18-§. Rossiya imperiyasining tashkil topishi
XVII asr Rossiya iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati.
XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo
bo‘la boshladi. Bu, awalo, tovar ishlab chiqarishning,
ya’ni bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishning ri-
vojlanishida namoyon bo‘ldi.
Shahar hunarmandchiligi yoppasiga
mayda tovar ishlab
chiqarishga aylana boshladi. Mamlakat ehtiyoji uchun zarar
mehnat qurollarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan manufak-
turalar vujudga keldi.
Endi hunarmandlar buyurtmaga ishlashdan bozor uchun
ishlashga o ‘td ilar. Ayni paytda o ‘zlari
ham bo zo rd an
xomashyo sotib oladigan bo‘ldilar. Bu jarayondan qishloq
xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng zarar
narsa — g‘alla hamma yerda tovarga aylandi. Ayrim po-
meshchik (feodal)lar qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi bilan
shug‘ullana boshladilar.
Krepostnoylardan
endi obrok mahsulot bilan emas, balki
pul bilan ham olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar
natural xo‘jalik negizlariga zarba bera bordi.
Topshiriq
VII sinf «Jahon tarixi» darsligida natural xo‘jalikka qanday
ta ’rif berilganligini aniqlang.
Rossiya tarixida XVII asr shaharlarning
rivojlanishi bosh-
langan asr hamdir. Shaharlar tobora mamlakatning savdo-
sanoat markazlariga aylana bordi. Ular orasida Novgorod,
Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorod va boshqalar ajralib
turardi. Eng katta shahar Moskva bo‘lib, unda hunarmand-
chilikning ko‘plab turi bilan shug‘ullanilar edi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi
mamlakatning rivojla-
nishiga va bu, o‘z navbatida, turli viloyatlar o ‘rtasida xo‘jalik
aloqalarining kengayishiga sabab bo ‘ldi. Hunarmandlarning
bozorga qaramligini oshirdi hamda ichki savdoning rivoj-
lanishini ta ’minladi. Ichki savdoning
rivojlanishi oxir-oqibatda
Butunrossiya yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib
keldi.
6 8
Topshiriq
«Yagona ichki bozor» tushunchasiga izoh bering.
Manufaktura ishlab chiqarishi mehnat unumdorligining
o‘sishini ta’minladi.
Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham asta-sekinlik bilan
bo‘lsa-da, yangi — kapitalistik munosabatlar shakllana bordi.
Biroq Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda G ‘arbiy
Yevropa
mamlakatlaridan orqada edi. Bunga krepostnoylik tartibla-
rining tobora mustahkamlanishi asosiy sabab bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: