(AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil
etildi va Amerikaning sobiq qora tanli qullaridan bir qismi
bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan bu sobiq qullar man-
zilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar.
1847-yilda esa Liberiya ozod davlati tuzilganligini e’lon
qildilar.
0 ‘z davlatlarida G ‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi
ilg‘or tartib-qoidalarni joriy etdilar. Liberiya Buyuk Britaniya
va Fransiya o‘rtasidagi raqobatdan ustalik bilan foydalanib,
o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi.
Efiopiya.
XIX asrda ham Efiopiyada o‘rta asr munosa-
batlari hukm surardi. U bir necha knyazliklar birikmasidan
iborat davlat edi. Ularning har biri o ‘z qo‘shiniga ega edi.
Bu knyazliklar nomigagina markaziy hokimiyatni tan olardilar.
Yevropa davlatlari ana shu omildan foydalanishga urindilar.
Mamlakatni chetellik dushmanlar bosib olish xavfi tobora
kuchayib bordi.
Shunday bir sharoitda Efiopiya siyosat maydonida kichik
yer egasining o‘g‘li Kasa chiqdi. Kasa Efiopiyani yagona
davlatga birlashtirdi va 1855-yilda o‘zini imperator deb e’lon
qildi. U yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin tuza oldi.
Yirik feodallarni o ‘z q o ‘shiniga ega b o ‘lish huquqidan
mahrum etdi. Mamlakatda iqtisodiyotni ko‘tarishga qaratilgan
qator islohotlar o‘tkazdi. Imperator har bir fuqaroni o‘zlari
oldin shug‘ullangan m ehnat faoliyatini davom ettirishga
chaqirdi.
Biroq uning islohotlari yirik feodallar va cherkovning qar-
shiligiga uchradi. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan 1867-
yilda Kasa hokimiyati ag‘darildi. Biroq Buyuk Britaniya
Efiopiyada mustahkam o‘rnasha olmadi. Efiopiya xalqining
o‘zgalarga qaram boMmaslik yodidagi irodasi Buyuk Brita
niyaning harakatlarini yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa Efiopiya
ham o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
Dostları ilə paylaş: