14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashkil topishi Shimoliy Amerika. Buyuk Britaniyaning mustamlakasi
bo‘lgan Shimoliy Amerikada XVIII asrning o ‘rtalaridan
boshlab yagona ichki bozor shakllana boshladi, savdo
aloqalari rivojlandi. Ayni paytda Amerikaga yevropaliklarning
ко‘chib kelishi boshlangan davrdan keyingi ikki asr davomida
ко‘chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri ham yuzaga keldi.
Chunonchi, ingliz tili umumiy tilga aylandi. Yevropadan ko‘-
chib kelganlar endi o‘zlarini «amerikalik» deb atay boshla-
dilar. Amerikaliklarning o‘ziga xos turmush tarzi ham shakl-
landi. Hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy
va x o ‘jalik m anfaatlari, til va dinning yagonaligi yangi
xalq — amerika xalqining shakllanishiga olib keldi.
Mustaqillik uchun kurash. Ayni paytda Buyuk Britaniya
qirollik hukumati mustamlakalardan olinadigan daromadni
yanada ko‘paytirishga urindi. Bu esa Buyuk Britaniya bilan
mustamlaka shtatlar o ‘rtasidagi nizoni tobora kuchaytira
boshladi. 1763-yilda qirol mustamlakalardagi yevropaliklarning
Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qaror chiqardi. Bu
qaror mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini
olishi kerak edi. Mamlakat g‘arbida juda ko‘p yerlar bo‘sh
yotardi. К о ‘chib borgan yevropaliklar qirol hukumatining
taqiqlov qarorini o ‘zlarining haq-huquqlarini nazar-pisand
qilmaslik, deb qabul qildilar.
1765-yilda amerikalik inglizlar Buyuk Britaniyaning mus-
tamlakachilik siyosatiga qarshi kurashish maqsadida «Ozodlik
farzandlari» deb ataluvchi tashkilot tuzdilar.
Bu tashkilot Buyuk Britaniyadan olib kelinayotgan ingliz
tovarlarini boykot qilish harakatini boshqarib turdi. Bunga
javoban Buyuk Britaniya hukumati mustamlakalar savdo port-
larini yopib qo‘ydi.
Bu hoi mustamlaka shtatlar iqtisodiy ahvolining yomon-
lashuviga olib keldi.