilgan maxfiy haritalar topildi. Demak 1540-yilga qadar ham Portugaliya kemalari ahyonahyonda Avstraliyaning shimoliy va shimoliy-sharqiy qirg'oqlariga kelib turishgan. Ehtimol ular ko'p marta bu yerlarga tashrif buyurishgan bo'lishsada, baribir bular tasodifiy tashriflar edi. 1605-yil dekabrda Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'oqlaridan g'arbga qarab ispan ekspeditsiyasi yo'lga chiqdi, uning maqsadi afsonaviy janubiy materikni topish edi. Luis Vaes Torres Yangi Gebridlar arxipelagini ochdi, birinchi marta Marjon dengizini kesib o'tib, Yangi Gvineyaning janubiy qirg'oqlari yonidan o'tib ketdi va janub tomondan Avstraliyaning shimoliy qirg'oqlarini ko'rdi. 1642-yilda Garbiy Hindistonning (Karib va Bagam orollari) gollandiyalik general-gubernatori Van Dimen janubiy materikni izlash uchun Abel Tasman boshchiligida ikkita kemada 110 kishidan iborat ekspeditsiya jo'natdi. Tasman katta orolni kashf qilib uni ehtirom yuzasidan Van-Dimen yeri deb atadi (hozir bu Tasmaniya deb ataladi), shuningdek Yangi Zelandiya, Fidji va Tonga orollarini ochdi. 1644-yildagi ikkinchi sayohatida u Avstraliyaning 4,7 ming km ga cho'zilib ketgan shimoliy qirg'oqlarini uzluksiz rejaga olgan. Oradan yuz yildan oshiqroq vaqt o'tib materikning janubiy-sharqiy qirg'oqlarini mashhur kapitan Kuk tadqiq qilgan va uni Britaniya yerlari deb e’lon qilib, unga Yangi Janubiy Dels deb nom bergan. 1786-yilda Angliyada kapitan Kuk tomonidan ochilgan mamlakatni mustamlakaga aylantirish va ingliz tabiatshunosi Jozef Banks taklifiga ko'ra dastlab yerga jinoyatchilarni surgun qilishga qaror qilindi14



Yüklə 108,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin