paytda qirol huquqlari cheklandi.
Shu tariqa Deklaratsiya
Fransiyada huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi.
1791-yilda Fransiya ta-
rixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Shu tariqa Fransiyada cheklangan monarxiya qaror topdi.
Binobarin, qirol hokimiyati ham saqlab qolindi. Konstitutsiya-
ga ko‘ra parlament — Qonun chiqaruvchi Majlis tuzildi. Shu
davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko‘r-
sata boshladi. Ularning ichida yetakchilari «jirondachilar» va
«yakobinchilar» partiyalari edi. Parlamentga o ‘tkazilgan say-
lovdan so‘ng hokimiyat jirondachilar qo‘liga o‘tdi. Bu partiya
inqilobdan oldin boyib ketgan savdo va sanoat burjuaziyasining
manfaatlarini himoya qilar edi.
Partiyaning nom i mamlakatning
Jironda departam enti
(viloyati) nomidan olingan. Qonun chiqaruvchi Majlisda shu
departamentdan saylangan deputatlar guruhi yetakchi ta’sirga
ega bo‘lib olganligi uchun ularga jirondachilar deb nom be-
rilgan. Jirondachilar Fransiyani respublika deb e’lon qilish
bilan cheklanish tarafdori bodganlar.
Yakobinchilar partiyasi
esa o ‘z nomini Yakov monastiri nomidan olgan. Bunga Yako-
binchilarning o‘z yig‘ilishlarini shu monastir kutubxonasida
o‘tkazib turganliklari sabab bo‘lgan.
Yakobinchilar — inqilobning eng keskin tarafdorlari edilar.
Ular o‘z oldilariga monarxiyaning har qanday shaklini tuga-
tish, feodal tartiblarni butunlay bekor qilish maqsadini qo‘y-
ganlar. Ular, asosan, mayda va o‘rta
mulkdorlar manfaatini
himoya qilardilar.
Jirondachilar Fransiya inqilobiga dushman b o ‘lgan dav-
latlarga qarshi g‘olibona urush orqali o‘zlarining mavqelarini
mustahkamlab olmoqchi boMdilar va ularning xohishi bilan
qirol hamda Qonun chiqaruvchi Majlis Avstriyaga urush e’lon
qildi. Biroq Fransiya qo‘shini mag‘lubiyatga uchray boshladi.
Bu esa inqilob tufayli mamlakatda vujudga kelgan og‘ir ichki
vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Qo‘shni monarxiya dav-
latlari Fransiyaga hujum uyushtirdilar.
Bular Avstriya, Prussiya
va Buyuk Britaniya edi.
1792-yilda Qonun chiqaruvchi Majlis «Vatan xavf ostida»
chaqirig‘i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat
mudofaasini uyushtira olmadilar. Ularning aybi bilan Fransiya
qo‘shini kiyim-kechak va oziq-ovqatsiz qoldi.
Bu esa mam-
59
lakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792-yil 10-avgust
kuni esa Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi. Bunday sha-
roitda parlam ent qirolni hokimiyatdan m ahrum etish va
yangi parlament — Milliy Konventga saylov o ‘tkazish haqida
qaror qabul qilishga majbur bo ‘ldi.
Lyudovik XVI esa hibsga
olindi.
Shu tariqa
1792-yiIning 10-avgustida Fransiyada monarxiya
ag‘darib tashlandi.
Yakobinchilar qirolni darhol sud va qatl
qilishni, Respublika e ’lon
qilinishini, feodal qaram likni
butunlay tugatish va chetellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy
urush olib borishni talab qildilar. Yakobinchilarning ko‘zga
ko‘ringan arboblari M.Robespyer, J.P. Marat, J. Danton, Eber
va Shomettlar edi.
22-sentabrda Fransiya Respublika deb e ’Ion qilindi.
Lyudovik
XVI esa qatl etildi. Respublika feodal-toifaviy tengsizlikni
bekor qildi. 21 yoshga to ‘lgan erkak fuqarolarga
saylov huquqi
berildi. Saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi
bekor qilindi. Mamlakat shiori erkinlik, tenglik, birodarlik
bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: