qo‘yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!»,
deb xitob
qilgan edi. Bu go‘yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan
bir necha yil o ‘tgach, qirolning bu mahbuslar zindoni —
Bastiliya inqilobi natijasida qulaganligiga tarix guvoh.
Yana bir ajoyib yozuvchi
F. Shiller
(1759—1805) Germa-
niyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya
mayda-mayda knyaz-
liklarga boMinib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi
uchun o ‘ziga xos m a’rifat alifbosi vazifasini o ‘tadi. Teatr
o ‘rindiqlarini toMdirib o‘tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan
qahramonlari bilan birga zulmdan
ozod boMishni orzu qil-
ganlar. «Makr va muhabbat» dramasida tomoshabinlar ob-
ro‘li, aslzodalarning, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan
g‘azablanganlar. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan
qalblarning halo-
katiga esa achchiq-achchiq yig‘laganlar.
U ning boshqa bir asari qahram oni K arl M oor o ‘zi
yashayotgan jamiyatning pastkashligiga qarshi urush e’lon qilib
bunday deydi: «Menga xuddi o ‘zim dek bir necha jasur
o‘g‘lonlarni beringlar va Germaniya Respublika bo‘ladi».
Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri
I. Gyote
(1749—
1832) yashadi va ijod qildi. U o ‘zining «Faust» deb ataluvchi
mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon
adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi.
Shoir bu falsafiy
asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyuk-
ligini tasdiqlaydi va m a’rifat asrini yakunlaydi.
Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglashga yetib
keladi va bunday deydi:
Faqat shu munosib hayot va erkka,
Kim bar кип ular-chun kurashga kirsa.
Dostları ilə paylaş: