Qit’adagi holat.
Aholisining katta qismi negroid irqiga
mansub bo‘lganligi uchun Afrika qit’asini qora qit’a deb
ham atashadi.
Afrika xalqlari XIX asrda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraq-
qiyotning turli bosqichlarida yashaganlar.
Chunonchi, Efio-
piya, Misr, Tunis, Marokash, Sudan va
Madagaskar kabi dav-
latlarda feodal monarxiyalari qaror topgan bo‘Isa, ba’zilarida
hamon ibtidoiy jamoa tuzumi saqlanib qolgan. Qabilalarning
turmush tarziga ko‘chmanchilik xos edi. Ularning kichik-
kichik guruhlari o ‘zlari uchun q at’iy
belgilangan hudud
c h eg arasid ag in a o v ch ilik va te rm a c h ilik b ila n hayot
kechirishgan. Ular qishloq xo‘jaligini, metallga ishlov berishni
va metall ish qurollaridan foydalanishni bilishmagan.
G ‘arbiy Afrikadagi Gana va
Mali davlatlari eng qadimgi
davlatlar hisoblanardi. Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan
xalqlar ham yashashardi. Ular, asosan, qahva, yeryong‘oq va
какао yetishtirardi.
Afrika ning bo‘lib olinishi.
Bitmas-tuganmas boyliklarga ega
bo‘lgan Afrika Yevropaning kuchli davlatlari e’tiborini tortmay
qolmagan. Yevropa davlatlarining bosqinchiligi Afrika xalqlari
hayotini keskin o ‘zgartirib yubordi. An’anaviy
savdo aloqalari
uzildi. Mahalliy ishlab chiqarish vayron bo‘ldi. Afrikaliklarni
qullikka sotish XIX asrning o‘rtalarigacha davom etdi. Buning
natijasi o‘laroq, qit’adan millionlab kishilar sotib yuborildi.
Portugaliya mustamlakalari bo‘lgan
Angola va Mozambik eng
muhim qul savdosi bazalari edi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab qit’aning ichkari qismini
ham mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib
qit’a hududining 90 foizi mustamlakachilar qoTiga o ‘tdi.
Faqat ikki davlat — Liberiya va Efiopiyagina o ‘z
mustaqilligini
saqlab qola oldi, xolos.
Liberiya.
Xo‘sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay
tariqa tashkil topgan edi? Uning
tashkil topishi AQSHda
qulchilikka qarshi kurash bilan bogdiqdir. 1816-yilda AQSHda
erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish
harakati boshlandi. Natijada, 1821-yilda Gvineya qirg‘oqlarida
13 ming km2 yer maydoni sotib olindi.
U yerda Monroviya
Dostları ilə paylaş: