Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

J. Svift 
(1667— 
1745) edi. 1726-yilda uning Sizga m a’lum «Gulliverning 
sayohati» nomli romani bosmadan chiqdi. Romanda liliputlar 
mamlakatini «Olamning quvonchi va dahshati» deb ataluvchi 
ushoqdekkina bir maxluq boshqaradi.
Liliput — aslida ingliz cheklangan (konstitutsiyaviy) monar- 
xiyaning, «Olamning quvonchi va dahshati» esa ingliz qiro- 
lining karikaturasi edi. Asardagi «Ulkanlar mamlakati»ning 
m a’rifatli monarxi esa dono, saxiy. U urushni qoralovchi, 
san’atni sevuvchi, ilm-fanga homiylik qiluvchi, ayni paytda
aqlli tartib o ‘rnatishga harakat qiluvchi hamdir.
Fransuz yozuvchisi 
P. Bomarshe 
(1732—1799) m a’rifat 
asrining so‘nmas vakillaridan biri edi. U mashhur «Figaroning 
uylanishi» komediyasining muallifidir. Asar qahramoni Figaro 
chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U «dunyo zo‘r- 
lari»ning kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. Jahldor- 
lardan qo‘rqmaydi. Qashshoq b o ‘lsa-da, o ‘zining insoniy 
qadrini sotmaydi.
Komediya Parij teatrlarida katta shuhrat qozondi. Figa­
roning mavjud tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o ‘tkir 
so‘zlari hech kimni befarq qoldirmagan. H atto, qirol Lyu- 
dovik XVI bu asar haqida g‘azab bilan: «Buni sahnada
D . D e fo .
151


qo‘yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!», deb xitob 
qilgan edi. Bu go‘yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan 
bir necha yil o ‘tgach, qirolning bu mahbuslar zindoni — 
Bastiliya inqilobi natijasida qulaganligiga tarix guvoh.
Yana bir ajoyib yozuvchi 
F. Shiller 
(1759—1805) Germa- 
niyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya mayda-mayda knyaz- 
liklarga boMinib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi 
uchun o ‘ziga xos m a’rifat alifbosi vazifasini o ‘tadi. Teatr 
o ‘rindiqlarini toMdirib o‘tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan 
qahramonlari bilan birga zulmdan ozod boMishni orzu qil- 
ganlar. «Makr va muhabbat» dramasida tomoshabinlar ob- 
ro‘li, aslzodalarning, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan 
g‘azablanganlar. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan qalblarning halo- 
katiga esa achchiq-achchiq yig‘laganlar.
U ning boshqa bir asari qahram oni K arl M oor o ‘zi 
yashayotgan jamiyatning pastkashligiga qarshi urush e’lon qilib 
bunday deydi: «Menga xuddi o ‘zim dek bir necha jasur 
o‘g‘lonlarni beringlar va Germaniya Respublika bo‘ladi».
Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri 
I. Gyote 
(1749— 
1832) yashadi va ijod qildi. U o ‘zining «Faust» deb ataluvchi 
mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon 
adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Shoir bu falsafiy 
asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyuk- 
ligini tasdiqlaydi va m a’rifat asrini yakunlaydi.
Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglashga yetib 
keladi va bunday deydi:
Faqat shu munosib hayot va erkka,
Kim bar кип ular-chun kurashga kirsa.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin