Jahon tarixi


Yakobinchilarning ichki siyosati



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yakobinchilarning ichki siyosati. 
1793-yilda Fransiyada 
yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Feodal to ‘lovlar butunlay 
bekor qilindi. Dehqonlar endilikda o‘z yerlarining ozod ega- 
lariga aylandilar.
Feodallarning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoqib 
yuborildi. Chetellarga qochib ketgan zodagonlarning yerlari 
mayda bo‘laklarga bo‘linib sotildi. Cherkov davlatdan ajratildi. 
Birinchi iste’mol buyumlariga qat’iy narxlar o‘rnatildi. Biroq 
bu tadbir kutilmaganda akssado berdi. Savdogarlar hukumat 
belgilagan narxda tovarlarini sotmay qo‘ydi. Endi ular yashi- 
rincha savdo qilishga o‘tdilar. Oqibatda narx-navo ko‘tarilib 
ketdi. Hukum at ish haqining eng yuqori darajasini ham 
belgilab qo‘ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka olib kelmadi. 
Natijada ishchilarning ish tashlashi boshlandi. Hukumat esa
61


uni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chetel bosqinchilarining 
hujumi va mamlakat ichkarisida isyon xavfining mavjudligi 
diktatura o‘rnatishga majbur etdi.
Konvent «Shubhali kishilar to ‘g‘risida» qonun qabul qildi. 
Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblan- 
gan barcha kishilarni to tinchlik o‘rnatilgunicha qamoqda 
saqlashni ko‘zda tutardi. Aslida esa yakobinchilar o‘z raqib- 
laridan terror yo‘li bilan qutulmoqchi edi. Buning tasdig‘i 
o‘laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa 
olindi va qatl qilindi.
Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham o‘ta rahmsizlik bilan 
bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz 
va m a’nosiz edi. Yakobinchilar, ayni paytda, qo‘shinni mus- 
tahkamlash choralarini ko‘rdilar.
Bu tez orada o ‘z samarasini berdi. 1794-yilda chetel 
bosqinchilari mamlakat hududidan surib chiqarildi. Bu ozodlik 
urushlarida yosh zobit Napoleon Bonapart shuhrat qozondi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin