0 ‘zingizni sinang:
♦ Abaxay — ... .
Li Szi-chen va Chjan Syan-chjun —.......
Tashqi siyosat.
Sin sulolasi bosqinchilik siyosati yuritdi.
Dastlab, 1637-yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi.
1689-yilda esa Rossiyani Nercha shartnomasini imzolashga
majbur qildi. Unga ko‘ra Amur daryosining chap sohili Ros-
siyadan ajratib olindi.
1758-yilda esa Shimoliy va G ‘arbiy M o‘g‘ulistonda
tashkil
topgan Jung‘or (Oyrat) xonligi butunlay bosib olindi. Tez orada
butun M o‘g‘uliston va Qashqar ham egallandi.
Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to ‘la bo ‘ysundirishda
g‘arbiy yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga
dastlab Xitoy portlari ochib berildi. Biroq g‘arbiy yevro-
paliklarning Xitoyga kirib kelishi
oxir-oqibatda nimalarga
olib kelishi tobora oydinlasha borgach, Guanchjou portidan
boshqa b archa p o rtlar Yevropa
kem alari u ch u n yopib
qo‘yildi.
1792-yilda Nepal davlati Sin sulolasiga vassallikni majburan
tan oldi.
Dostları ilə paylaş: