Jahon tarixi


Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 108,6 Kb.
səhifə3/9
tarix18.05.2023
ölçüsü108,6 Kb.
#115864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar

Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Shu maqsadda tug'ilishning geografik kashfiyotlar mavzusidagi vazifalaridan foydalanish mumkin emas edi. Bu tare o'rganilmagan yoki kam ma'lum bo'lgan joylarni aniqlash, kashfiyotlar qilish, natijalarni baholash, tarixiy kashfiyotlarni tekshirish, madaniy o'zgarishlar va taraqqiyotni o'rganish kabi turli vazifalarni o'z ichiga oladi. Ushbu tadqiqotlar insoniyat tarixidagi kashfiyotlarning ahamiyati va ta'sirini tushunishga yordam beradi va kelajakdagi kashfiyotlar uchun poydevor qo'yadi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Geografik kashfiyotlar insoniyat tarixining muhim qismi bo'lib, dunyo geografiyasini o'rganish, xaritalash va tushunishda muhim rol o'ynadi. Ushbu kashfiyotlar odamlarga dunyo haqida ko'proq ma'lumot olish va yangi joylar, manbalar va madaniyatlarni kashf qilish imkonini berdi.
Bundan tashqari, kashfiyotlar natijalari savdo yo'llarining ochilishi, mustamlakachilik, migratsiya, madaniy almashinuv va texnologik taraqqiyot kabi ko'plab sohalarga ta'sir ko'rsatdi. Shuning uchun geografik kashfiyotlarni o'rganish tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega.
Biroq, hali ham o'rganilmagan yoki kam ma'lum joylar mavjud. Ushbu hududlarning kashf etilishi tabiiy resurslarni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va insonlar uchun foydali bo'lgan yangi ixtirolarni yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Natijada geografik kashfiyotlarning nazariy va amaliy ahamiyati katta. Bu kashfiyotlar insoniyat tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, kelajakdagi kashfiyotlarga asos soladi. Bu tabiiy resurslarni muhofaza qilish va insonlar uchun foydali ixtirolar yaratish uchun ham muhimdir.


I BOB GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING ILK KURTAKLARI.

    1. Qadimgi davrdagi geografik kashfiyotlar

Qadimgi yunonlar sayyoramizning ularga ma’lum bo'lgan qismini “oykumena” deb atashgan. Yunon tilida bu so‘z odamlar yashaydigan, aholisi bor joy degan ma’noni anglatadi. Bizning davrimizga kelib, bizni o‘rab turgan dunyoning o‘zlashtirilgan va odamlar istiqomat qiladigan qismi oykumena deb ataladi.


Qadim zamonlardayoq odamlar yonma-yon joylashgan yerlar haqida ko'proq narsalarni bilishga, mahsulotlar va buyumlarni ayirboshlash uchun savdo yo'llari ochishga intilishgan. Qadimgi misrliklar bundan 5 ming yil ilgari Afrika bo'ylab sayohat qilganlar. Miloddan avvalgi III ming yillik o'rtalarida ular O‘rta Yer dengiziga chiqib, u orqali boshqa mamlakatlardan mahsulotlarni olib kelishni boshlaganlar.
Miloddan avvalgi II ming yillikda O‘rta Yer dengizining sharqiy qirg'oqlarida yashagan finikiyaliklar dengiz kengliklarini o'zlashtirishga kirishganlar: ular Kiprda bir nechta koloniyaga asos solishgan, Kichik Osiyoni janub tomondan aylanib o'tganlar, Bolqon, Apennin va Pireney yarim orollariga suzib borganlar, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarni kashf qilganlar. Ularning kemalari Misrga yog'och-taxta, vino, zaytun moyi, qullar va boshqa yuklarni yetkazib berib turgan. Miloddan avvalgi VII asrda ular Afrikani aylanib o'tganlar. Afrika qirg'oqlari bo'ylab suzgan finikiyaliklar qulay hamda keng ko'rfazni topishgan va u yerda Karfagenga asos solishgan, keyinchalik bu yer antik O'rta Yer dengizi mamlakatlari o'rtasidagi eng yirik port-shaharlardan biriga aylangan. Ehtimol, aynan finikiyaliklar ilk bor Ispaniya va Afrika orasidagi ikkala tomonidan ham Gibraltar va Seutning o'tkir cho'qqilardan iborat qoyalari bo'y cho’zgan tor bo'g'oz orqali Atlantika okeaniga chiqishib muhim kashfiyotni amalga oshirgandirlar. Boshqa taxminlarga ko'ra esa bu yo'lni birinchi bo'lib Krit oroli aholisi ochgan. Mesopotamiyalik shumerlar miloddan avvalgi III ming yillikda Arabiston atrofida dengiz ekspeditsiyalarini amalga oshirishgan. Shumerlarning qo'shnisi, elamitlar esa ularni o'rab turgan tog'larni oshib o'tib, ulardan uzoqda joylashgan Kaspiy dengizi qirg'oqlariga chiqdilar1.
Odatda biz oykumena to‘g‘risida Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi sivilizatsiya beshigidan boshlab ma’lumotlarga egamiz, shu sababli hattoki Yevropaning ochilishi ham birdaniga bo'lmagan deb hisoblanadi. Yevropa miloddan oldingi XVI asrda kritliklar tomonidan ochilgan (Krit - qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri).
Odamlar birinchi navbatda daryolarning atrofidagi hosildor yerlarni o'zlashtirishgan. Daryo qabilalar o‘rtasida aloqa o'rnatish uchun qulay yo‘I bo'lgan. Dengiz orqali suzish boshlanganidan keyin yangi yerlarni ochish sur’atlari tezlashgan.
Yunonlarning axey qabilasi geografik kashfiyotlari bilan dovruq taratgan: ular O‘rta Yer dengizidan Qora dengizga suzib o‘tishgan. Finikiyaliklar Yevropani o’rab turgan Atlantika okeani qirg‘oqlarini tadqiq qilishgan. Hindlar Hind-Ganga tekisligini o‘zlashtirib bo'lishgach, Arab dengizi qirg’oqlariga va Himolay tog’igacha yetib borishgan. Buyuk Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiya Tinch okeani qirg‘oqlaridan Tibet tog’liklariga qadar yetib bordi. Miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda geografiya fani paydo bo’ldi.
Birdaniga ikkita fan - geografiya va tarix fanlari asoschisi deb hisoblanadigan, millati grek bo'lgan Gerodot (miloddan avvalgi 490 va 480-yillar orasida tug'ilgan va miloddan avvalgi taxminan 425-yilda vafot etgan) asli Kichik Osiyolik bo'lgan. U Kichik Osiyo bo'ylab sayohat qilgan, Bobil, Finikiya, Misr, Kirena, Yunonistonning turli shaharlari, Qora dengiz qirg'oqlarini borib ko'rgan. Uzoq vaqt Afinada istiqomat qilgan. Gerodot asarlari - Qadimgi dunyo haqidagi haqiqiy ensiklopediyadir. Umrining undan ham ko‘p qismini jahongashtalik bilan o’tkazgan boshqa bir odamni topish mushkul. Qiziquv-chanligi va halolligi Gerodotni ishonchli kuzatuvchiga aylantirdi, u yodgorliklar va hududlarning o'ziga xos tomonlarini aniq va lo'nda qilib ta’riflab berdi. Gerodotning asarlarida Misming geografiyasi, uning dini va arxitekturasi, qonunlari va urf-odatlari to‘g‘risidagi hikoyalar bor. Gerodot birinchi bo'lib ajoyib Misr ehromlarini ta’riflab berdi, bu paytda ehromlar bunyod etilganiga 2 ming yildan ortiq vaqt o'tgan edi. U o'z hikoyalarida Liviya haqida shunday yozadi: “Uning qirg'oqlarida odamlar istiqomat qiladi, undan uzoqroqda esa - yovvoyi hayvonlar dunyosi, undan keyin esa poyoni yo’q quruq va jonsiz qumliklar boshlanadi”. Bobil haqida esa shunday jumlalar bor: “U shunchalar go'zal va ulug'vorki, butun dunyoda unga teng keladigan shahar topilmaydi”. Gerodot Ukraina cho'llarida yashagan sirli ko'chmanchi-skiflar haqida qiziq ma’lumotlar qoldirgan. “Chavandoz skiflar - mahoratli kamonchilardir, ularotqo'yib borayotib ham marragaaniq uradilar, ularning aravasi esa uy o'rnini o'taydi”, - deb yozadi u. Uning asarlari - yer yuzidan allaqachonlar yo'q bo'lib ketgan xalq to'g'risida ishonchli ma’lumotlarni beruvchi muhim asosdir, bizning davrga kelib ular tarixiy manbalar orqali o'z tasdig'ini topmoqda. “Men Misr haqidagi hikoyalarimni davom ettiraman, axir dunyoning boshqa hech bir yerida bunchalik ko'p mo’jiza topolmaysiz, bu yerda ta’rifiga til ojiz xazinalarning son-sanog‘i yo'q”, - deb yozgan edi Gerodot.
Greklar qadimdan dengizlarda kezganlar. Kashfiyotlarning ko'p qismini ular O‘rta Yer dengizida ochganlar, Yevropaning g'arbiy qirg'oqlarini ham aynan ular birinchi bo'lib suzib o'tganlar.
Miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtalaridayoq greklar nafaqat Egey va Adriatika, lonika, Tirren, Liguriy va boshqa O'rtaYer dengiziga taalluqli dengizlarni yaxshi bilishardi, balki ular Qora dengizga ham chiqishga ulgurishgan edi. Ular Qrimda (Xersones va Pantikapey), Azov dengizining shimoliy qirg'oqlarida (Tanais) va boshqa koloniyalarga asos solishgan2.
Tarixdagi eng hayratlanarli sayohatlardan biri Massaliyalik (Marsel) grek Pifeyning Miloddan avvalgi 350-320-yillarda shimol tomonga qarab kemadagi sirli safaridir. Bu sayohatchi va geograf “Okeanlar haqida” va “Yer ta’rifi” traktatlarini yaratgan. Ular bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, biroq boshqa olimlar tomonidan bayon etilgan holda bizga ma’lum. Pifey yaxshigina astronom ham bo'lgan, osmon jismlarini yaxshi bilishi unga turgan joyini aniqlashiga yordam bergan. Shimoliy Yevropa qirg'oqlari bo'ylab uzoq vaqt suzib yurgan vaqtida u shimoliy suv ko'tarilishini kuzatgan va keyinchalik uni o'z asarlarida ta’riflab berAnti к olimlar (masalan, Strabon) Pifeyning yozganlariga shubha bilan qarashgan; ular Pifeyning qutb kuni (qutb doirasi sirtidagi kengliklarda yilning quyosh botmaydigan qismi), qutb yog'dusi va mangu muzliklar haqidagi hikoyalariga ishonishmagan. Bretani qirg'oqlarini tadqiq etib bo'lgan Pifey La-Manshni kesib o'tib, Kornuolla qirg'oqlariga yetib kelgan. Bu yerda qalay qazib chiqaruvchi konchilar bilan do'stlashgan. Pifey bu yerdagi mahalliy tub aholining urf-odatlarini o'rgangan, shu sababli u birinchi etnograflardan hisoblanadi. Keyin u Britaniya atrofini aylanib suzib o'tgan va uni uchburchak orol sifatida ta’riflagan. Pifey Britaniyadan shimolda sirli Tule oroli joylashgan deb hikoya qilgan. Bu orolning joylashgan o'mi haqidagi bahslar ko'p asrlar davom etdi, uning nomi adabiyot olamiga dunyoning eng chekka nuqtasi sifatida kirdi, shundan buyon Ultima Tule so'zi “dunyoning narigi chekkasi” ma’nosini anglatadi. Biroq Pifey tomonidan ta’rif berilgan orolning o'zi topilmadi. Miloddan avvalgi V asrda Kornoulla qirg’oqlaridan Pifey suzib o’tgan. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) (e.a. 356-323-y.) - mag'lubiyat nimaligini bilmagan buyuk sarkarda bar doim oddiy jangchi singari birinchi qatorda turib jang qilardi. O'z davlati chegaralarini kengaytira borib u yevropaliklarga notanish yerlarni ochgan. O'n yilga yaqin vaqt mobaynida Aleksandr yer yuzining o'sha vaqtda ma’lum bo'lgan qismining yarmini bosib olgan va o'tmishdagi eng katta davlatga asos solgan. Uning harbiy yurishlari tufayli yunon madaniyati uzoquzoqlarga tarqaldi. Buyuk faylasuf Aristotel bo'lg'usi sarkardaga dunyo ilmidan saboq bergan bo'lsa, harbiy tayyorgarlikni u o'z otasi Filipp II rahbarligida o'tagan. Aleksandr o'z tengqurlaridan ancha ilgari otda yurishni o'rgangan, qilichbozlikda unga teng keladigani bo'lmagan. Miloddan avvalgi 338-yilda Xeroneyda bo'lib o'tgan jangda u ilk marta o'zining jasorati va harbiy salohiyatini namoyish etdi. Bu jangda Makedoniya Yunonistonni batamom zabt etdi
Aleksandr otasining o'limidan so‘ng 20 yoshida taxtga o'tirdi. Uni ancha ilgaridan
tayyorgarlik ko'rilayotgan greklarning forslarga qarshi harbiy yurishiga sarkarda etib tayinlashdi. Fors qo'shinlari son jihatidan Aleksandr qo'shinidan ikki barobarga ko‘p
bo'lsada, biroq har bir jangda uning qo‘li baland kelardi. Orqa tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun u Finikiyaning asosiy bandargohlari - Sidon, Bibl va Tirni bosib oldi. So'ngra u Misrni zabt etdi va u yerda Aleksandriya shahriga asos soldi. Aleksandr boshchiligidagi qo'shin Qadimgi dunyoning eng yirik shahri bo'lgan Bobilga bostirib kirdi. Bobil kohinlari Aleksandrni Bobil va dunyoning to'rt tarafiga shoh deb e’lon qildilar. Shundan keyin Aleksandr qo'shini bilan yevropaliklar uchun noma’lum bo'lgan Markaziy Osiyoga yurish boshladi. Janglar Baqtriya va Sug‘diyonada (hozirgi Afg'oniston, Tojikiston va O'zbekiston) olib borildi. Keyin buyuk sarkarda afsonaviy Hindistonga yo'l oldi va kemalarda Hind daryosi bo'ylab suzib borib, okeanga tushdi3. Aleksandr o'z maqsadiga yetdi va Yerning oxiriga yetib bordi! Axir uning ustozi Aristotel unga butun Yer yuzini Buyuk Okean yuvib turadi deb aytgan edida. Shundan keyin Aleksandr Bobilga qaytdi va Arabistonga qarshi yurish uchun tayyorlana boshladi, biroq u kutilmaganda kasallikka uchradi va vafot etdi. Aleksandr tug'ilishidan biroz oldin uning onasi tush ko'radi, tushida uni yashin uradi va undan taralgan alanga tillari har tomonga tarqaladi. Tushni ta’bir qiluvchilar bu tushga shunday izoh beradilar: o‘g‘il tug‘adi, bu o‘g‘il ulg‘ayib butun dunyoni zabt etadi.
Greklar singari ulardan keyin rimliklar ham oykumenani kengaytirishga intilganlar. Ular Markaziy, G'arbiy Yevropani, hozirda Britaniya orollari deb ataladigan orollarni, butun Pireniya yarim orolini, Sharqiy Yevropaning bir qismini, shuningdek Osiyo va Afrikaning anchagina katta hududini bosib olishdi.
Miloddan avvalgi lll-asr oxirlari va Miloddan avvalgi II asr o'rtalarida Makedoniya ham Rim viloyatiga aylantirildi. Afina va Spartadan tashqari Yunonistonning barcha shaharlari ham Rim noiblariga qaram bo'lib qoldilar. Karfagen hududida Afrika viloyati tuzildi, Pergam podshohligi Rimning Osiyodagi viloyatiga aylandi. Rim Kichik Osiyo va Kiprning kattagina qismini o'ziga bo'ysundirdi, Armaniston miloddan avvalgi 66-yilda, Bosfor davlati miloddan avvalgi 63-yilda unga qaram ekanligini tan oldi. Miloddan avvalgi 67-66-yillarda rimliklar Kritni ishg'ol qildilar, miloddan avvalgi ga borib Finikiyaliklarning Afrikadagi tayanchi - Karfagen quladi va Rim G'arbiy O'rta Yer dengizidagi eng kuchli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi II asr o'rtalarida Makedoniya ham Rim viloyatiga aylantirildi. Afina va Spartadan tashqari Yunonistonning barcha shaharlari ham Rim noiblariga qaram bo'lib qoldilar. Karfagen hududida Afrika viloyati tuzildi, Pergam podshohligi Rimning Osiyodagi viloyatiga aylandi. Rim Kichik Osiyo va Kiprning kattagina qismini o'ziga bo'ysundirdi, Armaniston miloddan avvalgi 66-yilda, Bosfor davlati miloddan avvalgi 63-yilda unga qaram ekanligini tan oldi. Miloddan avvalgi 67-66-yillarda rimliklar Kritni ishg'ol qildilar, miloddan avvalgi 64-yilda Selevkidlar davlatiga barham berib, Suriya va Falastin hududida Suriya viloyati tuzildi, miloddan avvalgi 63-yilda ludeya zabt etildi. Miloddan avvalgi I asr o'rtalarida Rim imperatori Yuliy Sezar Galliydan tortib Reyngacha bo'lgan barcha hududni bosib oldi. Sezar Numidiy shohi Katta Yubuni tor-mor qilib, uning yerlarini Rim davlatiga qo'shib oldi. Miloddan avvalgi 30-yilda Misr bosib olindi. Shunday qilib, miloddan avvalgi lll-l asrlardagi harbiy yurishlar natijasida Rim dunyodagi eng katta hukmron davlatga, O'rta Yer dengizi esa “Rimning ichidagi ko‘l”ga aylandi4.




    1. Yüklə 108,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin