So‘ng Darbi pechga yuboriladigan havo hajmini oshirgan
va pechda yuqori harorat — issiqlik hosil b o ‘lgan. Unda
cho‘yan bemalol suyultirilgan va turli shakldagi buyumlar
quyilgan.
Sanoat to ‘ntarishi oqibatida manufaktura o ‘rnini
fabrika-
zavod ishlab chiqarishi egallay bordi. M ehnat unumdorligi
tez sur’atlar bilan o ‘sa boshladi. Ayni paytda aholi tarkibida
yangi qatlamlar — yollanma ishchilar
va sanoat burjuaziyasi
shakllandi. XVIII asr oxiriga kelib Buyuk Britaniya dunyo-
ning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi. Buyuk Brita-
niyada kapitalistik jamiyat shiddat bilan rivojlana boshladi.
0 ‘zingizni sinang:
♦ 1707-yilda..........
♦ Sanoat —
bu . . . .
♦ 1716-yilda.........
«Sanoat to'ntarishi» deyilganda ... .
Professionalparlament — deputation doimiylik asosida
ishlaydigan, asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat bo ‘Igan
parlament.
Siyosiy pa rtiya —
davlat hokim iyatini boshqarish
huquqini saylov yo ‘li bilan qo ‘Iga kiritish uchun kurashuvchi
и yoki bu sin f va qatlamning ilg‘or, ongli, uyushgan qismini
birlashtirgan tashkilot.
Uniya — yagona birlik.
Savol va topshiriqlar 1
2
3
4
5
1. «Sanoat» va
«Sanoat to ‘ntarishi» tushunchalariga izoh bering.
2. Buyuk Britaniyada nima uchun sanoat to ‘ntarishi r o ‘y berishi
muqarrar edi?
3. Sanoat to ‘ntarishi qay tariqa boshlandi va dastlab ixtiro qilingan
mashinalarni qayd eting.
4. Sanoat to ‘ntarishining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?
5. Buyuk Britaniyada го у bergan sanoat to ‘ntarishining sabablarini
daftaringizga tartib bilan yozing.
Mustaqil ish
« 0 ‘zbekiston tarixi» darsligingizdan foydalanib, Buyuk Britaniya
tashkil topganidan so‘ng oradan ko‘p o ‘tm ay 0 ‘rta
Osiyoda qaysi
davlat vujudga kelganligi va u nimaning oqibati boMganligini aniqlang.
51