Jahon tarixi


II BOB GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING KEYINGI RIVOJI



Yüklə 108,6 Kb.
səhifə5/9
tarix18.05.2023
ölçüsü108,6 Kb.
#115864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar

II BOB GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING KEYINGI RIVOJI.

XV asr o'rtalaridan XVII asr o'rtalarigacha bo‘lgan davr - Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb ataladi. Bu davrda quruqlikdavadengizdako'plabm uhim kashfiyotlar qilingan. Bu davrning eng muhim kashfiyoti shubhasiz, Xristofor Kolumb tomonidan Amerikaning kashf qilinishidir. XV asr o'rtalarida Portugaliya qiroli Alfons V norvegiyalik kapitanqaroqchilar - Didrik Payning va Gans Poforstning afsonaviy boy mamlakat hisoblangan Hindistonga boriladigan shimoliy dengiz yo'lini izlash bo'yicha ekspeditsiyasini mablag' bilan ta’minlagan. Bu ekspeditsiyaning maxfiy rahbari Portugaliya qirolining vakili Juan Kortereal edi. Korterealning Amerikaga ekspeditsiyasi tarixi haqida hech narsa aniq ma’lum emas. Kemalar Norvegiyadan yoki Daniyadan yo'lga chiqqan va avvaliga Islandiya tomonga qarab yo‘l olishgan. U yerdan Grenlandiyaga, key in esa Yangi Dunyoga o'tishgan. Korterealning 1472-yilda Amerikada bo'lganligini tasdiqlovchi bu ekspeditsiya haqida yozma ma’lumotlar ancha keyingi manbalarda saqlanib qolgan. Martin Bexaymning 1492-yildagi mashhur globusi Kortereal kashfiyotining asosiy isbotidir. Unda nafaqat Yevropa, balki Islandiyadan g’arbga tomon ketgan yerlar ham ko'rsatilgan, bu yerlarni Yangi Shotlandiya, Nyufaundlen va llohiy Lavrentiy qo'ltig'i deb hisoblash mumkin. Bu yerlar haqidagi ma’lumotlarni u xotinining yaqin qarindoshi... bu paytga kelib, Azor orollaridan birida gubernatorlik qilayotgan o'sha Korterealning o‘zidan olishi mumkin edi. Bexaim bu orolda to'rt yil yashagan va shuni ishonch bilan taxmin qilish mumkinki, ular bir necha martalab uchrashishgan va kartograf qimmatli ma’lumotni bevosita sayohatchining o'zidan olgan. Korterealning kashfiyotini yana shu narsa tasdiqlaydiki, qirol Juan II Korterealning o'g'illari Gashpar va Migelga ularning otasi tomonidan ochilgan “orol va materikka” egalik huquqini bergan. XVI asr boshida Gashpar va Migel bu yerlarni izlab yo'lga tushishdi, biroq ular shu ketgancha domdaraksiz ketishdi. Martin Bexaym (1459-1507) - nemis geografi va sayohatchisi uzoq vaqt Portugaliyada xizmatda bo'lgan.


U bizgacha saqlanib qolgan eng qadimgi globusni yaratgan. XV asrda Yevropada dengiz ortidan keltiriladigan mahsulotlarga, birinchi navbatda vatani Hindiston hisoblanadigan ziravorlarga bo'lgan talab juda oshib ketdi. U yerga quruqlik orqali borish yo'li turklar tomonidan egallab olingandi, shu sababli yevropaliklarga dengiz orqali borish yo'lini izlashga to'g'ri keldi. Bunda asosiy raqobatchilar Portugaliya
va Ispaniya bo'ldi. Xristofor Kolumb 1451-yilda Genuyada tug'ilgan bo'lsada, biroq u ko'p yillar Portugaliya kemalarida xizmat qildi. U o'qimishli kishi bo'lib, bir necha tillarda o'qishni bilar va haritalar tuzishga qiziqardi. Kolumb dadil fikrni - Yevropadan Hindistonga g'arbiy dengiz yo'li orqali suzib borish g'oyasini ilgari surdi. 1485-yilda Portugaliya qiroli bu g'oyani qo'llab-quvvatlashni rad etgandan so'ng u Ispaniya hukumatiga murojaat qildi va ekspeditsiya tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi ekspeditsiyada (1492-1493) hammasi bo'lib 90 kishi qatnashdi, ular uchta uncha katta bo'lmagan kemalar – “SantaMariya”, “Pinta” va “Ninya”da yo'lga chiqishdi. 1492-yilning 3-avgustida kemalar avval Kanar orollari tomonga jo'nashdi, so'ngra ekspeditsiya g'arb tomonga qayrildi va Atlantika okeanini kesib o'tdi. Kolumb Bagam arxipelagi orollaridan biriga tushdi. Ochiq orollardan birini u San-Salvador deb nomladi. Shu kun rasman Amerika ochilgan kun deb hisoblanadi. Keyinchalik Kolumb yana bir necha Bagam orollariga yaqinlashib bordi, Gaiti orollarini ochdi va ularga Espanolo deb nom berdi, Kubaning shimoliy-sharqiy qirg'oqlarining bir qismini ochdi, bu yerda u ekin maydonlari bilan o'ralgan qishloqlarga duch keldi. Yevropaliklar o'zlari uchun notanish bo'lgan madaniy ekinlar - makkajo'xori, kartoshka va tamakiga e’tibor qaratdilar, ular ilk marotaba aborigenlar qanday qilib tamaki chekayotganlarini ko'rdilar. Ikkinchi ekspeditsiya (1493-1496), 1,5-2,5 ming kishidan iborat ekipajni o'z ichiga olgan 17 ta kemadan iborat bo'lib, unda Dominika, Gvadelupa orollari, Puerto-Riko oroli va yana yigirmaga yaqin Kichik Antilya orollari ochildi. Uchinchi ekspeditsiya (1498-1500) Trinidad orolini ochdi va Orinoko daryosi deltasini topdi, bu bilan Janubiy Amerikaning ochilishiga asos solindi. To‘rtinchi ekspeditsiya (1502-1504) Martinika orollariga va Gonduras qo'ltig'iga yetib bordi7. To'rtinchi ekspeditsiyada Kolumb Markaziy Amerikaning Karib qirg'oqlarida 2 ming km masofani bosib o'tdi.
Kolumbning uchta karavellalaridan biri - “Santa-Mariya” Xristofor Kolumb yevropaliklar uchun yangi materik ochgan ini bilmasdan o'tib ketdi. Geografik kashfiyotlar unga boylik keltirmadi, shon-shuhrat esa vaqtinchalik bo'lib chiqdi. Kolumbning ispan ekspeditsiyasi g'arbiy Hindistonni ochishdi deb hisoblandi, portugaliyaliklar esa Hindistonga ochilgan yo'lga bo'lgan huquqlarini belgilab olish uchun shoshilishlari kerak edi. Buning uchun 1497-yilda Portugaliyadan Afrika atrofidan aylanib Hindistonga dengiz orqali borish yo'lini topish uchun eskadra shaylandi. Portugaliyalik dengizchilar Afrika janub tomondan sharqqa qarab cho'zilib ketganligini bilishardi, axir 1488-yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubiy chekkasigacha suzib borgan, hattoki uni aylanib ham o'tgan edida. Yangi ekspeditsiyaga boshliq etib asli oqsuyaklardan bo'lgan saroy amaldori Vasko da Gama tayinlandi, uni shaxsan qirol Manuel I ekspeditsiyaga rahbar etib tayinladi. U “San-Gabriel”, “SanRafael” va tez yurar “Berriu” karavellasini Gama ixtiyoriga berdi, Vasko “San-Gabriel” kemasida admiral bayrog'ini o’rnatdi. Bundan tashqari flotiliyani oziq-ovqat va asbob-jihozlar g'amlangan transport kemasi kuzatib bordi. Ekipaj tajribali dengizchilardan iborat edi, ular orasida arab va afrika tillarida gapira oladigan tilmochlar ham bor edi. 1497-yil 8-iyulda flotiliya Lissabondan yo'lga chiqdi va bir necha hafta suzib, Yaxshi Umid burunini aylanib o'tdi. Zambezining quyilish joyida ekipaj kemalarni ta’mirlash uchun to’xtab o’tishga, keyin shimolga qarab suzishda arablarga tegishli yerlardan o’tishga to’g’ri keldi. Portugaliyaliklar mahalliy shayx bilan til topishishga muvaffaq bo'ldilar, u ekipajga ishonchli lotsman topib berdi, lotsman kemalarni Hindistonning Kalikutdagi gavaniga olib borib qo'ydi. Sayohatchilar kemalarga ziravorlar va qimmatbaho zebu-ziynatlar yuklab, ortga qaytishdi. Ortga qarab deyarli bir yil suzishdi. Portugaliyaga faqatgina ikkita kema qaytib keldi, xolos. Ekipajning yarmi arablar bilan bo'lgan to'qnashuvda, shuningdek singa kasaliga chalinib halok bo'ldi. Shunday qilib, Vasko da Gama dengiz yo'lini ochdi, 1869-yilda Sues kanali ochilgunga qadar Yevropaning Hind okeani mamlakatlari va Xitoy bilan butun savdo aloqalari shu yo'l orqali amalga oshirildi. Bu savdolarda monopoliya Portugaliya qo'lida bo'ldi, bu unga deyarli yuz yil mobaynida eng kuchli dengiz mamlakati mavqeini saqlab turishiga imkon berdi. Vasko da Gama Afrika qirg‘oqlarini batafsil ta’riflab berdi, batafsilligi jihatidan faqatgina XIX asrdagi Britaniya admiralligining “Afrika lotsiyasi”gina u bilan tenglasha oladi. Jon Kabotning kemadagi safari Angliyani “dengiz hukmdori” ga aylantirgan va Britaniya kolonial imperiyasiga asos solish uchun zamin yaratgan buyuk sayohatlar qatoridagi birinchi safar bo'ldi. Angliyaga xos nomiga qaramasdan Jon Kaboto asli britaniyalik emasdi. U italyan bo'lib, uning haqiqiy ismi - Jovanni Kaboto edi. Kaboto 1450-yilda Genuyada tug'ildi. Dengizchi va savdogar Jovanni hind mahsulotlari olib kelish uchun Yaqin Sharqqa sayohat qilib turardi. U o'sha vaqtlardagi eng qimmatbaho mahsulot bo'lgan ziravorlar juda uzoqdan, Hindistondan shimoliy-sharqda joylashgan qanaqadir mamlakatlardan olib kelinishini bilardi. O‘sha vaqtning o‘qimishli odamlariga Yer shar shaklida ekanligi ma’lum bo‘lganligi sababli, u mantiqiy xulosa chiqardi: Hindistondan uzoqda shimoliysharqda joylashgan “ziravorlar mamlakati” yevropaliklar uchun shimoliy g'arbda joylashadi. Biroq uning yangi yo'l bo'ylab Nyufaundiend oroli o'ylab topgan sayohati uning vatanida hech kimni qiziqtirmadi va tadbirkor italyan 1490-yilda Angliyaga yo'l oladi. U yerda u ismini o'zgartirib, Jon Kabotga aylanadi. 1496-yilda Angliya qiroli unga “majusiylar va g'ayridinlarning barcha orollari, yerlari, davlatlari va muzofotlarini izlash, ochish va tadqiq qilish... va ularda Angliya bayrog'ini ko'tarish huquqi”ni beradigan patent berdi.1497-yil mayda Kabot va uning 18 kishidan iborat komandasi Bristoldan uncha katta bo'lmagan kemada yo'lga chiqdi. Kema shimoliy kenglikdan 520° shimolga qarab suzib ketdi. 24-iyun kuni ertalab gorizontdan Nyufaundiend orolining shimoliy chekkasi ko'zga tashlandi. Yaqin gavanlardan birida Kabot qirg'oqqa chiqdi va bu yerlarni ingliz qirolining yeri deb e’lon qildi. Nyufaundiend - Atlantika okeanidagi shimoliy Amerikaning shimoliy-sharqiy qirg’oqlaridagi orol. Ochiq dengizda Jon Kabot ekspeditsiyasini yana bir yangilik kutardi: materikdan uncha uzoq bo'lmagan joy da dengizchilar asosan seld va treskadan iborat ulkan baliqlar to'dasini uchratishdi. Shunday qilib, Katta Nyufaundiend sayozligi – dunyodagi eng boy baliq ovlash joylaridan biri hisoblanadigan Atlantikadagi yirik sayozlik topildi. XVII asrda Angliyaning Labrador va Nyufaundlendga yaqin joydan baliq ovlash natijasida olgan daromadi Ispaniyaning XVI asrda hind boyliklarini olib kelishdan topgan foydasidan ancha oshib ketdi. Baliq 4 marta ko'proq foyda keltirdi. XVI asr boshlarida Amerigo Vespuchchining Yangi Dunyoga uyushtirilgan ekspeditsiyalar, janubiy mamlakatlarning tabiati, hindularning hayoti va urf-odatlari haqida hikoya qilib, do'stlariga yozgan xatlari keng tarqalib ketdi. Bu xatlar Vespuchchining roziligisiz nashr qilingan edi. O'sha paytlarda geograf Martin Valdzemyuller kitob nashr qildi, uning haritasidaga G'arbiy yarim shar- Amerigo Vespuchchida bo'yin orqali bir-biri bilan bog'langan ikki qismdan – “Noma’lum Yer” va “Amerika”dan iborat Yer tasvirlangan edi8. Valdzemyuller Kolumb Sharqiy Osiyoni tadqiq qilgan, Vespuchchi esa ekvatorning ikkala tomoniga ham yoyilib ketgan yangi materikni ochgan degan fikrdan kelib chiqqan holda Yangi materikka Amerigo Vespuchchining nomini berdi. Keyinchalik esa Gerard Merkatorning (1512-1594) haritalarida ilk marotaba “Shimoliy Amerika” va “Janubiy Amerika” degan so'zlar paydo bo'ldi. Shu tarzda Yangi Dunyoga nom berildi. Amerigo Vespuchchi aslida kim edi? U 1454-yilda Florensiyada tug'ilgan, xizmat taqozosi tufayli Sevilyaga ko'chib o'tgan, 1499-yilda uning hayoti birdaniga o'zgarib ketdi: u Alonso de Oxedo rahbarligida Kolumb tomonidan ochilgan yerlarga uyushtirilayotgan ekspeditsiya tarkibiga kiritildi. Vespuchchining hikoya qilishicha, ular 1497- yil mayda Kadisdan yo'lga chiqishdi va oradan bir oy o'tib, Gonduras qo'ltig'idagi Markaziy Amerika qirg'oqlariga yetib borishdi. So'ngra ular ilonizi ketgan qirg'oq chizig'i bo'ylab suzishda davom etdilar. Dengizchilar tez-tez qirg'oqqa chiqib, mayda-chuydalarini hindularning oltiniga ayir-boshlab olishardi. 1498-yilda ekspeditsiya Ispaniyaga qaytib keldi. Keying! yil ikkinchi ekspeditsiya kemalari Janubiy Amerika qirg'oqlari bo'ylab yo'lga chiqdi. Yo'lda ular ikkita daryo - Amazonka va Paraga duch kelishdi. Vespuchchi bir necha hamrohi bilan birgalikda qayiqlarda bu daryolarning biri bo'ylab 100 km gacha ichkariga suzib bordi. U o'z xatlarida daryo qirg'oqlari bo'ylab cho'zilib ketgan o'tib bo'lmas tropik o'rmonni, yo'lda uchragan qushlar va hayvonlarni juda chiroyli ta’riflab bergan. Shundan keyin okean qirg'oqlari va Trinidad orollari ko'zdan kechirildi. 1500-yil iyunda sayohatchilar Ispaniyaga qaytib kelishdi. 1501-1502-yillarda Vespuchchi Yangi Dunyo qirg'oqlariga qarab yo'l olgan uchta kemadan iborat Portugaliya ekspeditsiyasida qatnashdi. Bu Gonsalu Kuelyuning birinchi dengiz safari edi. U Vespuchchidan shturmanlik qilishni so'radi. Ular Janubiy Amerika qirg'oqlari bo'ylab 2 ming kilometrgacha suzib bordilar. Kuelyuning olti kemadan iborat ikkinchi ekspeditsiyasida (1503-1504) Vespuchchi karavellani boshqardi. Ular tomonidan ochilgan Vozneseniya orolida uchta kema dom-daraksiz
yo'qoldi, bitta kema cho'kib ketdi. Vespuchchi mustaqil ravishda Toduz-us-Santus ko'rfaziga yetib keldi va tepalik tomonga otryad jo'natdi, bu otryad mamlakat ichkarisiga qarab 250 km gacha kirib bordi. Bepoyon quruqlik qirg'oqlari bo'ylab uzoqdan uzoq suzish Vespuchchiga uni yangi materik deb tan olishiga imkon berdi. Aynan Amerigo bu materikni Yangi Dunyo deb atashni taklif qildi. Vespuchchini Amerikaning birinchi bo'lib ochgan odam ning shon-shuhratini o'rinsiz o'zlashtirib olganlikda ayblashdi. Nohaq ayblov! Bu shon-shuhratga Amerigo Vespuchchi hech
qachon da’vo ham qilmagandi, mashhurlikning o'zi uni topdi.
Tarixda birinchi bo'lib dunyo atrofida dunyo bo'ylab sayohatni portugaliyalik Fernan Magellan rahbarligidagi ispan flotiliyasi amalga oshirdi. Uning haqiqiy ismi Fernandi Magalyaynsh. Bu sayohat Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini isbotladi. Magellan yaxshigina ma’lumot oldi, shu jumladan astronomiya va navigatsiya bo'yicha yaxshi bilimga ega bo'ldi; 20 yoshida u ilk marta dengizga chiqdi. Uning hayot yo'li oddiy konkistador - bosqinchilikdan iborat edi, ular Sharqiy Afrika va Hindiston qirg'oqlaridagi janglarda, arablar bilan bo'lgan dengiz janglarida ishtirok etishardi. Portugaliya qiroli bilan arazlashib qolgan Magellan Ispaniyaga yo'l oladi. U Ispaniya qiroli Karlos I ni Molukka orollari (Ziravorlar oroli) Portugaliyagaemas, balki Ispaniyaga tegishli bo'lishi kerakligiga ishontiradi. Bu orolga go'yoki unga yaxshi ma’lum bo'lgan g'arbiy bo'g'oz orqali yetib borishni taklif qiladi. 1519-yil sentabrda beshta kemadan iborat flotiliya yo'lga chiqadi. Ekspeditsiya Janubiy Amerikaning qirg oqlanga yetib boradi, biroq o'tish yo'lini behuda izlash mart oyining oxirlarigacha, kuchli sovuq va dovul boshlangunga qadar davom etadi, jasur dengizchilar Patagoniyada qishlash uchun to'xtashga majbur bo'lishadi9. 1520-yil oktabrda kemalar uzoq kutilgan bo'g'ozga kirib boradilar, ko'p sonli orollar orasida joylashgan bu yo'l egri-bugri va o'ta xavfli edi. Keyinchalik dengizchilar u yerda doimo to'rt tomondan ham shimoliy shamol esib turishini aytib berishgan edi. Yon atrofdagi orollar kimsasiz va unumsiz bo'lib chiqdi, biroq tunlari dengizchilar ularda son-sanoqsiz gulxanlarni ko'rishgan, shu sababli arxipelag Olovli Yer nomini olgan. Magellan ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan bo‘g‘oz keyinchalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi. Vaziyat murakkablashgan edi - oziq-ovqat zaxirasi deyarli tugagandi, biroq Magellanning ularni Molukka orollaridan atigi 3-4 kunlik dengiz orqali o'tish yo'li ajratib turganiga ishonchi komil edi. Kemalar yevropaliklar uchun noma’lum bo'lgan ulkan okean bo'ylab yo'lga tushdi, bu okean hayratomuz tinch tabiati uchun Magellan tomonidan Tinch deb ataldi, dengizchilar u yerga shtil vaqtida ya’ni shamolsiz vaqtda tushib qolgan edilar. Tinch okeani bo'ylab suzish deyarli to'rt oy davom etdi va dengizchilar bu vaqtda ko'p narsalardan mahrum bo'lishga majbur bo'ldilar. Nihoyat orziqib kutilgan “Yer!” degan hayqiriq yangradi. Tez orada sayohatchilar ko'z o'ngida Filippin namoyon bo'ldi. “U kulishni, iltifot qilishni, birovning ko'nglini olish ni bilmasdi, o'z fikrini mohirona himoya qila olmasdi... Magellanning fe’l-atvori aks ta’sirni vujudga keltirardi”, - deb yozgandi Magellan ekspeditsiyasining solnomachisi. Kortes va Pisarro singari konkistadorlardan farqli o'laroq Magellan yangi yerlarni tinch yo’1 bilan birlashtirib olishga harakat qilardi. Qattiqqo’1 va badjahl bu odam o‘z flotiliyasida qattiq intizom o'rnatgan bo'lsada, hech qachon shafqatsizlik qilmagan. U har doim, hattoki masala majusiylarga taalluqli bo'lganda ham o'z so'zining ustidan chiqqan. Ispanlarning Filippindagi hukmronligini mustahkamlash uchun yirik Sebu orolining boshqaruvchisi, mahalliy yo'lboshchilardan birinchi bo'lib xristianlikni qabul qilgan Xumabonani boshqa barcha ustidan hukmron deb e’lon qilindi. Magellan kimdir uning hukm-ronligiga qarshi chiqsa, harbiy yordam ko'rsatishini va’da qilgan. Shunda qo'shni mittigina orol Maktan yo'lboshchisi Lapu-Lapu bilan bo'lgan munosabatlar chigallashdi. Magellan nafaqat hukmron deb e’lon qilingan Sebu, balki yon-atrofdagi barcha orol hukmdorlari bir narsani anglab olishlari kerak deb qaror qildi: ispanlarga so'zsiz bo'ysunish lozim, aks holda jazo shafqatsiz bo'ladi10.
Butun sayohat davomida birinchi marotaba Magellan o‘zini tushunarsiz tutdi. Uning xatti-harakatlari qirolning farmoyishlariga zid edi. Magellan be’mani to'qnashuvga rahbarlik qildi va bu jangda o'zi ham halok bo'ldi. Omon qolgan yagona kema kapitani Sebastyan Elkano portugaliyaliklarga duch kelmaslik uchun Antarktida tomonga suzib ketdi. 1522-yil sentabrda u sayohat harajatlarining o'rnini qoplashga yetadigan ziravorlar yuklangan “Viktoriya”ni Ispaniyaga olib keldi. O'n sakkizta holdan toyib, tinkasi qurigan, tarixda birinchi bo'lib dunyo atrofini kezib chiqqan baxtiyor dengizchilar shamlarni yoqib, SantaMariya de la Viktoriya cherkoviga yo'l olishdi. Ekspeditsiya solnomachisi Pifagettining ishontirib aytishicha, Magellanning ruhi ham ular bilan birga edi. “U navigatsiya san’atini hammadan yaxshi bilardi, kimdandir biror narsani o'rganishga ehtiyoji ham yo‘q edi... Magellan o'zidan o'chmas nom qoldirdi”, - deb yozgan edi Magellan haqida ekspeditsiya solnomachisi Antonio Pifagetti.
Bundan besh yuz yil ilgari hozirgi Ekvadordan Chiliga qadar bo'lgan hududda kattaligi bo'yicha Rim imperiyasiga teng keladigan ulkan davlat joylashgan edi. Imperator Buyuk Inki hukmronligi ostida 12 mln ga yaqin hindular bor edi. Bu davlat rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan Yangi Dunyo davlatlari orasida ajralib turardi. Inklarning pog'ona-pog'ona bo'lib turadigan yer maydonlari, o'z davridan ancha ilgarilab ketgan irrigatsion qurilmalari hozirgacha yuqori hosil olib kelayotgan hindularga xizmat qilib kelmoqda. Inklar yaxshigina jarroh va matematik, arxitektor va astronom ham bo’lishgan. XVI asrda bu yerga konkistadorlar bostirib kirdilar va ular mahalliy aholi tomonidan juda yaxshi kutib olindilar. Kolumbning 1493-yilda yozgan xatidagi mana bu jumla Yangi Dunyo aholisi, xususan inklarning qandayligini ko’rsatib beradi: “Ulardan nimani so'rama, hech qachon rad etishmaydi, aksincha hamma narsani baham ko'rishadi va barchaga hattoki jonlarini berishga ham tayyordek iltifot bilan munosabatda bo'lishadi”. Inklarning so'nggi imperatori Ataualpa razvedkachilarining ma’lumotlaridan ispanlarning barcha harakatlari, hatto ularning rejalaridan ham xabardor edi. Biroq razvedkachilar ispanlarning otlari kechasi ko'rmaydi, odam va ot - yagona mavjudot, yiqilsa, so'ngra qayta jang qila olmaydi, ularning arkebuzlari, ya’ni piltali miltiqlari faqatgina yashin chiqaradi, u ham bo'lsa faqatgina ikki marta, ispanlarning uzunpo'lat nayzalari esa jang uchun mutlaqo yaroqsiz deb imperatorni ishontirishdi. Pisarro Yangi Dunyo qirg'oqlariga (hozirgi Peru hududi) yetib kelganda 200 piyoda askar va 27ta ot bilan birga edi. Lekin yo'lda uning armiyasi inklar hukmronligidan norozi bo'lgan odamlar hisobiga anchaginaga ortdi. Ataualpanima uchun unituzoqqatushirishlarigayo'lqo'yibberganligini tushuntirib berish qiyin11. 1532-yil 16-noyabrda u ko'p sonli mulozimlari kuzatuvida, garchi ular konkistadorlarning yo'lboshchisi Fransisko Pisarro talab qilganidek qurollanmagan holda bo'lsalarda, Kxamarka maydoniga yetib keldi. Shafqatsiz va makkor Pisarro Ataualpaning oltin
taxtiravoniga yaqin kelib, imperatorning sochidan ushlab tortib tashqariga sudrab chiqdi. Ispanlar shu zahoti imperatorning mulozimlariga tashlanishdi va yarim soat ichida ularni qirib tashlashdi. Asirga tushgan Ataualpa o'zi o'tirgan xonani ikki marta kumush va bir marta oltinga to'lg'azish evaziga erkinlikka chiqishga rozi bo'ldi. Biroq bu imperatorni qutqarib qola olmadi. Ispanlar uni makkorona suiqasdda, ya’ni “ispan davlatiga qarshi jinoyatlarda” ayblashdi va rasmiyatchilik uchun qisqagina sud qilib 1533-yil 29-avgustda qatl qilishdi. Pisarro tomonidan ochilgan Janubiy Amerikaning Tinch okeanidagi Guayakil qo'ltig'idan boshlab 1200 kilometrga cho'zilib ketgan qirg'oqlari geografik kashfiyotlar jumlasiga kiradi. Uning choparlari bu qirg’oqdan yana 700 km ichkarigacha kirib borishdi. U Ispaniyaga tegishli yerlarni 1 mln km2 kengaytirdi12.


Yüklə 108,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin